UMMA TOKEN INVESTOR

Translation is not possible.
Ittifoqni ne el ekanini
bilmagan, yolg‘iz o‘z manfaati shaxsiyasi yo‘lida bir-birini yeb, ichkan man-sabparast,
dunyoparast va shuhratparast muttahamlar Turkiston tuprog‘idan yo‘qolmay turib,
bizning odam bo‘lishimizg‘a aqlim yetmay qoldi. Biz shu holda ketadirgan, birbirimizning tegimizga suv quyadirg‘an bo‘lsaq yaqindirki, o‘rus istibdodi o‘zining iflos
oyog‘i bilan Turkistonimizni bulg‘atar va biz bo‘lsaq o‘z qo‘limiz bilan kelgusi naslimizning bo‘ynig‘a o‘rus bo‘yindirig‘ini kiydirgan bo‘larmiz. O‘z naslini o‘z qo‘li bilan kofir qo‘lig‘a
tutqin qilib topshirquchi — biz ko‘r va aqlsiz otalarg‘a xudoning la’nati albatta tushar,
o‘g‘lim! Bobolarning muqaddas gavdasi madfun Turkistonimizni to‘ng‘uzxona qilishig‘a
hozirlang‘an biz itlar yaratguchining qahriga albatta yo‘liqarmiz! Temur Ko‘ragon kabi
dohiylarning, Mirzo Bobur kabi fotihlarning, Forobiy, Ulug‘bek va Ali Sino kabi
olimlarning o‘sib-ungan va nash’u namo qilg‘anlari bir o‘lkani halokat chuqurig‘a qarab
sudrag‘uchi albatta tangrining qahrig‘a sazovordir, o‘g‘lim! Gunohsiz bechoralarni
bo‘g‘izlab, bolalar yatimxonalarini vayron qilg‘uchi zolimlar — qurtlar va qushlar, yerdan
o‘sib chiqg‘an gi-yohlar qarg‘ishig‘a nishonadir, o‘g‘lim!.. Oʻtkan kunlar asaridan
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.
Tengiz Nuriddinni chaylaga boshladi.
Eski gazetalardan iborat «dasturxon» usti betartib edi. Pachoqburun kirib, chala yeyilgan
non-go‘shtlarni yig‘ishtirib chiqib ketgach, Tengiz alyumin krujkaga to‘latib aroq quydida, mehmonga uzatdi. Nuriddin uni olish uchun qo‘l ham uzatmadi.
— Ha, — dedi Tengiz, qoshlarini chimirib. — Hazar qilyapsanmi?
— Ichmayman, — dedi Nuriddin. So‘ng tarang vaziyatni yumshatish maqsadida
qo‘shib qo‘ydi: — Shu paytgacha ichmaganman.
— Namoz o‘qiysanmi?
— Yo‘q.
— Unda menga o‘xshagan chala musulmon ekansan. Ichmaydigan odamlarni hurmat
qilaman. Ichishni anavi to‘ng‘izlarga chiqargan. Bu nima, bilasanmi?
— Aroqni aytyapsizmi?
— Ha, sen bilan men buni aroq deymiz. Aslida bu bizning millatimizni qirib tashlovchi
atom bomba. Bu enag‘arlar bizlarni qanday quritishni bilishgan. Sen bilan biz buning
fahmiga bormay ichaveramiz, ichaveramiz. Ichib olib bolalarni tug‘diraveramiz. Borib￾borib millat qirilib ketganini bilmay qolamiz. Senlar ko‘psanlar, uncha bilinmas balki.
Ammo biz kammiz. Hademay qirilib bitamiz.
— Siz... gruzinmisiz?
— Yo‘q... — Tengiz miyig‘ida kuldi: — Men — avarman! — Tengiz bu gapni iftixor
bilan aytdi. — Avar degan xalq bor bu dunyoda, eshitganmisan?
Nuriddin eshitmagan edi. Bir oz xijolat bo‘lgani holda bu haqiqatni tan oldi.
— Sen meni gurjiga o‘xshatma. Ular Qofqazni sotishgan. Mening bobolarim esa
qofqazimizni bu kofir to‘ng‘izlardan himoya qilgan. Imom Hamzat, imom Shomil,
Hojimurodlarni eshitganmisan? Ha, eshitmagansan.
— Men... o‘qimaganman. Sakkizinchini bitirib, dalaga chiqib ketganman. Keyin
harbiyga chaqirishib, Afg‘onga tashlashdi. Keyin bu yerlar... Qo‘limga bitta kitob olib
o‘qimaganman sira.
— Unda seni «esh-shak» deganlari to‘g‘ri ekan. Qaysarliging uchun emas,
o‘qimaganing sababli esh-shaksan. O‘qimagan odamning esh-shakdan nima farqi bor?
Sen mening tariximni bilmaysan. O‘zingnikini bilasanmi? Sening hamzatlaring,
shomillaring bormi? Bilmaysan! Esh-shak ham o‘zining ota-bobolarini bilmaydi.
