UMMA TOKEN INVESTOR

Translation is not possible.

Эфиопияда 54 миллион сигир боқилади. Суданда эса 42 миллион сигир. Лекин бу мамлакатлар очликдан азият чекмоқда. Голландияда эса 11 миллион сигир парваришланади, лекин мамлакат бутун дунёни сутли маҳсулотлари билан боқади.

Демак муаммо сигирларда эмас. Балки иқтисодни бошқараётган ҳўкизларда. Зеро бойлик эмас, уни бошқарув муҳим.

Ҳадича бин Қанна

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Quvaytlik adiba Nodiya Jorulloh rahimahulloh vafot etdi. U vafotidan oldin quyidagilarni yozib qoldirgan edi:

«O‘ladigan paytimda tashvishlanmayman. Chirib ketadigan jasadim uchun g‘am chekmayman. Musulmonlar kerakli ishlarni qilishadi baribir. Ular quyidagilar:

1. Kiyimlarimni yechishadi.

2. Yuvishadi.

3. Kafanlashadi.

4. Uyimdan chiqarishadi.

5. Meni yangi maskanimga olib borishadi.

6. Janozamni kuzatgani ko‘p kishilar keladi. Ular meni dafn qilish uchun ishlarini, va’dalarini tark qilib kelishadi. Ularning ko‘pchiligi biror kun mening nasihatim haqida fikrlamagan.

7. Narsalarim qoladi. Kalitlarim, kitoblarim, jomadonlarim, oyoq kiyimlarim va hokazo...

Oilam bir qarorga kelishsa narsalarim menga foyda berishi uchun sadaqa qilishadi. Dunyo men uchun xafa bo‘lmaganiga ishonishadi. Mensiz ham hayot to‘xtab qolmasligiga, iqtisod davom etishiga, lavozimimni davom ettirish uchun boshqa inson tayinlanishiga, boyliklarim merosxo‘rlarimga taqsimlanishiga ishonishadi. Ammo molimning hisobini men beraman. Ko‘pini ham, ozini ham, arzimasini ham, qadrlisini ham...

O‘lganimdan so‘ng mendan ketadigan avvalgi narsa ismim bo‘ladi. Meni «mayyit» deyishadi. Ismimni aytishmaydi. Janozamni o‘qiyotganda «tobutni olib keling» deyishadi. Ismimni aytishmaydi. Shuning uchun mening nasabim va shuhratim mag‘rurlantirmaydi.

Bu dunyo qanchalar arzimas! Bizni kutib turgan olam qanchalar buyuk!

Bilgin! Sen uchun mahzun bo‘ladiganlar uch qismdir:

1. Seni yuzaki taniydiganlar. Ular o‘lgan kuning birrovga senga achinib so‘ng darhol unutishadi.

2. Do‘stlaring. Ular sal uzoqroq eslashadi. So‘ngra o‘z hayotlariga, hatto kulgulariga qaytishadi.

3. Uydagilar. Ular chuqur qayg‘urishadi. Bir hafta, bir oy, bir yil, so‘ngra ular ham seni o‘z xotiralari qa’riga uloqtirishadi.

Insonlar orasidagi qissang shu bilan tugaydi.

Haqiqiy qissang oxiratda boshlanadi. Sendan go‘zalliging, moling, sihhating, farzandlaring, uy-joying va turmush o‘rtog‘ing ajragan. Senga faqat amallaring qolgan. Haqiqiy hayot boshlagansan. Savol tug‘iladi: Oxiratga, qabrga nima hozirlagansan? Bu o‘ylashga arzigulik haqiqatdir. Shuning uchun farzlarga, nafllarga, yashirin sadaqalarga, solih amalga, tungi namozga haris bo‘l! «Shoyadki najot topsang...».

Tasavvufda «robitai mavt» tushunchasi bor. Ya’ni, o‘limga bog‘lanish. Buning foydasi ko‘p. Insonni tug‘yonga ketmasligiga, kibr qilmasligiga, uzun orzularga berilmasligiga ana shu «robitai mavt» ning ta’siri katta.

Dunyoda bir oliygohga o‘qishga kirmoqchi bo‘lsak imtihon olishadi. Imtihon oldidan qo‘rquv va hayajonni barchamiz totib ko‘rganmiz.

O‘ylab ko‘ringchi, oxirat diyoriga sog‘-salomat o‘tib olish uchun imtihon topshirishga tayyormisiz?

Aqidangiz to‘g‘rimi, sog‘lommi? Ahkomlarga to‘g‘ri amal qilayapsizmi?

Ruhiy tomondan pokmisiz?

Imtihonda asosan savol shu mavzulardan bo‘ladi.

Bizni kutib turgan qadarning bari noma’lum. Ammo o‘lim bundan mustasno...

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Samandar Sodiqov Сhanged his profile picture
10 month
Translation is not possible.

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group