UMMA TOKEN INVESTOR

About me

Mantiqni hissiyotlaridan ustun qo'ya olganlar-g'olibdirlar

Translation is not possible.

Ba'zan , qalbing bir ishni qilishni judaaa qattiq istaydi.. Shu qadar istaydiki hatto, iztiroblaring xuddi chirmovuq gulni o'rab olgani kabi, butun vujudigni qamrab oladi..Mushtdek keladigan yurganingga dunyolarga sig'maydigan dard-u faryodlaringni sig'dirasan.

Ming afsuski ,ko'ngil tubidan vulqondek otilib chiqayotgan bu olovli istak aql taqozosiga ko'ra durust ish bo'lmaydi. Qalbingdagi zalvorli istak va shuuringda qotib qolgan mezon o'rtasida shiddatli kurash avj oladi.

Mana shunda, sendagi shaxsiyat kuchi maydonga chiqishi kerak.

Albatta, u mavjud bo'lsa..

Harakatlaringni qanday bo'lishini belgilab beradigan so'nggi qaroring mantiq tarozusiga ko'ra bo'ladimi yoki hissiy istaklalarga asosan ..?

Aynan mana shu holatda sen tutadigan yo'l sening nechog'lik qat'iyatli yoki zaif inson ekaningni ko'rsatib beruvchi eng tiniq ko'zgu vazifasini bajarib beradi.

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

OXIRGI KUN...

O‘tib borar o‘ttizinchi kun,

Eshitilar shom uchun azon.

Alvido, deyishga qo‘rqaman,

Ko‘rishguncha, deyman, ramazon...

Yelkanlari ufqqa sho‘ng‘igan

Manzarani eslatgan kabi

Qaylargadir savob ko‘tarib

Suzib borar umr markabi.

Men orolda qolayotgan o‘y —

O‘sha ertakdagi Robinzon...

O‘n bir oylik yolg‘izligim qo‘y,

Seni kutmoq — sharaf, Ramazon!

Bittadan yoz, ham qishu bahor

O‘tkazamiz, xo‘p, mayli, degin.

Suyukligim, lekin va’da ber -

Men sho‘rlikni sog‘inib kelgin.

Yelkanlaring xilpillat mahzun,

Ol mendanam ko‘p-ko‘p xavotir.

Ha, ramazon, bilmaysan-da sen,

Yo‘qligingda ne ishlar sodir...

Sen kelasan, gullar bu maskan

Voqif bo‘lib azaliy sirdan.

O‘n bir oyda dilimni ezgan

Gunohlarim kuyadi birdan.

Unutilar ortdagi zahmat,

Peshonamda rahmat terlari.

Ko‘z yoshlardan qolarmikan-yey

Yurakning vahm, mavhum kirlari?!

Sog‘inching-la but bugun yurak —

Takror-takror vaslingga yetish

Va qo‘shimcha birgina tilak:

Bu oroldan sen bilan ketish!!!"

Ko‘nglim endi tamomiyla to‘q,

Tugab qoldi shomga ham azon -

Lug‘atimda xayr so‘zi yo‘q,

Ko‘rishguncha, deyman, ramazon!

Alvido, deyishga qo‘rqaman...

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

UZR

(Uzr Gʻazoliklar)

Masofamiz bir xil emas. Hech qachon sizga tenglasha olmasam kerak. Men uyimda yumshoq to‘shak ustida qandaydir post bilan yoki namozdagi duoyim bilan o‘zimcha sizga tayanch bo‘lmoqchiman. Sizlar esa uysiz, yersiz va qochoq bo‘lsangizda zaminingizni qutqarish, vatanni ozod qilish uchun Allohning dushmanlari bilan jang qilmoqdasiz.

Mening atrofimda oilam, do‘stlarim va muhiblarim bor. Sizlar esa hamma narsangizni yo‘qotdingiz.

Men dushman mahsulotini boykot qilish uchun ikki marta o‘ylab olaman. Olsammi, olmasammi? Sizda esa hatto ichishga oddiy suv yo‘q.

Men tanamda og‘riq sezsam dodlab hammani bezovta qilaman. Meni og‘riq qoldiruvchi dorilar bilan tinchlantirishadi. Sizni esa hatto narkozsiz amaliyot qilishmoqda.

Men yumshoq to‘shagim ustida mazza qilib yotibman. Sizlar esa o‘liklaringizni kafanlashga hatto bir parcha mato topolmayapsiz.

Biz bitta masofada emasmiz. Shuning uchun meni ma’zur tuting. Musibatingizda ojizligim tufayli yoningizda tura olmadim. Ammo Allohga qasamki, sizni yordamsiz tashlab qo‘yishni hech qachon niyat qilmaganman. Ammo ojizman. Sizlarni jannat ahlidan bo‘lishingizni umid qilaman. Robbim bizni ham O‘z fazli va karami ila jannat ahlidan qilsin. Ishoning , bu gapni ming xijolat bilan yozmoqdaman...

Ishoning , men imkonim darajasida harakat qildim. Sizni oxiratda siddiqlar, shahidlar va solihlar bilan birga qilishini so‘rab qolaman!

Abdulqodir Polvonov

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Agar meni kechirsang yo Rabb, shu bugun mening hayit kunimdir ..

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Qur’on o‘qishdan yalqovlik qilgan payting shuni esla:

Taxminan:

• Bir sahifada - 5000 hasanot,

• Bir juz’da - 100.000 hasanot,

• To‘liq xatm qilishda - 3.000.000 hasanot bor.

«Alloh kimga xohlasa, yana ko‘paytirib beradi»

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group