Translation is not possible.

HAMMA QILAYAPTI-KU?

Bir kishiga nasihat qilsang, u senga: “Hozir koʻpchilik shunday qilyapti ku?”, “hamma xatoda bitta sen toʻgʻri boʻlib qoldingmi”, “koʻp qatori boʻl, chuqur ketma” desa, unga quyidagicha javob ber:

📌“Qurʼoni karimdan «Odamlarning koʻpchiligi” degan soʻzni qidirsang,

“Odamlarning koʻpchiligi bilmaydi”, (Yusuf 21)

“Odamlarning koʻpchiligi shukr qilmaydi”, (Yusuf 38)

“Odamlarning koʻpchiligi iymon keltirmaydi”(Hud 17)

degan oyatlarni topasan.

📌“Ularning koʻpchiligi” degan soʻzni qidirsang,

“Ularning koʻpchiligi fosiqlardir”,(Tavba 8)

“Ularning koʻpchiligi yuz oʻgirganlardir” (Anbiyo 24)

“Ularning koʻpchiligi aqlsizdirlar”, (Moida 103)

“Ularning koʻpchiligi haqni yomon koʻruvchilardir”

(Moʻminun 70)

“Ularning koʻpchiligi gumonga ergashadilar xolos” (Yunus 36)

degan oyatlarni topasan. Bilginki haqdan toyilganlar har zamonda koʻp boʻlgan.

📌Kel doʻstim, yaxshisi Alloh taolo zikr qilgan mana bu ozchiliklardan boʻlaqol:

“Bandalarimning shukr qiluvchilari ozdir” (Sabaʼ 13)

“U bilan birga iymon keltirganlar juda oz edi” (Hud 40)

“…jannatlardadir. Avvalgilardan koʻpchilik, oxirgilardan ozchilik” (Voqeʼa 13)

Alloh taolo bizu sizni Qurʼonda zikr qilgan ozchilik insonlardan qilsin.

▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group