ya_nur Profile Picture
UMMA TOKEN INVESTOR

About me

https://t.me/ya_nur Bu yerda asosan muallifning shaxsiy fikrlari bayon etilgan. Manba bilan oling!

Followings
1
8 month Translate
Translation is not possible.

Bir kishi Robiyatul Adaviya onamiz yonlariga kelib, dunyodan shikoyat qilib, uni yomonlabdi.

U kishiga "Sen dunyoni shunchalik yomonlayabsan, lekin baribir dunyoni yaxshi ko'rasan" debdilar. Boyagi kishi hayron qolib "Nega unday deyapsiz. Axir dunyoni yaxshi ko'rsam undan nolirmidim, uni yomonlar ekanmanmi?" deb so'rasa, shunday javob qaytaribdilar - "Inson nimani sevsa, shu haqida ko'p gapiradi va bundan hech charchamaydi".

Aytayotgan gaplaringizga, o'y-hayollaringizga va nimani ustida ko'p vaqt sarflayotganingizga e'tiborli bo'ling.

Ulug'lar hayotini o'rganib, undan ibrat olayapsizmi yoki na dunyoyingizga va na oxiratingizga foydasi bo'lmagan narsalarni tinglab, ularni iste'mol qiluvchi inson bo'lib qolyapsizmi? Qay birini ko'proq iste'mol qilayotgan, foydalanayotgan bo'lsangiz shu narsaga muhabbatliroq bo'lasiz. Muhabbatli bo'lgan inson oshig'ini oldida ko'proq bo'lishga harakat qiladi.

(c) Ustozimdan

ya_nur

#quran #ислам #freepalestine #palestine #gaza #Коран #Палестина #хадисы #коран #сунна #الإسلام #дуа #Ислам #القرآن #إسلاميواليت #хадис #акыда

Send as a message
Share on my page
Share in the group
9 month Translate
Translation is not possible.

Inson bu dunyoda tark etgan narsalari qadar qadrlidir.

Ba'zi insonlar o'zi ega bo'lgan narsalari bilan boshqalarning qadrini belgilamoqchi bo'lishadi. Mol-mulki bo'lgan insonni boy inson deymiz. Maqom va lavozimga ega bo'lgan insonlarni hurmat qilamiz.

Agar shulardan voz kecha olishsa, o'sha qadrli degan narsalarimizdan ham qadrliroq bo'lishadi. Shuning uchun insonning qadri ega bo'lgan narsalari bilan emas, voz kecha oladigan narsalari bilan o'lchanadi. Alloh yo'lida qanchalik voz kechsang, shunchalik Unga yaqin bo'lasan...

Fotih Duman "Lol" kitobidan

Endi bir savol. Biz nimadan voz kechdik, qiymatimiz qay darajada?

Aytishganidek "Olganing emas berganing o'zingnikidir". Oxiratingizga foyda beradigan "o'zingizniki" bo'lganlarni ko'paytiring..

ya_nur

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
10 month Translate
Translation is not possible.

bu dunyoda sho'r suvli dengiz bilan chuchuk suvli dengiz o'rtasida to'siq bor, ularning suvi bir-biriga aralashib ketmaydi. sho'r dengizdan murod munofiqlar va chuchuk suvdan murod mo'minlardir. zohirda ular bir- biriga yondosh, aralash yurishsa ham, ma'noda bir-biridan butkul ayridirlar..

Masnaviyi Ma'naviy (297).

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
10 month Translate
Translation is not possible.

buni ko'rib to'g'risi hayron qoldim. arab tili men uchun shu kungacha eng go'zal til bo'lib kelgan. ammo bu so'zni ko'rganimdan keyin hayratim oshdi.

Fotih Dumanning "Men (Bas qil , ey nafs!)" kitobida nafsimiz hohlasakda hohlamasakda doim biz bilan yurishi aytilgan. rasmda ham ko'rganingizdek "nafsim" so'zining tarjimasi -"ana" ya'ni "men" bo'lib chiqmoqda. bundan shuni tushunishimiz mumkinki "Men - senman, sening -Nafsingman"..

nafsni o'ldirib bo'lmaydi yoki yengib. sababi u bizning ichimizdagi Biz. uni faqat to'g'ri tarbiyalab, so'ndirish mumkin holos.

P.s. yuqorida aytib o'tgan kitobim Aziz Mahmud Hudoiy hazratlari haqida yozilgan bo'lib u kishining o'z nafsini qanday yenggani to'g'risida juda ham qiziqarli bayon etilgan. o'qib ko'rishni tavsiya qilaman.

ya_nur

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
10 month Translate
Translation is not possible.

kitob nima uchun o'qiladi?..

atrofdagilarga aqilli ko'rinish uchunmi? yoki shunchaki vaqt o'tkazish uchunmi? yoki hamma o'qiyotgani uchunmi?

ba'zi kitoblar bor insonni Yaratguvchisiga yaqin qiladi, Uni tanitadi, nafsni jilovlashni o'rgatadi, tafakkur qilishga undaydi.

bunday kitoblar shunchaki o'qilmaydi. inson uni o'qib o'zini huddi o'sha zamonga tushib qolgandek his qiladi, undan ilhomlanadi.

kitoblar shunchaki o'qilmaydi, kitobdagi qahramon bilan birdek yashaladi, u his qilgan tuyg'u his qilinadi, u yig'laganda qalb ham yig'laydi.

shunday kitoblar borki, ular shunchaki o'qilmaydi. qalbi Sultoniga taslim etilgan yozuvchilar yozadi undagi satrlarni va ko'plab qalblar uyg'onishiga sababchi bo'ladi..

ya_nur

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group