UMMA TOKEN INVESTOR

2 day Translate
Translation is not possible.
107-xotira:
 
"Yetishmaslik kasali"
 
Bazan jasadda biror moddadan yetishmovchilik boʻlsa kishida garmanal oʻzgarish sodir boʻlib oʻzini boshqa narsa istayotgandek his qiladi.
Masalan kishi uyquga toʻymasa jasad huddi shirinlik xohlayotgandek his beradi.
Aslida uning dardi shirinlikda emas toʻyib uxlashda boʻladi.
 
Shunga oʻxshash ruhda ham baʼzan biror narsa yetishmasa uni boshqa koʻrinishda talab qila boshlaydi.
Masalan ruh oliy (yuqoridan kelgan) maxluq boʻlganidan oliylik xohlaydi.
Agar unga haq oliylik (Allohga bogʻlanib ruhan yuksalish) g'arizasi qondirilmasa, boshqa uslublar bilan oliylik istay boshlaydi.
Natijada bu "yetishmovchilik" unda "kibr" tarzida namoyon boʻladi.
U kishi kibrni oqlash uchun esa har xil boxonalar topadi.
Kim birovdan izzat talab boʻlsa Allohning toati bilan azizlikdan nafsi mahrumligi sabab izzatni boshqadan izlaydi.
Shuning uchun Qurʼonda munofiqlar haqidagi oyatlarga qarasak, ular Alloh bilan azizlikni boy berishgach uni Allohning dushmanlari (kofirlar)dan talab qilganlari zikr qilinadi.
"Ular moʻminlar qolib kofirlarni doʻst tutadilar. Ulardan izzat istaydilarmi? Holbuki izzat hammasi Allohnikidir"
(Niso.139)
Keyin ular buni siyosat , ehtiyotkorlikka yuyishadi.
 
Ahnaf ibn qoys rohimahulloh aytadilar:
"Kim mutakabbirlik qilsa oʻz nafsida topayotgan xorlik sababidandir. Kim kamtarlik qilsa oʻz nafsida topayotgan azizlik sababidandir"
(Sirojul-muluk kitobidan)
 
Bunday "izzat talablik, yetishmaslik kasalligini" jamiyatning barcha tabaqasida koʻrish mumkin.
 
Uni hurmat qilishlarini, poyiga gilam toʻshab kutib olishlarini talab qiluvchi hokimni qara. Uning nafsidagi "yetishmovchilik" kasali unga xorlik hissini berganidan uni oʻz mansabi orqali izzat talablikka undaydi.
 
Unga kelini ikki bukilib taʼzim qilishini, Allohga ruku va sajda qilgandek unga ruku va sajda qilishini, poyondozini koʻziga surtib o'pishini kelinidan talab qilgan qaynonaga qara. U ham yoshligidan istab topa olmagan izzat-hurmatini, yetishmaslik kasalini kelini orqali qondirmoqchi boʻlayotganini sezmaydi. Balki, buni kelinni itoat, hurmatga oʻrgatish deb oqlaydi.
 
Hurmat talab ustozlar ham huddi shunday "yetishmaslik" kasaliga chalingan.
Ular buni "ilmga hurmat" deb oqlaydi.
 
Oyogʻi ostiga poyondoz yozib kutib olinishini istovchi hojilar, toʻyida podshohlar kabi turna qator moshinalarda aylanib yurishni istovchi kelin-kuyovlarda ham ayni shu "yetishmaslik" kasaliga chalinganlik alomatlari koʻrinadi.
Ular esa buni toʻy hursandligiga yuyadi.
 
Birov uning haqqida zulm qilib qoʻysa "tiz choʻkib kechirim soʻra" deydiganlar ham shunday.
Ular ham umrida hurmat-ehtirom koʻrmagan boʻlib, bu "yetishmaslik" kasalini endi uning haqqiga bir xato qilib qoʻygan kishi orqali g'arizasini qondirishni istaydi.
Ular bu ishlarini "uni tavbasiga tayantirish, qasos" deb oqlaydi.
 
