Mohira Hakimova Profile Picture
UMMA TOKEN INVESTOR

Translation is not possible.

1 view
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

1 view
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

4 views
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Olti diniy kalima

1. Kalimai toyyiba: La ilaha illallohu Muhammadur rosululloh.

(Allohdan o‘zga sig‘iniladigan (iloh) yo‘q! Muhammad Allohning rasulidir!)

2. Kalimai shahodat: Ashhadu alla ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadan ’abduhu va rosuluh.

(Allohdan o‘zga sig‘iniladigan (iloh)ning yo‘qligiga va Muhammad Allohning bandasi va rasuli ekaniga iqrorman).

3. Kalimai tavhid: Ashhadu alla ilaha illallohu vahdahu la sharika lah, lahul mulku va lahul hamd(u) yuhyi va yumitu va huva hayyul la yamutu, biyadihil xoyru va huva ’ala kulli shay’in qodir.

(Tanho Allohdan o‘zga sig‘iniladigan (iloh) yo‘qligiga iqrorman! Allohning sherigi yo‘qdir. Mulk Allohnikidir. Maqtov Allohgadir. (Alloh) tiriltiradi va o‘ldiradi. Ammo O‘zi tirikdir, o‘lmaydi. Yaxshilik Uning ixtiyoridadir va U hamma narsaga qodirdir!)

4. Kalimai raddi kufr: Allohumma inni a’uzu bika min an ushrika bika shay’an va ana a’lam. Va astag‘firuka lima la a’lam. Innaka anta ’allamul g‘uyub.

(Allohim, Sendan o‘zim bilganim holda Senga biror narsani sherik qilishimdan asrashingni so‘rayman. Sendan o‘zim bilmaganim holda shirk qilib qo‘ygan bo‘lsam, kechishingni tilayman. Albatta, Sen g‘ayblarni bilguvchi Zotsan).

5. Kalimai istig‘for: Astag‘firulloh, astag‘firulloh, astag‘firulloha ta’ala min kulli zambin aznabtuhu ’amdan av xotoan sirron va ’alaniyah. Va atubu ilayhi minaz zambillazi a’lamu va minaz-zambillazi la a’lam. Innaka anta ’allamul g‘uyub.

(Allohdan gunohlarimni kechishini so‘rayman. Allohdan gunohlarimni kechishini so‘rayman. Alloh taolodan ataylab yo adashib, yashirin yo oshkora qilgan hamma gunohlarimni kechishini so‘rayman. O‘zim bilgan va bilmagan gunohlardan Allohga qaytaman. Albatta, Sen g‘ayblarni bilguchi Zotsan).

6. Kalimai tamjid: Subhanalloh val hamdu lillah va la ilaha illallohu vallohu akbar. La havla va la quvvata illa billahil ’aliyyil ’azim. Ma shaallohu kana va ma lam yasha’lam yakun.

(Allohning aybu nuqsoni yo‘qdir. Va maqtov Allohgadir. Allohdan o‘zga sig‘iniladigan (iloh) yo‘qdir! Alloh ulug‘dir. Mutloq kuch va quvvat qudratli va buyuk Allohdan o‘zgada yo‘qdir. Alloh nimani xohlasa, bo‘ladi, nimani xohlamasa, bo‘lmaydi).

Imoni mujmal: Amantu billahi kama huva bi asma’ihi va sifatihi va qobiltu jamiy’a ahkamihi va arkanihi.

(Allohni ismi va sifatlari bilan tanidim va barcha buyurgan hukmlarini qabul qildim).

Imoni mufassal: Amantu billahi va malaikatihi va kutubihi va rusulihi val yavmil axiri val qodari xoyrihi va sharrihi minallohi ta’ala val ba’si ba’dal mavt.

Mo‘minlikning batafsil ifodasi: Allohga, Uning farishtalariga, kitoblariga, rasullariga, oxirat kuniga, yaxshilik va yomonlik Allohning xohishi bilan bo‘lishiga va o‘limdan keyin qayta tirilishga ishondim.

☪ @kitob_nuri

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

4 views
Send as a message
Share on my page
Share in the group