Translation is not possible.

Mualliflik huquqi mustahkamlab qo‘yilgan fikrlarni xuddi o‘z molidek bemalol ishlatish haromdir.

Hayotda hatto bitta romanni o‘qib tugatmagan kimsalar ijtimoiy tarmoqda shunday jumla yozib qo‘yadilarki, buni o‘qiganlar mavlononing suhbatini olish kerak ekan-da, deb qolishadi.

Holbuki u bir yerdan nusxalab, ostida yozilgan ism-sharifni o‘chirib tashlaganu, xuddi o‘zi yozgandek internetga joylashtirgan.

Ushbu ish bunday holda o‘g‘rilik bo‘lgani kabi, kimgadir bir fikrni xuddi o‘zidan chiqarib aytayotgandek bayon etish – asl muallif haqqiga xiyonatdir.

“Internet fiqhi” kitobidan

#kitob #book

Send as a message
Share on my page
Share in the group