UMMA TOKEN INVESTOR

Translation is not possible.

Arab tilini 2 yilda o’rganib, Saudiyaga birinchi marta kelgan do’sting 😁😁😁

5 views
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

#turklar #õzbeklar #arab_yozuvi

#panturkizm

Kecha yo'lda yoshlari katta bir kishi bilan hamroh bo'lib qolgandik. "Hozirgi yoshlar kiyinish va tashqi ko'rinishda turklarga taqlid qilayotgani, "panturkizm" g'oyasi ta'siriga tushib qolayotganlar ko'pligi" haqida "kuyinib" gapirib kettilar...

Tarixni ishonchli manbalardan o'rgangan har bir kishi biladi-ki, millatimiz tarix sahnasida qarib 3000 (uch ming) yillardan beri bor va 2000 (ikki ming) yildan ziyod vaqtdan beri aynan "turklar" degan nom bilan atalib kelgan. Eron shohini yengan Saklar qabilasini boshqa xalqlar turk degan nom bilan tanishgan. Rum imperiyasini va butun Ovrupani tiz cho'ktirgan Xun davlati turklar deb atalgan. O'g'uz hoqonlari turk nomi bilan shuhrat topgan. Ko'k Turk xonlari, Dulo, Ashina, Ashide davlatlari, Qoraxoniylar, Xorazmshohlar, Saljuqiylar, G'aznaviylar, Zangilar, Qoraxitaylar, Qipchoqlar, Qarluqlar, Mamlukiylar, Temuriylar, Usmoniylar, Shayboniylar, Boburiylar va boshqa xonliklaru sultonliklar aynan "turklar" nomi bilan dunyoga tanilgan. Turklar atalmish katta bir millatning yirik bo'g'ini bo'lgan Movarounnahrliklar "o'zbeklar" deya atala boshlaganiga hali nari borsa 5-6 asr bo'lgan.

Ammo, bosqinchi ruslar bizning yerlarimizni bosib olgach, turkiy xalqlarni birlashtirib turgan, millatimizning umumiy nomi bo'lgan "turk" atamasini bizdan tortib olishga, bizga begona qilib ko'rsatishga va zehnlarimizdan o'chirib yuborishga urinishdi. "Panturkizm" - "turkparastlik" degan safsata atama bilan chalg'itmoqchi bo'lishdi. Afsuski, millatdoshlarimiz orasida boshqinchilarning safsatasiga aldanganlar, o'z millatiga, o'zligiga begona bo'lib tarbiyalanganlar ham yo'q emas.

Tarixni ishonchli manbalardan o'qib o'rganish juda muhim. Ota-bobolarimiz tarafidan yozib qoldirilgan yuzlab bebaho asarlar bor. Ba'zilari arab tilida, ba'zilari arab yozuviga asoslangan turkiy tilda bitilgan. Birgina "Beruniy" nomidagi qo'lyozmalar institutining o'zida 80000 (sakson ming)dan ortiq manbalar bor va afsuski, hozirgacha ularning o'n foizi ham o'rganib chiqilmagan. Agar biz, ajdodlarimiz ming yildan ortiq vaqtdan beri qalam tebratib ijod qilib kelgan, u orqali necha minglab bebaho kitoblarni ta'lif etib dunyoga taqdim qilishgan til bo'lmish arab tilini va yozuvini o'rganmas ekanmiz, o'z ajdodlarimizning, minglab olimlarimizning ilmiy merosini o'zimiz bevosita o'qib o'rgana olmaymiz. Faqat, bosqinchi ruslarning "qo'shib-chatib" yozgan ma'lumotlari-yu, xorijlik tarjimonlar taqdim etgan uch-besh satrlik maqolalariga kunimiz qolib o'tiraveramiz.

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Negadir ushbu sahifaga rasm va videolar joylay olmayapman. "Oldin depozit qo‘yishing kerak", deyapti. Tarmoqda yangi bo‘lganim uchun balki ishlatishni bilmayotgandirman.

Send as a message
Share on my page
Share in the group