7 month Translate
Translation is not possible.
Men rejalashtirishga Bullet Journal bilan kirishganman. Bu tizim menga tartibni, erkinlikni va ijodkorlikni berdi. Lekin vaqt o‘tishi bilan kundalik hayotim o‘zgardi – ishlar ko‘paydi, vaqt yetishmay qoldi, daftarim bilan har joyda ishlash noqulay bo‘ldi.
Shunda men Notion’ni sinab ko‘rishga qaror qildim.
📌 Bullet Journal vs. Notion – qaysi biri yaxshiroq?
🔹 📖 BUJO – yozish jarayoni yoqimli, ijodiy, lekin qog‘oz versiyasini olib yurish va sahifalarni qayta yaratish vaqt talab qiladi.
🔹 💻 Notion – tezkor, raqamli va har qanday qurilmada ochiladi. O‘zingizga mos shablonni yaratish mumkin, qidiruv funksiyasi esa hayotni yengillashtiradi.
📍Eng muhim narsa: Notion Bullet Journal’ning barcha funksiyalarini o‘z ichiga oladi, lekin ularni avtomatlashtirish va tartibga solish imkoniyatini beradi.
💡 Nega aynan hozir Notion ishlatish foydali?
✔ Sodda va moslashuvchan – qanday bo‘lishini o‘zingiz tanlaysiz.
✔ Vaqtni tejaydi – takroriy sahifalarni qayta yozish shart emas.
✔ Har joyda ishlaydi – telefon, noutbuk, planshet orqali.
✔ Barchasi bitta joyda – eslatmalar, rejalashtirish, loyihalar.
Har doim o’zingizga mos shablon yuklab olish va yasash imkonini beradi✨ Sinab ko’rgan bo’larmidingiz?
#rivojlanish #notionuz
Send as a message
Share on my page
Share in the group