Alloh taolo aytadi:
"Ularning koʻngillarida oʻzlari ham yetisha olmaydigan kibr bor xolos. (Bunday boʻlishdan )Allohdan panoh tilang, albatta u oʻta yaxshi eshituvchi va koʻruvchidir"
(Gʻofir.56)
 
⬇️⬇️⬇️
 
t.me/xovatiri
 
Zaytun
Send as a message
Share on my page
Share in the group
5 days Translate
Translation is not possible.
116-xotira :
 
"Ochilish marosimi"
 
Kishi biror ish boshlasa ochilish marosimi uchun alohida etibor qaratadi. Chunki har qanday ish boshlanishida yaxshi yurgizib olinsa keyinchalik avvalgi kuch bilan oxirigacha davom etadi.
 
Kamondan uzilgan oʻq avvalda qancha kuch bilan tortib otilsa shuncha uzoqqa uchadi.
Osmonga koʻtarilayotgan raketaning asosiy yoqilgʻi sarflash vaqti ham qoʻzgʻalish nuqtasi.
Samalyot uchishida ham ayni shu qonun. Qanchadir miqdorda tezlikka erishmasa yerning tortish kuchidan uzila olmaydi.
 
İbodatlarda ham shu kabi avvalida alohida ehtimom va gʻayrat lozim boʻladi.
Shuning uchun namozga kirishda birinchi aytiladigan soʻz "Allohu Akbar" yaʼni "Allohni barcha narsadan buyuk" deyish.
Bu bandani yer hayotiga tortib turgan barcha narsalardan uzilish nuqtasidir.
Shuning uchun ikkinchi bosqichda "Alhamdulillahi robbil alamin" deb bu tortish kuchidan uzila olganimizga hamd aytib Alloh sari rihlatni davom ettiramiz.
Oxirida esa "attahiyyot" ga qo’nib manzilga yetib borgach "salom" bilan yana dunyo hayotiga chiqamiz.
 
Shuning uchun salafi solihlar ushbu "uzilish" vaqtida gʻalati holatlarga tushib qolar edilar.
Abu Amr az-zajjajiy rohimahullohdan soʻraldi:
Nega siz farz namozda takbir aytish vaqti oʻzgarib qolasiz?
U kishi aytdi:
"Men farzimni yolgʻon bilan boshlashdan qoʻrqaman. Chunki kishi tilida "Allohu Akbar" deb qalbida Allohdan kattaroq gʻam tursa uning bu holati tilini yolgʻonga chiqargan boʻladi"
 
Roʻzada ham shuncha oʻxshash holatni koʻramiz.
Uning avvali koʻp ishlardan "uzilish" nuqtasi.
Kunduzi yemoq ichmoq, shahvatlardan, tunda esa uyqudan.
Balki Islom avvalida kechasi xuftondan keyinoq roʻza boshlanar edi. Chunki u boshlanish nuqtasi edi.
Ummat nafs tortish kuchidan uzila olgach keyinchalik bu hukm yengillashtirilib roʻza sahardan boshlanadigan boʻldi.
 
Bu oyda nafs tortish kuchidan Allohni haqiqiy maʼnoda "Akbar" deb bilgan kishigina uzila oladi.
Shunda banda ramazonning oxirida salom kechasi "Laylatul qadr" bilan bu oydan salomat chiqadi.
Alloh taolo aytadi:
"U (kecha) salomdir.."
(Qadr.5)
 
Bu holatni haj va umrada ham koʻrishimiz mumkin.
Avvalida takbirotul ehrom kabi ehrom oʻrash, oxirida esa qurbonlikdan salomat qolgan Ismoil alayhissalomni eslab kalla olish oʻrniga soch olish bilan haj va umradan chiqiladi.
 
Bundan koʻrinadiki ramazon ham asli bir mahal namozning bir oylik koʻrinishidan iborat. Haj va umra esa ibodatning bir yil yoki bir umrlik koʻrishinidan iborat.
 
Namozning boshlanishi gʻamga soluvchi nuqta boʻlgani kabi ramazonning boshlanishi ham gʻamga soladigan nuqta.
Uning avvalida ibodatlar bilan yetarli tezlikka erishib "muvaffaqiyatli qalqish" oy mobaynida parvozning sifatiga taʼsir qiladi.
Shuning uchun ramazon binosiga asos solayotgan kishi uni yiqilayotgan jarlik ustida emas, Allohdan qoʻrqish va rozilik poydevori ustida boshlashi lozim.
 
