Furayha Profile Picture
UMMA TOKEN INVESTOR

8 month Translate
Translation is not possible.

Baxt siz uchun nima?

Baxtni har kim turlicha tasavvur qiladi.

Balki, baxtning turli ko'rinishlari borligi uchun ham shundaydir. Ayrimlar o'ylaydilarki, baxt nimaningdir yoki nimalarningdir ortidan keladigan bir his yoki shunga o'xshash nimadir (aniq tarifini bilmayman)

Aslida baxt nima?

Ko'zi ko'r inson uchun ko'rish baxt!

Gapirolmaydigan inson uchun gapirish!

Oyoqlari shol inson uchun o'z oyoqlari bilan hech kimning yordamisiz yura olish baxt!

Abituriyent uchun universitetga kirish baxt bo'lsa, talaba uchun uni tezroq bitirish baxt!

Faqir inson uchun boylik baxt! (Aksar hollarda)

Boylar uchun esa faqirlarda bo'lgan halovatni topish baxt!

Qorni och biri uchun yegulik baxt!

Kasal inson uchun sog'ayish baxt!

Yosh bola uchun otasi keltirgan o'yinchoq baxt!

Ota uchun esa farzandini kamolini ko'rish baxt!

Kofir uchun bir tiyinga arzimaydigan dunyo matoxlari baxt bo'lsa, mo'min uchun Robbisining jamolini ko'rishga muyassar bo'lish baxt!

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
8 month Translate
Translation is not possible.

O'lik haqida kitob o'qiy boshladim, yoxud o'lim haqida..

O'lim va o'lganlar o'rtasidagi farq nima o'zi?

Aslida men kimman?

O'limga mahkum etilganlardanmi yoki jismim o'lmasidan avval o'lib bo'lganmanmi? Tushunolmay qoldim. Xuddi tirik murdadekman. To'rt devor orasida o'z o'limi qachonligini bilolmaydigan darajada ojiz maxluq ekanimni yana bir bor angladim.

Lekin har bir o'lgan o'limining qay mahalda kelishini bilmasdan o'lganku, yoki bunday emasmi?

Xayollarim chalkashib ketdi. Men kimman o'zi? Yozyapmanu, bir kun kelib yozganlarimdan uyalmasmikinman, o'ylab qoldim..

Bilganim shuki, agar qachonlardir vujudim tirik bo'lsa, yozganlarim menga kim bo'lganimni eslatib turadi, garchi yanglish narsa yozayotgan bo'lsam ham...

Send as a message
Share on my page
Share in the group
8 month Translate
Translation is not possible.

• Birovni hayotini muhokama qilishga o'rganib qolganmiz. O'zimizniki bo'lgan hayotni yaxshilash uchun yarim qadam ham tashlamaymiz.

• Ayblarimizni bilmaymiz — bilishni istamaymiz. Biz uchun boshqalar qilgan xatolar muhimroq.

• Tarbiyadan og'zimiz to'lib-toshib gapiramiz. Aslida, bong urib aytyotganimiz odob-axloqdan o'zimizda yarim tomchi ham yo'q.

• Bolalarning bilimsizligini yuziga solamiz. Tengdoshlari bilan taqqoslaymiz. Ikki oilada o'rtasidagi muhit ayricha ekanligini o'ylab ham o'tirmaymiz.

• Omadimiz yo'qligidan jar solib noliymiz. Omadli deb sanaganimiz insonlar qilgan ishlarni qilmaymiz — qilolmaymiz.

• Dunyoni o'zgartirishni istaymiz. Lekin haqiqat — o'zimiz o'zgarmasak dunyo hech qachon o'zgarmasligini tan olmaymiz — tan olishni xohlamaymiz

Qilmoqchi bo'lgan barcha amallarimiz niyatimizga bog'liq ekanligini anglaganimizda esa kech bo'ladi.

Send as a message
Share on my page
Share in the group
8 month Translate
Translation is not possible.

So'zlayotgan so'zingga e'tiborli bo'l. Yaxshi gap aytolmas ekansan unda sukut qil. Shunisi afzalroq. Yana o'zingni boshqalarga nisbatan aqlli ekanligingni isbotlab qo'ymoqchi bo'lgan paytingda ham sukutni o'zingga lozim tut. Chunki o'sha paytda sen aytmoqchi bo'layotgan so'zga oz bo'lsa ham kibr va manmanlik aralashib qolishi mumkin.

Ko'cha-ko'yda yurganingda ovozingni balandlatma. Uyalmasdan qahqaha otib kulishdan saqlan. Buni o'zligingga to'g'ri kelmaydigan ishlardan deb bil. Sen hayotga yengil qaraydigan, dunyoning o'tkinchi jilvalariga aldanib qolgan qizlardan emassan. Sen bu SEN san. Doim Sen bo'lib qolasan. Boshqa din yoki millat vakillariga taqlid qilishdan saqlan. Zero, eng mukammal din bu sening va mening dinim Islomdir.

Odob har qanday insonni go'zal qiladi. Xulqi go'zal bo'lmaganni chiroyidan ne naf. Alloh senga bergan ne'matiga shukr qilishni bil. Isyonkor bandalardan bo'lma.

Kuningni huda-behuda narsalarga sarflab yuborma. Vaqt g'animat. Bugun senda bor imkonni ertaga boy berishing mumkin. Taqdiringda yozilgan biriga turmushga chiqar ekansan undan keyingi hayoting hozirgiday silliq va erkin bo'lmasligi mumkin. Shuni unutmagan holda ayni damda o'qi. Bugun o'qi! Hozir o'qi!

Sezyapsanmi ertaga , ertaga deb qoldirgan ishlaring ham anchagina bo'lib qoldi? Ularni qachon qilasan? Qachon ilm olasan? Vaqt ziq. Vaqt omonat. Omonatga xiyonat qilma!

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group