UMMA TOKEN INVESTOR

About me

Mahzun boʻlma! Albatta Alloh biz bilan!

Translation is not possible.
Yahyo ibn Mu’oz rahimahulloh: “Jismlarning quvvati taomlarda, nafsning quvvati havoda, qalblarning quvvati zikrda, aqllarning quvvati esa fikrdadir”, dedi.
“Bag‘dod tarixi” asaridan.
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.
Bir hakim zot dedi: “Biz to‘rt narsani talab qildik, lekin uning yo‘lida xatoga yo‘l qo‘ydik:
1. Biz boylikni mol-dunyoda talab qildik, uning asli esa qanoatdadir.
2. Rohat, to‘kinlikni ko‘plikda talab qildik, uning asli esa kamlikdadir.
3. Karomatni xalqda talab qildik, uning asli esa taqvodadir.
4. Ne’matni taom va libosda talab qildik, uning asli esa satr va Islomdadir.
Abu Lays Samarqandiyning “Tanbehul g‘ofiliyn” asaridan.
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.
Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi: “Do‘stim Rasululloh sollollohu alayhi vasallam menga uch narsa:
1. Har oyda uch kun ro‘za tutish;
2. Ikki rakaat zuho (choshgoh) namozini o‘qish;
3. Uxlashdan oldin vitr namozini o‘qishni vasiyat qildilar”, dedi.
Imom Muslim va Buxoriy rivoyatlari.
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.
“Alhamdu lillaah” iborasi haqida nimalarni bilasiz?
“Alhamdulillah”:
– Odam alayhissalom aytgan ilk soʻzdir.
– Qurʼondagi birinchi kalimadir.
– Eng afzal duodir.
– Qiyomat kunidagi eng afzal odamlar aytadigan soʻzdir.
– Jannatning koʻchatidir.
– Dunyo va oxiratning mukammalligidir.
– Xursandchilikda ham, xafachilikda ham – har bir holatda aytiladigan jumladir.
Allohim! To rozi boʻlguningcha Senga hamd boʻlsin! Rozi boʻlganingda ham Senga hamd boʻlsin! Rozi boʻlganingdan keyin ham Senga hamd boʻlsin!
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.
Hech qachon “Vaqt topa olmayapman” dema! Barcha buyuklarning ham bir kuni 24 soat boʻlgan, undan oshib ketmagan.
Send as a message
Share on my page
Share in the group