UMMA TOKEN INVESTOR

Translation is not possible.

Bu yil sarhisobi emas…

9 000 bola

6 300 ayol

2023-yil asl holatimizni yaqqol namoyon qildi. Birodarlarni himoya qilishga kuchimiz yetmadi, yong‘oq deb o‘ylaganlarimiz puch chiqdi, ba’zida esa qurtlagan...

Aslida yozaman desa gap ko‘p, gapdan esa foyda yo‘q.

Shunisi aniq-ki, o‘zimiz o‘zgarmagunimizcha atrof o‘zgarmaydi. Shu sabab o‘tgan yillar, voqealar asosida xulosalar oldim o‘zim uchun.

2024-yildagi “Men” uchun ana shu xulosalar asosidagi maslahatlar. Bu yerga muhrladimki, shoyad yana kimlargadir foydasi tegsa:

1️⃣ Bir musulmon o‘laroq maqsading aniq, har bir qilayotgan ishing shu maqsadga yaqinlashtiradigan bo‘lsin.

2️⃣ Kompasingni yo‘nalishi to‘g‘ri bo‘lsin-ki, qilayotgan ishing, olayotgan qaroring ana shu kompas asosida bo‘lsin.

3️⃣ Himmatingni oliy qil, o‘sha hikoyadagi minbarchi bo‘l (Google, YouTube: Minbarchi hikoyasi).

4️⃣ O‘tni o‘chirishga harakat qilayotgan chumoli kabi bo‘l-ki, o‘tni o‘chira olmasang ham himmating oliy bo‘lsin.

5️⃣ Qasr qursang faqatgina “Muxtojlar uyimni ko‘rib faqat mening oldimga kelib yordam so‘rasin” degan ixlos ila qur, boylik orttir

6️⃣ Shuni unutma-ki men nima ham qila olardim deb yurgan 2 mlrd odam bor, agar hammasi tavakkal bilan harakatni boshlaganida edi, allaqachon mo‘jizalar ro‘y bergan bo‘lardi.

Haddan tashqari qog‘ozga o‘rab yuborgan bo‘lsam uzr, kerakli odamlar tushunib olsa shuni o‘zi yetadi🫶

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!

Bismillah deb yangi hisobni ham yaratdik. Bilmadim bu tarmoq qanchalik rivojlanadi. Balki navbatdagi Threads yoki Cloubhouse kabi unchalik ommalashmas, balki bir paytlar Facebook, Instagram va Telegram ommalashgani kabi UMMA ham ommalashar vallohu a'lam.

Nima bo‘lganda ham yaxshi niyat qilamiz. inshaaAlloh bu loyiha muvaffaqiyatga erishsin va ummat vanihoyat o‘zini bemalol his qila oladigan – hech bo‘lmaganda digital platformaga ega bo‘lsin

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group