Gaplarimga hayron bo‘lyapsanmi? «O‘g‘ridan ham shunaqa gaplar chiqadimi?»
deyapsanmi? Men o‘g‘ri bo‘lib tug‘ilmagan edim. Ota-bobom ham o‘g‘ri emasdi. Men
o‘zimnikilarning ushog‘iga ham xiyonat qilmaganman. Men yerimga o‘g‘ri bo‘lib bosib
kirganlarning mol-joniga qiron keltiraman. Men o‘g‘ri emas, qasoskor, xunxo‘rman!
Ammo o‘g‘ri degan unvonni olganman. Men uchun qasosning o‘zgacha yo‘li yo‘q.
Bilasanmi, men salkam oliy ma’lumotli faylasufman. Ha... meni to‘rtinchi kursdaligimda
haydashgan. Leningradda o‘qirdim. Bir professor bor edi, — Tengiz shunday deb
istehzoli jilmaydi. — Nikolay Aleksandrovich Sagoev degan. Qiziq, a? Ismi o‘rischa,
nasabi tog‘liklarniki. Keyin bilsam asli Nazir Alievich Sagoev ekan. Tilimni tiyolmay
o‘shanga bir kuni aytdim: «Muhtaram professor, mayli, o‘zingizning ismingizni o‘rischa
qilibsiz, otangizning shunday chiroyli ismini nega o‘zgartirasiz? Sizda tog‘liklar
nomusidan zarracha bormi?» dedim. U enag‘ar meni komsomol majlisiga qo‘ydi. Mening
qaysarligim tutib, majlisda avarcha gapirdim. O‘sha professorning o‘zi tarjima qilib turdO‘ris deganlarning jazavalari tutganini ko‘rsang edi. Qo‘llaridan kelgani — meni
komsomollaridan haydashdi. Shartta turib: «Men avarman! Avarligimcha o‘laman!
Tupurdim senlarga!» dedim. Shu bahona bo‘lib o‘qishdan haydashdi. Keyin men bu
«o‘qishga» kirdim. Birinchi qilgan ishim — Sagoevning uyini bosdim. Avar knyazlari ham
unchalik boy bo‘lishmagandir. Tog‘lik yigitlarni o‘qishga kiritib qo‘yaman, deb tozza
shilar edi u enag‘ar. Uyini shilib, qolgan-qutganini yoqib yubordim. O‘n yil badalida ikki
marta qo‘lga tushib, pishdim. O‘n birinchi yili «qonundagi o‘g‘ri» martabasini berib,
menga toj kiydirishdi. Endi bildingmi, kimligimni? Bu to‘ng‘izlar meni qul qilish uchun
yerimga bostirib kirishgan edi. Endi ularning o‘zlari mening qulim. Bifshteksni
o‘ldirganing uchun zarracha afsuslanmadim. Bu enag‘arlar qancha ko‘p o‘lsa, shuncha
yaxshi. Sen esa... yashashing kerak! Men senga «Hamzat» deb nom beraman. Shomil
bilan Hojimurod ham bizning qahramonlarimiz. Lekin men ularni uncha yaxshi
ko‘rmayman. Ular oxiri sinishgan. O‘risga taslim bo‘lishgan. Hamzat esa, sinish u yoqda
tursin, hatto salgina egilmadi. Joynamozning ustida boshi uzildi. Senda ham shunga
yaqin fazilat ko‘rdim. Shuning uchun senga mehrim tushdi. Shuning uchun bu gaplarni
senga aytyapman. Ammo sen bola, qaysarligingni arzon bahoga sotar ekansan. Sen
mayda-chuyda gaplardan ustun tur. Sen millat uchun sobit bo‘lishni o‘rgan. Shunga
aqling yetadimi? Yo‘q, yetmaydi... Afsus, afsus, yetmaydi. Men o‘zbeklar orasida senga
o‘xshagan mardini kam ko‘rganman. Senlarning sinishlaring oson. Sen bu yerlardan
sinmaydigan odam bo‘lib chiq. Ko‘zlaringni ochib, odam bo‘lib chiq! Hamzat, bir kuni
kelib gaplarimni eslaysan. Ana shunda bu o‘g‘ri unchalik ahmaq emas ekan, deb tan
olasan.
Hayot-mamot olishuvi Nuriddin, endilikda Hamzat uchun kutilmagan hodisa edi.
Qahrli o‘g‘rining bu gaplari esa, mutlaq kutilmagan hol bo‘ldi. Bu gaplarning mag‘zini
chaqishga harakat qildi. Keyingi uchrashuvlarda yana shu haqda gap ochilarmikin, deb
kutdi. Biroq, Tengiz qahrli o‘g‘riboshi libosini yechib, ochilib gaplashmadi. Faqat ancha
keyin, nohush voqealar so‘ngida, ajralar mahallarida «Sen mening himoyamdasan. Men
o‘lsam, odamlarim himoya qiladilar. Sen o‘sha kungi gaplarimni unutmasang bo‘ldi: aslo
sina ko‘rma!» deb ta’kidladi. ,,Murdalar gapirmaydilar'' Tohir Malik
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.
image
Send as a message
Share on my page
Share in the group