UMMA TOKEN INVESTOR

Çeviri imkansız.
HAMMA QILAYAPTI-KU?
Bir kishiga nasihat qilsang, u senga: “Hozir koʻpchilik shunday qilyapti ku?”, “hamma xatoda bitta sen toʻgʻri boʻlib qoldingmi”, “koʻp qatori boʻl, chuqur ketma” desa, unga quyidagicha javob ber:
📌“Qurʼoni karimdan «Odamlarning koʻpchiligi” degan soʻzni qidirsang,
“Odamlarning koʻpchiligi bilmaydi”, (Yusuf 21)
“Odamlarning koʻpchiligi shukr qilmaydi”, (Yusuf 38)
“Odamlarning koʻpchiligi iymon keltirmaydi”(Hud 17)
degan oyatlarni topasan.
📌“Ularning koʻpchiligi” degan soʻzni qidirsang,
“Ularning koʻpchiligi fosiqlardir”,(Tavba 8)
“Ularning koʻpchiligi yuz oʻgirganlardir” (Anbiyo 24)
“Ularning koʻpchiligi aqlsizdirlar”, (Moida 103)
“Ularning koʻpchiligi haqni yomon koʻruvchilardir”
(Moʻminun 70)
“Ularning koʻpchiligi gumonga ergashadilar xolos” (Yunus 36)
degan oyatlarni topasan. Bilginki haqdan toyilganlar har zamonda koʻp boʻlgan.
📌Kel doʻstim, yaxshisi Alloh taolo zikr qilgan mana bu ozchiliklardan boʻlaqol:
“Bandalarimning shukr qiluvchilari ozdir” (Sabaʼ 13)
“U bilan birga iymon keltirganlar juda oz edi” (Hud 40)
“…jannatlardadir. Avvalgilardan koʻpchilik, oxirgilardan ozchilik” (Voqeʼa 13)
Alloh taolo bizu sizni Qurʼonda zikr qilgan ozchilik insonlardan qilsin.
▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬
image
Mesaj olarak gönder
Sayfamda paylaş
Grupta paylaş
Çeviri imkansız.
🎉 Ramazon Hayitingiz muborak boʻlsin aziz dinqardoshlar! Kelgusi Ramazonga mustahkam iymon, hidoyatli qalb va sogʻlom jism bilan yetishmogʻimizni Robbim barchamizga nasib aylasin! Alloh taolo barchamizga yaxshiliklarni ziyoda aylasin! Amiyn Ajmaiyn 😊🤲
2 görüntüleme
Mesaj olarak gönder
Sayfamda paylaş
Grupta paylaş
Çeviri imkansız.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar:
“Alloh taolo: «Men bandamning Men haqimdagi gumonidaman.* Qayerda Meni eslasa, u bilan birgadirman. Alloh taolo bandasining tavbasidan, sizlardan biringiz sahroda tuyasini yoʻqotib, keyin topib olganidagi xursandchiligidan ham koʻproq shod boʻladi. Kim Menga bir qarich yaqin boʻlsa, Men unga bir ziroʼ yaqin boʻlaman. Kim Menga bir ziroʼ yaqin boʻlsa, Men unga bir quloch yaqin boʻlaman. Kim Menga yurib kelsa, Men unga chopib boraman”, dedi»
Muttafaqun alayh.
🎙️ Mishary Rashid Alafasy vs Sheikh Said Kamali
Izoh: Ushbu hadisi qudsiy Alloh taoloning bandalarga nisbatan lutfu marhamati va iltifotining namoyishidir. Hadisi sharifdagi yaqinlashish va harakatlanish maʼnolari majoziy boʻlib, masofani emas, maʼnaviy munosabatni, maʼnan yaqin boʻlishni bildiradi.
16 görüntüleme
Mesaj olarak gönder
Sayfamda paylaş
Grupta paylaş
Çeviri imkansız.
📜 #hikmat
Bir joyga muvofiq ekaning, u joyga munosib ekaning maʼnosini anglatmaydi.
image
Mesaj olarak gönder
Sayfamda paylaş
Grupta paylaş
Çeviri imkansız.
Robbining dargohiga bechora borganlar, ming chora ila qaytgaylar!
✍ Aziz Mahmud Xudoiy (quddisa sirruhu)
image
Mesaj olarak gönder
Sayfamda paylaş
Grupta paylaş