Alloh taolo aytadi:
"Binosini Allohdan qoʻrqish va uning roziligi asosida qurgan kishi yaxshimi yoki yemirilayotgan jar yoqasida binosiga asos solib u bilan jahannam oloviga qulagan kishi yaxshimi? Va Alloh zolim qavmlarni hidoyat qilmas"
(Tavba.109)
 
⬇️⬇️⬇️
 
t.me/xovatiri
 
Zaytun
Send as a message
Share on my page
Share in the group
1 week Translate
Translation is not possible.
108-xotira:
 
"Yaratgan ismi bilan dunyo hodisalariga boqish"
 
Qurʼonda nozil boʻlgan eng avvalgi oyatlar "yaratgan Robbing nomi ila oʻqi" , Robbing eng karamli zotdir" deb boshlangani maʼlum.
(Alaq.1,3)
Shuningdek paygʻambarimiz sollallohu alayhi va sallam oʻqish yozishni bilmaganlari ham maʼlum.
Unda nega oʻqishni bilmaydigan kishiga bila turib oʻqishga buyruq qilingan ?!
Chunki bu oyatlardagi oʻqishdan maqsad faqatgina alif boni oʻqish (bilish) emas, balki uni bilmasa ham hayotga Allohning yaratuvchi , karamli ekani bilan nazar solib hayot kitobini oʻqish edi.
Qancha "oʻqimishli" kishilar borki hayot kitobini "yaratgan nomi ila" oʻqishni bilishmaydi. Yani hayotga uning qudrati ila nazar solishmaydi.
Qancha oʻqishni bilmaydiganlar borki, hayotga yaratgan "qudrati, karami" ila nazar soladi. Ana shular aslida "oʻqimishli" zotlar deyiladi.
Shuning uchun dajjolning peshonasiga bitilgan "kofir" soʻzini "Yozishni bilgan yo bilmagan har qanday moʻmin oʻqiydi" deganlar.
(Muslim rivoyati)
Ammo hayotga yaratgan qudrati, karami, hikmati bilan nazar solmagan kishi qanchalik yozuvchi, oʻquvchi boʻlsa ham uning kofirligini oʻqiy olmaydi.
 
Shunga oʻxshash dunyoda sodir boʻlayotgan voqealarga ushbu "koʻzoynak" bilan qaragan kishi hamma ishda yaratganning rahmati, hikmatini koʻradi.
Asli mana shu Qurʼonda eng avval nozil boʻlgan oyatlardagi "oʻqi" soʻziga amal qilishdir. Alifboni emas, hayot kitobini "Robbing nomi" ila oʻqi..
Voqealarga uning qudrat va hikmati ila nazar sol..
Shunda Xizr qissasidagi kabi hikmatlar senga ayon boʻladi.
 
Aybsiz bir goʻdakni oʻldirishibdi, Robbing nomi ila hayotning bu sahifasini oʻqisang, yomonlik libosidagi "xoyr" deysan.
Garchi yolgʻiz onaga bu ogʻir judolik boʻlsa da , unga farzandi evaziga dunyo berilsa-da oʻrniga tushmada-da , lekin unga koʻrsatilayotgan yordamlar ehtimol bir umr qiynalib farroshlik qilishdan uni ozod qilgan boʻlsa..
Ehtimol oʻsha bolasi "katta boʻlib sizni ishlatib qoʻymayman" degandir, mana katta boʻlmay ham joni evaziga onasini farroshlik qilishdan ozod qilgandir..
 
Ehtimol Xizr qissasidagi kabi katta boʻlib yolgʻiz onasini kuydiradigan bola boʻlishini Alloh istamagandir.
Xususan hozirgi zamonda, yana kufr yurtida , yana yolgʻiz ona ertalabdan kechgacha ishlab yurgan holida yana oʻgʻil bolani tarbiya qilishi qanday qiyinligi hammaga maʼlum.
 
