UMMA TOKEN INVESTOR

About me

Bookworm. Kitoblardan iqtiboslar| Taqrizlar | Ulamolarning ibratli soʻzlari

Translation is not possible.

#iqtibos

Allohga yaqinlashish yo‘lida uying bilan masjidul harom orasidagi masofalarni kesib o‘tish muhim emas. Muhimi nafsing bilan qalbing orasidagi havoyi nafslar va mazammat ostida qolgan fe’l atvor zanjirlari hamda istaklaridan uzilishdir.

©Imom Butiy

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

#ramazon

Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam qornilariga tosh boylab olar edilar...

Oʻzi och boʻlsa-da boshqalarga qornilarini toʻq koʻrsatish uchungina ogʻir toshni qornilariga boylab olgan inson oldi-da bizning saharlikdan iftorlik dasturxonigacha boʻlgan och qolishimiz hech narsa emas.

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

#kitob

"MEN" na qilay bu dunyoda,

"SIR"larim koʼp aytolmasman.

"LOL"man netay bu fanoda,

"ASO" yangligʼ egri kasman.

"PIR"lar necha oʼtdilar xoʼp,

Qoʼl choʼzarga yarolmasman...

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Imom Suyutiy "Ibn Kutub" (kitobning bolasi) deb laqablangan edi. Chunki u tug‘ilish vaqtida otasi onasini kutubxonadan bitta kitob olib kelishga yuborgan.Onasini kutubxonada to‘lg‘oq tutgan, o‘sha joyda ko‘zi yorigan. Bu laqab u kishining hayotiga ham ta’sir qildi, haqiqiy kitobxon bo‘lib yetishdi. Imom Suyutiy tasnif qilgan kitoblar ham olti yuzga yaqin.

"Himmat Mo'minning quvvati" kitobidan parcha.

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Togʻlar ila,

Toshlar ila chaqiray Mavlom Seni.

Saharlarda qushlar ila,

Chaqiray Mavlom Seni.

Suv tagida mohi ila,

Sahrolarda ohu ila,

Qul bo‘lib yahu ila,

Chaqiray Mavlom Seni.

Osmonda Iso ila,

Tur tog‘ida Muso ila,

Qo‘limdagi aso ila,

Chaqiray Mavlom Seni.

Dardi ko‘p bo‘lgan Ayyub ila,

Ko‘zi yoshli Ya’qub ila,

Ul Muhammad mahbub ila,

Chaqiray Mavlom Seni.

Hamd-u shukrulloh ila,

Vasf-i qulhuvalloh ila,

Doimo zikrulloh ila,

Chaqiray Mavlom Seni.

Bildim dunyo holini,

Tark qildim qiyl-u qolini,

Boshim ochiq, yalang oyoq,

Chaqiray Mavlom Seni.

Yunus o‘qir tillar ila,

Ul kaptar bulbullar ila,

Haqni sevgan qullar ila,

Chaqiray Mavlom Seni.

© Yunus Emro

68 views
Send as a message
Share on my page
Share in the group