Translation is not possible.

Bu yil sarhisobi emas…

9 000 bola

6 300 ayol

2023-yil asl holatimizni yaqqol namoyon qildi. Birodarlarni himoya qilishga kuchimiz yetmadi, yong‘oq deb o‘ylaganlarimiz puch chiqdi, ba’zida esa qurtlagan...

Aslida yozaman desa gap ko‘p, gapdan esa foyda yo‘q.

Shunisi aniq-ki, o‘zimiz o‘zgarmagunimizcha atrof o‘zgarmaydi. Shu sabab o‘tgan yillar, voqealar asosida xulosalar oldim o‘zim uchun.

2024-yildagi “Men” uchun ana shu xulosalar asosidagi maslahatlar. Bu yerga muhrladimki, shoyad yana kimlargadir foydasi tegsa:

1️⃣ Bir musulmon o‘laroq maqsading aniq, har bir qilayotgan ishing shu maqsadga yaqinlashtiradigan bo‘lsin.

2️⃣ Kompasingni yo‘nalishi to‘g‘ri bo‘lsin-ki, qilayotgan ishing, olayotgan qaroring ana shu kompas asosida bo‘lsin.

3️⃣ Himmatingni oliy qil, o‘sha hikoyadagi minbarchi bo‘l (Google, YouTube: Minbarchi hikoyasi).

4️⃣ O‘tni o‘chirishga harakat qilayotgan chumoli kabi bo‘l-ki, o‘tni o‘chira olmasang ham himmating oliy bo‘lsin.

5️⃣ Qasr qursang faqatgina “Muxtojlar uyimni ko‘rib faqat mening oldimga kelib yordam so‘rasin” degan ixlos ila qur, boylik orttir

6️⃣ Shuni unutma-ki men nima ham qila olardim deb yurgan 2 mlrd odam bor, agar hammasi tavakkal bilan harakatni boshlaganida edi, allaqachon mo‘jizalar ro‘y bergan bo‘lardi.

Haddan tashqari qog‘ozga o‘rab yuborgan bo‘lsam uzr, kerakli odamlar tushunib olsa shuni o‘zi yetadi🫶

Send as a message
Share on my page
Share in the group