Saad Muhammad Profile Picture
UMMA TOKEN INVESTOR

Saad Muhammad shared a
Translation is not possible.

Mualliflik huquqi mustahkamlab qo‘yilgan fikrlarni xuddi o‘z molidek bemalol ishlatish haromdir.

Hayotda hatto bitta romanni o‘qib tugatmagan kimsalar ijtimoiy tarmoqda shunday jumla yozib qo‘yadilarki, buni o‘qiganlar mavlononing suhbatini olish kerak ekan-da, deb qolishadi.

Holbuki u bir yerdan nusxalab, ostida yozilgan ism-sharifni o‘chirib tashlaganu, xuddi o‘zi yozgandek internetga joylashtirgan.

Ushbu ish bunday holda o‘g‘rilik bo‘lgani kabi, kimgadir bir fikrni xuddi o‘zidan chiqarib aytayotgandek bayon etish – asl muallif haqqiga xiyonatdir.

“Internet fiqhi” kitobidan

#kitob #book

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Saad Muhammad shared a
Translation is not possible.

Tafakkur qilish kerak boʻlsa, qalbingiz mahzun boʻlsa, nimadir sizni oʻylantirsa, muhim qaror qabul qilish kerak boʻlsa qabristonga borishni oʻzim uchun eng yaxshi yoʻl deb bildim.

Har qanday qaror qilayotganimizda, bizni chuqur oʻylantirayotgan savollarga toʻgʻri javob qidirayotganimizda oʻlimni eslash, bu toʻgʻri qaror qilishimizga yordam beradi.

Sizga oʻlim yaqinligini koʻrsatuvchi yana bir narsa, bu oʻz tengdosh yoki sizdan ham ancha kichik boʻlgan odamlarni qabrlarini koʻrish. Balki ular ham koʻp umr koʻrishimiz mumkin deb oʻylashgandir.

Biz qanday yashashimiz muhim emas, hammamiz baribir bir kuni oʻlamiz.

Har bir amalni oxirigi marta qilayotgandek qilish eng toʻgʻri yoʻl ekan.

Alloh oʻzi barchamizni hidoyatidan adashtirmasin!

#tafakkur # #ислам #shaxsiyfikr #hikmat #eslatma #hayotiy #ilm

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Agar varoq boʻlganimda musʼhafdan bir sahifa boʻlishni istardim.

Agar mato boʻlganimda joynamoz boʻlishni istardim.

Agar tayoq boʻlganimda meni hassa qilib bomdod namoziga boradigan cholning hassasi boʻlishni istardim!

Adham Sharqoviy.

#kitobdan #eslatma #hikmat #shaxsiyfikr #hayotiy #kitob #uzbekistan

Send as a message
Share on my page
Share in the group