UMMA TOKEN INVESTOR

Followers
1
Translation is not possible.

Ma’lumot — hamma narsa

Biz axborot asrida ya'ni fizik predmetlar tobora onlayn dunyo bilan bog‘lanib, yanada yaxlit va aqlli bir muhitni taqdim etayotgan zamonda yashayapmiz. Bunga dalil sifatida dunyodagi eng qimmatli kompaniyalar ro‘yxatiga qarash kifoya: Google, Apple, Amazon ... — ularning barchasi yoki to‘liq axborot vositachilari sifatida faoliyat yuritadi yoki mahsulotlarni onlayn tarzda bog‘lab, yaxshiroq axborot almashinuvi yaratishni ta’minlaydi.

Ilgari resurslar deganda yer, neft, oltin yoki boshqa moddiy boyliklar tushunilgan bo\'lsa, bugunga kelib ma'lumotlar ham dunyoning eng qimmat resursiga aylanib bormoqda.

Buning asosiy sababi, ma'lumotlar beradigan qiymatning kattaligida. Kompaniyalar, davlatlar va tashkilotlar o'z strategiyalarini ishlab chiqishda ma'lumotlarga tayanadilar. Hozirgi ishlayotgan amaliy marketing yurishlari ham shu ma'lumotlar bilan amalga oshadi. Sun'iy intelekt deb hayqirayotganimiz ham shu ma'lumotlar zamiri sanaladi. Har qanday davlat boshqaruvi, tashkilotlar yoki individual inson o'z faoliyatida ma’lumotlar bilan ishlaydi. Hozir raqamli texnologiyalar bizga shu ma'lumotlarni tartibli va juda katta masshtabda saqlash imkoniyatini beryapti. Buning foydalarini har bir sohada ko'rishimiz mumkin. Shu sababdan ma'lumotdan qiymat va foyda olish qobiliyati sayyoradagi har bir tashkilotning, har bir davlatning maqsadidir. Bugungi kunda axborot topish emas uni qanday qilib samarali foydalanishni bilish va uni boshqarish muhimroqdek nazdimda. Bundayin katta ma’lumotlar xazinasi ularni yaxshilikka sarflaydiganlar qo'lida bo'lsa yaxshi. Ammo salbiy ta’sirga ega kuchlar qo’lida bo'lib qolishi mazlumlarga musibatdir!

Shuning uchun ma’lumot almashinuvi jarayoniga shaxsiy filtringiz bilan otlanmasangiz ayni damda ko’p narsalarni yo’qotib qo’yganingizni hatto sezmasligingiz mumkin.

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Boqiyga bog’langan — boqiydir, foniyga bog’langan — foniy

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari Toshkent islom institutiga rektor etib tayinlanganlarida hali sovet tuzumi yemirilish arafasida tursa-da siyosiy kuchini namoyish qilayotgan edi. Diniy ta’lim masalasida o’ta qattiq kurash olib borayotgan bu imperiya islom ta’lim muassasalaridagi mutaxassislar tayyorlash tizimini ham o’z qo’liga olishni istardi. Shu munosabat bilan ta’lim dasturlarini zamonga mos tarzda yangilash atayin juda sekin olib borilar edi.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohmatullohi alayh o’z vazifalariga kirishganlaridan boshlab bu tizim islohi uchun qattiq bel bog’ladilar. Alloh taoloning marhamati va u kishining harakatlari bilan Islom institutida tafsir dasturlari yangilanib, taklif etilgan Shayx Muhammad Ali Sobuniy rohmatullohi alayhning “Ajabtovur bayon” nomli asarlari o’qish uchun qo’yildi. Buning barakasi shu darajada bo’ldiki, bugunga kelib bu kitob O’zbekistondagi o’rta-maxsus islom bilim yurtlarining o’zidayoq o’qitila boshlandi.

Islohot ham sof niyat va pok qalb ila qilinarkan uning samarasi asrlarga tatiyveradi.

