⭐️Din va dunyo yulduzi boʻl
Keling, asosan 5-8-sinf uka-singillarimiz uchun tavsiyalarimni beray. Lekin, albatta, bu tavsiyalar deyarli barcha yoshdagi va holatdagi kishilar uchun ham foydali boʻladi
Ularga oʻzimga juda yaqin olib gapirmoqchiligim sabab, murojaat tonini biroz oʻzgartirishga ruhsat etgaysiz
❣️"Ukam, singlim, senga qaygʻuraman. Shu yoshdagi boshqa koʻpchilik yoshlar kabi sening ham vaqting behuda orzular va havaslarga aldanib isrof boʻlishini xohlamayman
Kel, senga bir nechta maslahatlarimni beray:
1️⃣ Hozir koʻpchilik aldanib qolgan "kim koʻp dunyoga ega boʻlish poygasi"ga aldanma. Dunyoviy bilimlarga xavotir bilan mukkasidan ketma.
Hali yosh boʻlishingga qaramay, kun tartibingni va butun xayolingni dunyoviy fanlarni chuqur oʻrganish tashvishi bilan toʻldirma.
✋Yetarlicha oʻrgan. Kelajak mutaxassisligingga kerak boʻladigan fanni oʻrtacha, darslikni tushuna oladigan darajada oʻrgan, kerakli tillar - ingliz, rus, arab tillarini oʻrgan, kifoya qiladi.
Hozirdan oʻrtacha bilim olish, yillar oʻtib kuchli bilim toʻplashingga sabab boʻladi.
Qolganiga esa diniy, shaxsiy, jismoniy rivojlanishingga kuchli eʼtibor qarat!
2️⃣ Keraksiz doʻstlardan voz kech
Sen barcha sinfdosh, mahalladosh, hamshaharlarni tabiiy doʻst deb bilishing mumkin.
Lekin afsuski, unday emas. Ular senga sen sezmaganing holda diningga, xulqingga, kelajagingga juda katta zarar berayotgan boʻlishi mumkin.
Ulardan hech qanday manfaatli gap, amal, xulq chiqmayaptimi, ulardan soʻzsiz yiroqlash!
Senga faqat ibrat, shijoat, xayr beradigan tanishlaring bilan doʻst boʻl. Ular bilan mustahkam munosabat qur!
3️⃣ Diningni kuchliroq oʻrgan.
Dinni kuchli oʻrganish - faqat din olimlari uchun saqlab qoʻyilgan ish emas. Uni oʻrganish va amal qilish - barchaning qoʻlidan keladigan, barchani donoroq, xushxulqroq, baxtliroq va muvaffaqqiyatliroq qiladigan ish.
Tushunishga sodda va juda saviyali kitoblar koʻp. Ular uchun kunida hech boʻlmaganda bir soat ajratsang, oʻzingdagi, qalbingdagi, ruhingdagi katta oʻzgarishni sezasan.
💖Baxt qayerda ekanini kashf qilasan...
Bu rasmda mashhur diniy kitoblarni sanadim. Ularni oʻqib chiqishni niyat qil!
(davomi bor)
Comment has been successfully reported
The post has been successfully added to your timeline!
You have reached your limit of 100000 friends!
File size error: The file exceeds the allowed limit (9 GB) and can not be uploaded.
Your video is being processed,
We’ll let you know when it's ready to view.
It's impossible to upload the file: This file type is not supported.
We have detected adult content on the uploaded image,
therefore we have declined the uploading process.
To get a verification (tick) on the Islamic social network Umma Life, you must meet at least one of the following criteria: 1. Social network activity: Participants seeking verification must be active users of the social network. At least one useful message must be posted per day, and the message topics can be non-religious. 2. A well-known Islamic blogger or Muslim: If you are a well-known Islamic blogger or Muslim, even if your activities are not related to religious topics on the Internet, you can also apply for verification. 3. A large number of subscribers or active religious pages: If you have a lot of subscribers on social networks or you actively manage useful religious pages, this can also be a basis for getting verified. If you meet at least one of these criteria, submit an application for verification on the Islamic social network Umma Life via private message https://ummalife.com/ummalife and your account will be reviewed by the social network administration.