8 month Translate
Translation is not possible.

• Birovni hayotini muhokama qilishga o'rganib qolganmiz. O'zimizniki bo'lgan hayotni yaxshilash uchun yarim qadam ham tashlamaymiz.

• Ayblarimizni bilmaymiz — bilishni istamaymiz. Biz uchun boshqalar qilgan xatolar muhimroq.

• Tarbiyadan og'zimiz to'lib-toshib gapiramiz. Aslida, bong urib aytyotganimiz odob-axloqdan o'zimizda yarim tomchi ham yo'q.

• Bolalarning bilimsizligini yuziga solamiz. Tengdoshlari bilan taqqoslaymiz. Ikki oilada o'rtasidagi muhit ayricha ekanligini o'ylab ham o'tirmaymiz.

• Omadimiz yo'qligidan jar solib noliymiz. Omadli deb sanaganimiz insonlar qilgan ishlarni qilmaymiz — qilolmaymiz.

• Dunyoni o'zgartirishni istaymiz. Lekin haqiqat — o'zimiz o'zgarmasak dunyo hech qachon o'zgarmasligini tan olmaymiz — tan olishni xohlamaymiz

Qilmoqchi bo'lgan barcha amallarimiz niyatimizga bog'liq ekanligini anglaganimizda esa kech bo'ladi.

Send as a message
Share on my page
Share in the group