5 days Translate
Translation is not possible.
116-xotira :
 
"Ochilish marosimi"
 
Kishi biror ish boshlasa ochilish marosimi uchun alohida etibor qaratadi. Chunki har qanday ish boshlanishida yaxshi yurgizib olinsa keyinchalik avvalgi kuch bilan oxirigacha davom etadi.
 
Kamondan uzilgan oʻq avvalda qancha kuch bilan tortib otilsa shuncha uzoqqa uchadi.
Osmonga koʻtarilayotgan raketaning asosiy yoqilgʻi sarflash vaqti ham qoʻzgʻalish nuqtasi.
Samalyot uchishida ham ayni shu qonun. Qanchadir miqdorda tezlikka erishmasa yerning tortish kuchidan uzila olmaydi.
 
İbodatlarda ham shu kabi avvalida alohida ehtimom va gʻayrat lozim boʻladi.
Shuning uchun namozga kirishda birinchi aytiladigan soʻz "Allohu Akbar" yaʼni "Allohni barcha narsadan buyuk" deyish.
Bu bandani yer hayotiga tortib turgan barcha narsalardan uzilish nuqtasidir.
Shuning uchun ikkinchi bosqichda "Alhamdulillahi robbil alamin" deb bu tortish kuchidan uzila olganimizga hamd aytib Alloh sari rihlatni davom ettiramiz.
Oxirida esa "attahiyyot" ga qo’nib manzilga yetib borgach "salom" bilan yana dunyo hayotiga chiqamiz.
 
Shuning uchun salafi solihlar ushbu "uzilish" vaqtida gʻalati holatlarga tushib qolar edilar.
Abu Amr az-zajjajiy rohimahullohdan soʻraldi:
Nega siz farz namozda takbir aytish vaqti oʻzgarib qolasiz?
U kishi aytdi:
"Men farzimni yolgʻon bilan boshlashdan qoʻrqaman. Chunki kishi tilida "Allohu Akbar" deb qalbida Allohdan kattaroq gʻam tursa uning bu holati tilini yolgʻonga chiqargan boʻladi"
 
Roʻzada ham shuncha oʻxshash holatni koʻramiz.
Uning avvali koʻp ishlardan "uzilish" nuqtasi.
Kunduzi yemoq ichmoq, shahvatlardan, tunda esa uyqudan.
Balki Islom avvalida kechasi xuftondan keyinoq roʻza boshlanar edi. Chunki u boshlanish nuqtasi edi.
Ummat nafs tortish kuchidan uzila olgach keyinchalik bu hukm yengillashtirilib roʻza sahardan boshlanadigan boʻldi.
 
Bu oyda nafs tortish kuchidan Allohni haqiqiy maʼnoda "Akbar" deb bilgan kishigina uzila oladi.
Shunda banda ramazonning oxirida salom kechasi "Laylatul qadr" bilan bu oydan salomat chiqadi.
Alloh taolo aytadi:
"U (kecha) salomdir.."
(Qadr.5)
 
Bu holatni haj va umrada ham koʻrishimiz mumkin.
Avvalida takbirotul ehrom kabi ehrom oʻrash, oxirida esa qurbonlikdan salomat qolgan Ismoil alayhissalomni eslab kalla olish oʻrniga soch olish bilan haj va umradan chiqiladi.
 
Bundan koʻrinadiki ramazon ham asli bir mahal namozning bir oylik koʻrinishidan iborat. Haj va umra esa ibodatning bir yil yoki bir umrlik koʻrishinidan iborat.
 
Namozning boshlanishi gʻamga soluvchi nuqta boʻlgani kabi ramazonning boshlanishi ham gʻamga soladigan nuqta.
Uning avvalida ibodatlar bilan yetarli tezlikka erishib "muvaffaqiyatli qalqish" oy mobaynida parvozning sifatiga taʼsir qiladi.
Shuning uchun ramazon binosiga asos solayotgan kishi uni yiqilayotgan jarlik ustida emas, Allohdan qoʻrqish va rozilik poydevori ustida boshlashi lozim.
 
Alloh taolo aytadi:
"Binosini Allohdan qoʻrqish va uning roziligi asosida qurgan kishi yaxshimi yoki yemirilayotgan jar yoqasida binosiga asos solib u bilan jahannam oloviga qulagan kishi yaxshimi? Va Alloh zolim qavmlarni hidoyat qilmas"
(Tavba.109)
 
⬇️⬇️⬇️
 
t.me/xovatiri
 
Zaytun
Send as a message
Share on my page
Share in the group