Translation is not possible.

Tafakkur qilish kerak boʻlsa, qalbingiz mahzun boʻlsa, nimadir sizni oʻylantirsa, muhim qaror qabul qilish kerak boʻlsa qabristonga borishni oʻzim uchun eng yaxshi yoʻl deb bildim.

Har qanday qaror qilayotganimizda, bizni chuqur oʻylantirayotgan savollarga toʻgʻri javob qidirayotganimizda oʻlimni eslash, bu toʻgʻri qaror qilishimizga yordam beradi.

Sizga oʻlim yaqinligini koʻrsatuvchi yana bir narsa, bu oʻz tengdosh yoki sizdan ham ancha kichik boʻlgan odamlarni qabrlarini koʻrish. Balki ular ham koʻp umr koʻrishimiz mumkin deb oʻylashgandir.

Biz qanday yashashimiz muhim emas, hammamiz baribir bir kuni oʻlamiz.

Har bir amalni oxirigi marta qilayotgandek qilish eng toʻgʻri yoʻl ekan.

Alloh oʻzi barchamizni hidoyatidan adashtirmasin!

#tafakkur # #ислам #shaxsiyfikr #hikmat #eslatma #hayotiy #ilm

Send as a message
Share on my page
Share in the group