Alloh taolo barcha ulamolarimizdan rozi bo’lsin!

Quyida ushbu kitobning Fotiha surasiga yozilgan tafsiridan bir parchani havola etamiz:

Alloh taolo bizga U Zotga qanday hamd aytishni, U Zotni qanday muqaddas sanashni, qanday qilib O’ziga xos maqtov aytishnining ta’limini berdi.

Ey bandalarim! Menga shukr etishni va sano aytishni istasangiz: “Barcha hamd olamlar Parvardigori Allohgadir”, deb ayting. Sizlarga ato qilgan yaxshiligim va marhamatim uchun shukr eting. Bas, Men ulug’vorlik, buyuklik va oliylik egasi Allohdirman. Yaratish va paydo etishda yagona bo’lgan, insonlar-u jinlar va farishtalar, yer-u osmonlar Robbidirman. Rahmati barcha narsadan keng, fazli barcha yaratiqlarni qamrab olgan Mehribon va Rahmli Zot Menman. Maqtov ham, shukr ham bandalarini yaratib, ularga rizq va tana salomatligini ne’mat qilib bergan olamlar parvardigori Alloh uchundir. U Zotdan boshqa ibodat qilinadigan ma’budlarga emas. U shundayin oliyki, uning buyukligiga hech kim yeta olmas. U ushbu olam uchun moslangan nizomga ko’ra bandalari ishlarini isloh etuvchidir. Insoniyat olami ham, nabotot va hayvonot olami ushbu nizomga ko’ra o’z tartibida qoladi. Agar quyosh bo’lmaganida hayot ham ziyo ham topilmasdi-ku! Bashariyat tirgagi bo’lmish ozuqalar va nabotot va hayvonot olamining hayoti bo’lmish suv bo’lmaganida-chi?! Men hisob-kitob va jazo-mukofot Egasidirman. Qiyomat kunida podshoh o’z mulkini tasarruf etgani kabi tasarruf eturman. Bas, Mendan boshqalarni emas, balki Meni ibodatda xoslang va “Ey Alloh! Sen uchungina o’zimizni xor tutamiz va bo’yinsunamiz, bosh egamiz va itoat qilamiz. Seni ibodatimizda xoslaymiz va Sendan o’zgasiga ibodat qilmasmiz. Robbimiz, Sening toating va roziliging uchun Sendan yordam kutamiz. Chunki Sen har qancha ulug’lash va sharaflashga loyiqsan. Bizga yordam ko’rsatishga sendan o’zganing qudrati yetmas!

Ey Alloh! Bizni haq dining bo’lmish Islomda sobitqadam qil! Bu din bilan sening anbiyolaring va rasullaring yuborilgan. Rasullarning so’ngisi ham shu din ila jo’natilgan. Bizni iymonda sobitqadam et! Senga yaqin bandalar tutgan yo’ldan yurishimizni nasib qil! Nabiylar, siddiqlar, shahidlar va solihlar yo’lidan yuradiganlardan ayla! Ular naqadar yaxshi yo’doshdir, axir! Sening muqaddas shariatingdan adashib, maqsad qilingan yo’ldan chetlanuvchi, egri yo’lda yuruvchi va oyatlaringga, nabiy va rasullaringga kufr keltirib, qiyomatga qadar g’azab va la’natga loyiq bo’lganlardan qilmagin!”, deng.

Allohim, omin!

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

#iqtibos

Аjab emaski, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi boʼlsa. Va ajab emaski, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon boʼlsa. Аlloh biladir, siz esa bilmassiz.

©Baqara surasi, 216-oyat

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

#iqtibos

Qur’on Alloh taoloning metin arqonidir. Kim uni mahkam tutsa va yaxshilab tilovat qilsa, bu dunyo va oxirat ne’matlariga erishadi.

©Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

©Ruhiy tarbiya

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Al-Fudul TEAM Сhanged his profile picture
4 months
Translation is not possible.

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group