2 day Translate
Translation is not possible.
107-xotira:
 
"Yetishmaslik kasali"
 
Bazan jasadda biror moddadan yetishmovchilik boʻlsa kishida garmanal oʻzgarish sodir boʻlib oʻzini boshqa narsa istayotgandek his qiladi.
Masalan kishi uyquga toʻymasa jasad huddi shirinlik xohlayotgandek his beradi.
Aslida uning dardi shirinlikda emas toʻyib uxlashda boʻladi.
 
Shunga oʻxshash ruhda ham baʼzan biror narsa yetishmasa uni boshqa koʻrinishda talab qila boshlaydi.
Masalan ruh oliy (yuqoridan kelgan) maxluq boʻlganidan oliylik xohlaydi.
Agar unga haq oliylik (Allohga bogʻlanib ruhan yuksalish) g'arizasi qondirilmasa, boshqa uslublar bilan oliylik istay boshlaydi.
Natijada bu "yetishmovchilik" unda "kibr" tarzida namoyon boʻladi.
U kishi kibrni oqlash uchun esa har xil boxonalar topadi.
Kim birovdan izzat talab boʻlsa Allohning toati bilan azizlikdan nafsi mahrumligi sabab izzatni boshqadan izlaydi.
Shuning uchun Qurʼonda munofiqlar haqidagi oyatlarga qarasak, ular Alloh bilan azizlikni boy berishgach uni Allohning dushmanlari (kofirlar)dan talab qilganlari zikr qilinadi.
"Ular moʻminlar qolib kofirlarni doʻst tutadilar. Ulardan izzat istaydilarmi? Holbuki izzat hammasi Allohnikidir"
(Niso.139)
Keyin ular buni siyosat , ehtiyotkorlikka yuyishadi.
 
Ahnaf ibn qoys rohimahulloh aytadilar:
"Kim mutakabbirlik qilsa oʻz nafsida topayotgan xorlik sababidandir. Kim kamtarlik qilsa oʻz nafsida topayotgan azizlik sababidandir"
(Sirojul-muluk kitobidan)
 
Bunday "izzat talablik, yetishmaslik kasalligini" jamiyatning barcha tabaqasida koʻrish mumkin.
 
Uni hurmat qilishlarini, poyiga gilam toʻshab kutib olishlarini talab qiluvchi hokimni qara. Uning nafsidagi "yetishmovchilik" kasali unga xorlik hissini berganidan uni oʻz mansabi orqali izzat talablikka undaydi.
 
Unga kelini ikki bukilib taʼzim qilishini, Allohga ruku va sajda qilgandek unga ruku va sajda qilishini, poyondozini koʻziga surtib o'pishini kelinidan talab qilgan qaynonaga qara. U ham yoshligidan istab topa olmagan izzat-hurmatini, yetishmaslik kasalini kelini orqali qondirmoqchi boʻlayotganini sezmaydi. Balki, buni kelinni itoat, hurmatga oʻrgatish deb oqlaydi.
 
Hurmat talab ustozlar ham huddi shunday "yetishmaslik" kasaliga chalingan.
Ular buni "ilmga hurmat" deb oqlaydi.
 
Oyogʻi ostiga poyondoz yozib kutib olinishini istovchi hojilar, toʻyida podshohlar kabi turna qator moshinalarda aylanib yurishni istovchi kelin-kuyovlarda ham ayni shu "yetishmaslik" kasaliga chalinganlik alomatlari koʻrinadi.
Ular esa buni toʻy hursandligiga yuyadi.
 
Birov uning haqqida zulm qilib qoʻysa "tiz choʻkib kechirim soʻra" deydiganlar ham shunday.
Ular ham umrida hurmat-ehtirom koʻrmagan boʻlib, bu "yetishmaslik" kasalini endi uning haqqiga bir xato qilib qoʻygan kishi orqali g'arizasini qondirishni istaydi.
Ular bu ishlarini "uni tavbasiga tayantirish, qasos" deb oqlaydi.
 
Alloh taolo aytadi:
"Ularning koʻngillarida oʻzlari ham yetisha olmaydigan kibr bor xolos. (Bunday boʻlishdan )Allohdan panoh tilang, albatta u oʻta yaxshi eshituvchi va koʻruvchidir"
(Gʻofir.56)
 
⬇️⬇️⬇️
 
t.me/xovatiri
 
Zaytun
Send as a message
Share on my page
Share in the group