8 month Translate
Translation is not possible.

Bir kishi Robiyatul Adaviya onamiz yonlariga kelib, dunyodan shikoyat qilib, uni yomonlabdi.

U kishiga "Sen dunyoni shunchalik yomonlayabsan, lekin baribir dunyoni yaxshi ko'rasan" debdilar. Boyagi kishi hayron qolib "Nega unday deyapsiz. Axir dunyoni yaxshi ko'rsam undan nolirmidim, uni yomonlar ekanmanmi?" deb so'rasa, shunday javob qaytaribdilar - "Inson nimani sevsa, shu haqida ko'p gapiradi va bundan hech charchamaydi".

Aytayotgan gaplaringizga, o'y-hayollaringizga va nimani ustida ko'p vaqt sarflayotganingizga e'tiborli bo'ling.

Ulug'lar hayotini o'rganib, undan ibrat olayapsizmi yoki na dunyoyingizga va na oxiratingizga foydasi bo'lmagan narsalarni tinglab, ularni iste'mol qiluvchi inson bo'lib qolyapsizmi? Qay birini ko'proq iste'mol qilayotgan, foydalanayotgan bo'lsangiz shu narsaga muhabbatliroq bo'lasiz. Muhabbatli bo'lgan inson oshig'ini oldida ko'proq bo'lishga harakat qiladi.

(c) Ustozimdan

ya_nur

#quran #ислам #freepalestine #palestine #gaza #Коран #Палестина #хадисы #коран #сунна #الإسلام #дуа #Ислам #القرآن #إسلاميواليت #хадис #акыда

Send as a message
Share on my page
Share in the group