Ular bizdan hadiksiramadi!..
(Hikoyamizni davom ettiramiz)
Erta bahor qishloqlarda eng chiroyli payt bo'ladi-da Haqiqiy uyg'onish, jonlanish, go'zallikni har qadamda his etasan. Ayniqsa, shahardan borgan odamga darrov seziladi bu...
Bizni eng hayratga solgani - butun dunyoni ostin-ustun qilib yuborgan vahima bu yerlarga yetib kelmagandek go'yo...
To'g'risi, "covid" ancha tarqalib bo'lgan Toshkenday katta shahardan borayapmiz, qishloq odamlari baribir o'zlarini sal olib qochsa kerak deb o'ylagandik. Yo'q, aksincha, biz o'zimizni tortganimiz sari ular bizga ko'proq intilar, amakilar, xolayu bo'lalar, qo'shnilar ketma-ket ko'rishishga, suhbatga kelar, ota uyda qolgan ukamiznikida har kuni odam gavjum edi... Aslida o'zimiz ham oilaviy to'liq - Toshkentdagi uch aka-uka hamma farzandlarimiz, nevaralar, kelin-kepchiklar bilan birga borgan emasmizmi, mehmonsiz ham katta jamoaga aylanib ketgandik (Avval hech bunaqasi bo'lmagan).
Xo'sh, nega bular kasallikdan qo'rqishmayapti?..
Anglaganlarimiz keyingi maqolada...