7 month Translate
Translation is not possible.
Assalomu alaykum, azizlar!
📱Bugun biz Notion dunyosiga sayohatimizni boshlaymiz.
📱Notion — bu kuchli va moslashuvchan rejalashtirish va tashkil etish vositasi. U sizning hayotingiz va ishingizga oid deyarli hamma narsani boshqarish imkonini beruvchi universal platforma bo’lishi mumkin.
❔Uni noyob qiluvchi asosiy xususiyatlari, funksiyalari va imkoniyatlari
1️⃣Sahifalar va Sahifachalar
2️⃣ Shablonlar
📔 Notionda siz foydalanishingiz mumkin bo’lgan va o’z ehtiyojlaringizga moslashtirishingiz mumkin bo’lgan ko’plab tayyor shablonlar mavjud.
Shablonlar tezda ish boshlash va malumotlarni tashkil etishga yordam beradi.
3️⃣ Malumotlar bazalari
📚Notionda turli maqsadlar uchun malumotlar bazalarini yaratishingiz mumkin. Ular jadval, taqvim, galereya va royxatlar shaklida bo’lishi mumkin.
4️⃣Trakerlar
📈 Notionda siz turli sohalarda muvaffaqiyatlaringiz va yutuqlaringizni kuzatib borishingiz mumkin bo’lgan maxsus sahifalar yoki malumotlar bazalarini yaratishingiz mumkin.
5️⃣ Birgalikda ishlash
Notionda siz boshqa foydalanuvchilarni sahifalar va loyihalar bilan ishlashga taklif qilishingiz mumkin. Bu birgalikda hujjatlarni tahrirlash va boshqarish imkonini beradi.
Notion – bu sizning hayotingiz va ishingizdagi barcha narsalarni boshqarishga yordam beradigan universal yordamchi bo’lishi mumkin. Notion bilan ishlashni boshlashdan qo’rqmang va uni o’zingizga moslashtiring. Bu vosita sizning kundalik hayotingizni qanday yaxshilashini ko’rasiz.
▫️savollar yoki fikrlar bo’lsa, izohlarda yozib qoldiring. Notionning qaysi funksiyalaridan foydalangan bo’lardingiz?
#notionuz #rejalashtirish
image
Send as a message
Share on my page
Share in the group