Ehtimol kofirlar bergan yordamlardan katta boʻlib "meni falonchilar boqqan" deb oʻshalarning quli boʻlib yurganidan Alloh uni asrab qoʻygandir.
 
Ehtimol shu sabab uning yaqinlariga va boshqa musulmonlarga Alloh taolo kofirni yomon koʻrishni taʼlim berishni istagandir..
 
Ehtimol (gʻaflat uyqusida) uxlab yotgan jasadlarni uygʻotish uchun ummat jasadini "chimdish" dir.
Zero haligacha "senga nima qildi" deb kaltak oʻzining boshida sinishini kutib dunyoning boshqa joylarida bu kofirlar qancha qancha beayb goʻdaklarni oʻlimiga sabab boʻlganini koʻrmayotgan "oʻqimishli" kishilar bor.
Ularga farzandlari chempionat va musobaqalarda gʻolib boʻlishsa, va oʻsha kofirlar tarafidan taqdirlanib dunyoga erishib oxiratlarini kuydirishsa orzu havaslariga yetgan boʻladilar.
Ammo boshqalarning hayot sahifasini oʻqishni ham unga qayrilib qarashni ham ularga qizigʻi yoʻq.
 
".. Bu Robbingning rahmatidan.."
(Kahf.82)
 
⬇️⬇️⬇️
 
t.me/xovatiri
 
Zaytun
Send as a message
Share on my page
Share in the group
1 week Translate
Translation is not possible.
109-xotira
 
"Oʻrgangan koʻngil oʻrtansa qoʻymas"
 
Agar qalb biror narsaga odatlanib oʻrganib qolsa garchi uning zararli ekanini bilsa ham (ming xil bahona topib) uni tark etmaydi.
Ana shunga "Oʻrgangan koʻngil oʻrtansa qoʻymas" deyiladi.
 
Abu Voqid allaysiy roziyallohu anhu aytadilar:
Kofirlarning (Risolat zamonidan oldin) bir daraxti boʻlar edi. Ular uning atrofida toʻplanishar, yaxshi niyatlar qilib unga qurol aslahalarini (gʻalaba umid qilib) osishar edilar. Uni "Zotu anvot" yani "Narsalar bogʻlanuvchi daraxt" deb nomlashardi.
Rosululloh sollallohu alayhi va sallam biz bilan Makkadan Hunayn mintaqasiga chiqdilar. Oʻshanda biz hali endi kufrni tark qilgan (yangi islomga kirgan) vaqtimiz edi.
Shunda biz katta yam-yashil bir daraxt oldidan oʻtib Rosulullohga aytdik : "Ya Rosululloh! Ularning (kofirlarni) "zoti anvoti" (narsa osadigan daraxti) boʻlgani kabi bizga ham (shu katta yashil daraxtni) "Zoti anvot" (yaxshi niyatda narsa osadigan daraxt) qilib bering !
Shunda Rosululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar:
"Nafsim qoʻlida boʻlgan zotga qasamki Musoning qavmi Musoga aytgan gapning aynisini aytdinglar!
(Ular ham sanamlarga tiz choʻkib sigʻinadigan qavm oldidan oʻtib) "Ey Muso ularning olihasi kabi bizga ham bir iloh qilib ber" degan edilar. Muso ularga dedi "Sizlar johillik qiladigan qavmsizlar!"
(A'rof.138)
Rosululloh aytdilar :
Albatta bu bir xil yoʻllardir. Sizlar o'zinglardan oldingilar (Yahud va Nasorolar) yoʻllariga qadamma qadam ergashasizlar!"
(Termiziy rivoyati)
 
