UMMA TOKEN INVESTOR

About me

📝 • 𝘚𝘢𝘯'𝘢𝘵,𝘵𝘢𝘳𝘵𝘪𝘣 𝘷𝘢 𝘪𝘭𝘩𝘰𝘮 𝘰𝘭𝘶𝘷𝘤𝘩𝘪 𝘫𝘰𝘺 • 𝘙𝘦𝘫𝘢𝘭𝘢𝘴𝘩𝘵𝘪𝘳𝘪𝘴𝘩 | 𝘍𝘰𝘬𝘶𝘴 | 𝘖’𝘴𝘪𝘴𝘩 ✨𝘉𝘦𝘱𝘶𝘭 𝘴𝘩𝘢𝘣𝘭𝘰𝘯𝘭𝘢𝘳 – https://t.me/notionuzbot https://youtube.com/@nafesli

7 month Translate
Translation is not possible.
السلام عليكم ورحمة الله وبركاته
Notion ishlatishni ko’pchilik bilmas ekan qisqa darsliklar you tube kanalimga joylab boraman
https://youtube.com/@nafesli
Send as a message
Share on my page
Share in the group
7 month Translate
Translation is not possible.
Men rejalashtirishga Bullet Journal bilan kirishganman. Bu tizim menga tartibni, erkinlikni va ijodkorlikni berdi. Lekin vaqt o‘tishi bilan kundalik hayotim o‘zgardi – ishlar ko‘paydi, vaqt yetishmay qoldi, daftarim bilan har joyda ishlash noqulay bo‘ldi.
Shunda men Notion’ni sinab ko‘rishga qaror qildim.
📌 Bullet Journal vs. Notion – qaysi biri yaxshiroq?
🔹 📖 BUJO – yozish jarayoni yoqimli, ijodiy, lekin qog‘oz versiyasini olib yurish va sahifalarni qayta yaratish vaqt talab qiladi.
🔹 💻 Notion – tezkor, raqamli va har qanday qurilmada ochiladi. O‘zingizga mos shablonni yaratish mumkin, qidiruv funksiyasi esa hayotni yengillashtiradi.
📍Eng muhim narsa: Notion Bullet Journal’ning barcha funksiyalarini o‘z ichiga oladi, lekin ularni avtomatlashtirish va tartibga solish imkoniyatini beradi.
💡 Nega aynan hozir Notion ishlatish foydali?
✔ Sodda va moslashuvchan – qanday bo‘lishini o‘zingiz tanlaysiz.
✔ Vaqtni tejaydi – takroriy sahifalarni qayta yozish shart emas.
✔ Har joyda ishlaydi – telefon, noutbuk, planshet orqali.
✔ Barchasi bitta joyda – eslatmalar, rejalashtirish, loyihalar.
Har doim o’zingizga mos shablon yuklab olish va yasash imkonini beradi✨ Sinab ko’rgan bo’larmidingiz?
#rivojlanish #notionuz
Send as a message
Share on my page
Share in the group
7 month Translate
Translation is not possible.
"O’z hayotingizni qanday boshqarishingiz mumkin?"
▫️Hayotingizni boshqarish san’ati
Hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun biz ko’plab reja va maqsadlar qo’yamiz. Ammo ularni amalga oshirishda vaqtni to’g’ri boshqarish juda muhim.
▫️Kichik maqsadlar qo’ying
Har kuni o’zingizga kichik va aniq maqsadlar qo’ying. 🎯 Bunday yondashuv sizga osonlik bilan katta natijalarga erishish imkonini beradi.
▫️ Kun tartibi va rejalashtirish
Kun tartibini rejalashtirishda yordam beradigan vositalardan foydalaning. Masalan, Notion kabi ilovalar sizga vaqtni tejashda va ishlarni tartib bilan amalga oshirishda yordam beradi. 📅💻
▫️Harakatda davom eting
Orzularingiz sari dadil qadam tashlang! Hech qanday to’siqlar sizni to’xtatmasin. Har bir qadam sizni muvaffaqiyat sari yaqinlashtiradi. 🚀
✨O’zingizni mukofotlang
Har bir kichik g’alabadan so’ng, o’zingizni mukofotlashni unutmang. Bu sizning motivatsiyangizni oshiradi va harakatlaringizni kuchaytiradi.
#rivojlanish #rejalashtirish
Send as a message
Share on my page
Share in the group
7 month Translate
Translation is not possible.
5 SONIYA QOIDASI: HARAKATGA TUSHISH UCHUN OSON YO’L!
🕰️ Motivatsiya yo’qolgan paytda, 5 soniya qoidasini sinab ko’ring.
🧠 Ushbu usul prokrastinatsiyani yengish uchun ilmiy asoslangan!
📍Har safar biror ishni qilishni o’ylaganingizda, masalan: "Axlatni chiqarishim kerak." yoki "Bu imtihonga tayyorlanishim kerak." 5 dan 1 gacha sanang, nafas oling va darhol harakat qiling. Bu miyangizni "bajaraman" degan niyatingizni susaytirishga imkon bermaydi.
🎯 5, 4, 3, 2, 1... Endi boshlang va har bir vazifani o’z vaqtida bajaring!
#motivatsiya #rivojlanish
Send as a message
Share on my page
Share in the group
7 month Translate
Translation is not possible.
Assalomu alaykum, azizlar!
📱Bugun biz Notion dunyosiga sayohatimizni boshlaymiz.
📱Notion — bu kuchli va moslashuvchan rejalashtirish va tashkil etish vositasi. U sizning hayotingiz va ishingizga oid deyarli hamma narsani boshqarish imkonini beruvchi universal platforma bo’lishi mumkin.
❔Uni noyob qiluvchi asosiy xususiyatlari, funksiyalari va imkoniyatlari
1️⃣Sahifalar va Sahifachalar
2️⃣ Shablonlar
📔 Notionda siz foydalanishingiz mumkin bo’lgan va o’z ehtiyojlaringizga moslashtirishingiz mumkin bo’lgan ko’plab tayyor shablonlar mavjud.
Shablonlar tezda ish boshlash va malumotlarni tashkil etishga yordam beradi.
3️⃣ Malumotlar bazalari
📚Notionda turli maqsadlar uchun malumotlar bazalarini yaratishingiz mumkin. Ular jadval, taqvim, galereya va royxatlar shaklida bo’lishi mumkin.
4️⃣Trakerlar
📈 Notionda siz turli sohalarda muvaffaqiyatlaringiz va yutuqlaringizni kuzatib borishingiz mumkin bo’lgan maxsus sahifalar yoki malumotlar bazalarini yaratishingiz mumkin.
5️⃣ Birgalikda ishlash
Notionda siz boshqa foydalanuvchilarni sahifalar va loyihalar bilan ishlashga taklif qilishingiz mumkin. Bu birgalikda hujjatlarni tahrirlash va boshqarish imkonini beradi.
Notion – bu sizning hayotingiz va ishingizdagi barcha narsalarni boshqarishga yordam beradigan universal yordamchi bo’lishi mumkin. Notion bilan ishlashni boshlashdan qo’rqmang va uni o’zingizga moslashtiring. Bu vosita sizning kundalik hayotingizni qanday yaxshilashini ko’rasiz.
▫️savollar yoki fikrlar bo’lsa, izohlarda yozib qoldiring. Notionning qaysi funksiyalaridan foydalangan bo’lardingiz?
#notionuz #rejalashtirish
image
Send as a message
Share on my page
Share in the group