Translation is not possible.

Uxlaganing yaxshi edi!

Ustoz Hasanxon domla suhbatlarining birida Hofiz Sheroziy hayotidan bir voqeani aytib bergan edilar...

Bir kuni Hofiz Sheroziy tahajjud namoziga o\'g\'illari bilan turibdilar, tahajjuddan so\'ng o\'g\'illari : \"Ota, qarang odamlar g\'aflatda uxlab yotishibdi\", debdi. Hofiz Sheroziy esa o\'g\'illariga qarata \"Undan ko\'ra uxlaganing yaxshi edi\", degan ekanlar.

Ya\'ni, boshqa musulmonlarni past sanab, o\'zingni bunday tepa hisoblaganingdan ko\'ra, amaling bilan kibr qilganingdan ko\'ra uxlaganing yaxshi edi!

Bu bola yaxshi amal qilayotgan edi, lekin birgina gapi bilan amalini shunday holatga olib keldi.

Xulosa: biz ham qandaydir yaxshi ish qilib qo\'ysak shu ishimiz bilan maqtanishimiz kerak emas. Hali u amalimiz qabulmi yo\'qmi ma\'lum emas. Shuningdek boshqalar amallarida qandaydir kamchilikka yo\'l qo\'yishsa, ularni gapirgandan ko\'ra o\'zimizga nazar solishimiz kerak.

Bu hayotda barchamiz imtihondamiz. Imtihonda esa birovlarning imtihoni bilan mashg\'ul bo\'lgan odam o\'z imtihonidan yiqiladi!

18.09.2024

Send as a message
Share on my page
Share in the group