Hadisdan koʻrinib turibdiki botilga oʻrganib qolgan qalb garchi uni tark qilsa ham qoʻmsab turadi.
Shuning uchun Banu Isroil butga sigʻinadigan qavmni koʻrgach oʻzlarining butlarini eslab qoldilar.
Shuning uchun yangi islomga kirgan sahobalar yam yashil daraxtni koʻrgach ularning ham "yaxshi niyatda " narsa osadigan daraxtlari boʻlishini istadilar.
Lekin Rosululloh buni "kofirlarga qadamma qadam ergashish" deb
bundan qattiq ogohlantirdilar.
Demak "Yaxshi niyat' kofirga taqlidni halollab bermaydi.
Daraxtga yaxshi niyatda narsa osish, uni atrofida toʻplanib aylanish faqat yahud nasorolarda emas, balki Risolat kelishidan oldin mushriklarda ham boʻlgan odat.
Undan soʻng yahud va nasorolar dinini buzganlar orqali ularning diniga mushriklardan bu bidʼat oʻtdi.
Zero Iso alayhissalom archaning tagida qish kunlari emas , xurmoning tagida, mevalar yangi pishgan yoz faslida tugʻilganligi Qurʼonda ishora qilingan.
Alloh taolo Maryamga aytdi:
"Xurmo tanasini oʻzingga qarata silkit, senga yangi pishgan meva tushiradi"
(Maryam.25)
Ulardan esa bizning dinimizni buzuvchi ahli bidʼatlar orqali bizning millatlarga oʻtdi.
Mana shu Rosululloh ogohlantirgan "ularga qadamma qadam ergashish" edi.
 
Bugun ming xil fatvo topib archa atrofida "yaxshi niyat qilib" aylanayotganlar, unga narsa osayotganlar ham yoshligidan oʻrganib qolgan botilini tark qila olmay "ularning daraxti kabi bizga ham daraxt qilib bering" deyotkandek goʻyo..
İslomda "aylanish" tavof ibodati deyilib uni faqat Kaba atrofida qilinadi.
 
Sahobalarku yangi islomga kirgan vaqtda bilmay buni talab qilgan ekan. Lekin 13 asrdan beri ajdodlari musulmon boʻlgan bu qavm hanuz qalblari bu taqlidni tark qilay demaydi..
 
İbnul Qayyum rohimahulloh aytadilar:
"Musulmon kishi jamiyki maʼsiyatlarni qilmogʻi nasroniyni bayrami bilan tabriklashidan yengilroq dur"
(Ahkomi ahliz-zimmah kitobidan)
 
Alloh taolo aytadi:
"Ularning kufrlari sabab qalblariga buzoq (muhabbati) singdirildi. Ayting, agar moʻmin boʻlsangiz sizning iymoningiz qanday ham yomon narsaga buyuradigan (iymon)ekan..!"
(Baqara.93)
⬇️⬇️⬇️
t.me/xovatiri
 
Videoda: Archa va yangi yil haqida nasroniy popining eʼtirofi
 
Zaytun
Send as a message
Share on my page
Share in the group
1 week Translate
Translation is not possible.
110-xotira:
 
"Zamonaviy gadoylar"
 
Avvallari gadoylar uyma-uy yurib yoki bozorlar, masjidlar oldida turib tilanchilik qilishar edi.
Endi odamlar hayotining aksar qismi internet tarmogʻiga koʻchgach gadoylar ham internetga koʻchdi.
"İnternet gadoylari" deganda ijtimoiy tarmoqlarda odamlardan pul soʻraydigan ochiq gadoylar emas, balki "maxfiy gadoylar" haqida gap ketayapti.
Ular odamlardan "layk" yigʻuvchi, qanday qilib boʻlmasin trendga chiqishni, keyin mashhur boʻlib "reklama" olib shuning ortidan kun koʻrishni istaydigan gadoylar.
Kishi obrusi ortidan kun koʻrishi hech qanday kasb emas balki gadoylikdir.
Shuning uchun johiliyatda arablar aytar edi :
"Hur ayol ochidan oʻlsa oʻladi, lekin koʻkragi bilan kun koʻrmaydi"
Yani bola emizib pul topish choʻrilar ishi edi. Hur ayollar bu ishni oʻziga ep koʻrmas edi.
Shunga oʻxshash internetda mashhurlik ortidan pul topish ham sharafli kishining ishi emas.
 
Koʻchadagi gadoylar hammadan bir sum bir sumdan toʻplab yurgani kabi internet gadoylari ham "Layk bosing" deb tilanchilik qilib pul yigʻishadi.
 
