#fikr
2 hafta ta'til...
Xohlaysanmi yoʻqmi, uydagilar bilan o'tirganingda televizor koʻrishga majbursan. Shuncha payt televizor boʻlsa ham koʻrmasdan detoks qilganing, 2 hafta ichida bir boʻlib chiqib ketadi😅"
Shahardan uyga qaytayotganimda shularni oʻylab kelar ekanman, "Mayli, televizorda 1 oy faqat "Uyda yolgʻiz" qoʻyiberadikuu" deb xursand ham boʻlib qoʻygandim.
3 kundirki, faqat tayinsiz seriallar, birbalo kinolardan boshqa narsa koʻrmayapman televizorda. Hammasining mavzusi bir xil: ikkinchi xotin, eridan ajrashgan ayol, ona o'z qizini yigit boyligi uchun uchrashuvga majburlab chiqarishi, onadan ayrilgan farzandlar-u, qaynota kelin munosabatlari.
Xullas, yana va yana asablarni asraymiz😂
Mana nima uchun ajrim koʻp, mana nima uchun mehrsiz katta boʻlgan farzand koʻp, mana nima uchun deyarli 70% qizlar boʻlajak turmush oʻrtoqlarini puli uchun tanlashadi, mana nima uchun hali 18 ga kirmagan qizlar 30 yoshdan oshgan 'chollar'ga ikkinchi xotin boʻlib turmushga chiqyapti(va bunga uydagilari rozi((()
Alloh tavfiq bersin, yaaa!
Shularni yozar ekanman, yoshligimda dugonalarim bilan Tan Gemga oʻxshab, karom bargidan manti qilishga harakat qilganlarimiz-u, koʻchada Jumong- Jumong o'ynaganlarimiz, Iztopardagi rohiba boriydikuu Kelin degan, kimnidir bo'ynini bo'g'moqchi boʻlib ushlaganda, sehrlab qo'yadigan, xullas shunga o'xshab g'alati harakat qilishlarimiz esimga tushib ketdi😁
Gapning indallosi, medianing insonlarning fikrlashiga ta'siri katta(yosh bo'lsin, qari bo'lsin, mafkurasi mustahkam boʻlmagan odamga bu ta'sir qilmay qolmaydi)