Kimdir internetda ovqat yeb bergani uchun unga oshxonalardan pul toʻlashadi.
Kimdir kiyim kiygani uchun va hokazo..
Holat shu darajaga yetganki "layk bosib qoʻyinglar" deb gadoylik qilish oddiy tusga kirib "tilanchiliksiz" xolis Alloh uchun yaxshilik tarqatuvchini topa olmaysan kishi..
 
Lekin eng yomon "maxfiy gadoylar" internetda hamma bilan janjal qilib "trendga" chiqib odamlarni oʻzi bilan mashgʻul qilib turgani uchun unga pul toʻlanadigan gadoylardir.
Ular doimiy janjallar, bahs-munozara, shov shuvli voqealar topib shuning ortidan kun koʻradilar.
Oʻzaro janjallarini ham internetga chiqarib qiladilar.
Baʼzan oʻzlari kelishib olib ommaning eʼtiborini oʻzlariga qaratish uchun "soxta janjallar" ham uyushtiradilar.
Ularga obru ketsa ketsin, "layk" yig'ilsa bas.
Bu orqali ham odamlarni vaqtini foydali ishlardan oʻgʻirlaydilar, ham ularning gadoyliklari rivojlanib to'rvalari "layklar" bilan toʻlib qoladi..
 
Aisha roziyallohu anho aytadilar:
Rosululloh sollallohu alayhi va sallamdan kishi namozda burilib qarashi haqida soʻradim.
U zot aytdilar:
"Bu maxfiy o‘gʻirlikdir. Shayton kishining namozidan bu bilan (savobini) oʻgʻirlaydi"
(Buxoriy rivoyati)
 
Demak shayton sizni Allohdan qaytara olsa qaytaradi. Oʻzingizni qaytara olmasa (yotib qolguncha otib qol qabilida) hech boʻlmasa yuzingizni bir soniya boʻlsa ham Allohdan burib shu orqali namoz savobini oʻgʻirlab qolishga harakat qiladi.
Sizning nigohingiz bir lahza boʻlsa-da haqdan chalgʻishi ham unga yetadi.
 
Shunga oʻxshash internetdagi "maxfiy gadoylar" ham imkon boricha odamlarni haqdan toʻsadi.
İmkoni yoʻq oʻrinda esa har kuni odamlarga bir yangi shov shuvli voqealar, janjal-to'palonlar topib chiqib oʻsha bilan butun xalqni maxfiy uslubda haqdan chalgʻitib turadi, molini yeb oladi.
Ular din desa faqat janjal to'palon tasavvurini berishni istaydi.
Shuning uchun ular na xalqqa Quron va sunnatni oʻrgatganini na munkarlarni inkor qilganini topmaysan.
 
Ular birovni qonini soʻrib kun koʻradigan kana, chivin kabi zararkunanda hasharotlardir.
Birovni qonini soʻrishdan oldin uning terisiga sezdirmay "narkoz" yuboradi.
Teri narkoz taʼsirida karaxt boʻlib turganda undan qonini soʻrib qochadi.
Shunga oʻxshash "internet kanalari" ham odamlarga sezdirmay oʻzlarini "reklama" qilishni, shov-shuvli voqealar bilan odamlarni karaxt qilib ularni vaqtlari, mollarini sekinlik bilan oʻgʻirlab kun koʻrishni istaydilar.
 
Odamlarni haqdan chalgʻitishning bu uslubi haqida Alloh taolo aytadi:
"Kofir boʻlgan kishilar dedilar :
Bu Qurʼonga quloq solmanglar. Va unga (oʻqilganda chalgʻitib) lag'uv (shovqin) qilinglar. Shoyad gʻolib kelsanglar"
(Fussilat.26)
 
Yana aytadi :
"Ey iymon keltirganlar. Albatta juda koʻp ahbor (soxta olimlar) va rohiblar odamlarning molini botil yoʻl bilan yeydilar va Allohning yoʻlidan toʻsadilar.."
(Tavba.34)
 
"Ular Allohning yoʻlidan toʻsadilar va (to'sa olmasa) u(yoʻl)ning egri boʻlishini istaydilar.."
(Hud.19, Ibrohim.3, A'rof.45)
 
⬇️⬇️⬇️
 
t.me/xovatiri
 
Zaytun
Send as a message
Share on my page
Share in the group