Translation is not possible.

Togʻlar ila,

Toshlar ila chaqiray Mavlom Seni.

Saharlarda qushlar ila,

Chaqiray Mavlom Seni.

Suv tagida mohi ila,

Sahrolarda ohu ila,

Qul bo‘lib yahu ila,

Chaqiray Mavlom Seni.

Osmonda Iso ila,

Tur tog‘ida Muso ila,

Qo‘limdagi aso ila,

Chaqiray Mavlom Seni.

Dardi ko‘p bo‘lgan Ayyub ila,

Ko‘zi yoshli Ya’qub ila,

Ul Muhammad mahbub ila,

Chaqiray Mavlom Seni.

Hamd-u shukrulloh ila,

Vasf-i qulhuvalloh ila,

Doimo zikrulloh ila,

Chaqiray Mavlom Seni.

Bildim dunyo holini,

Tark qildim qiyl-u qolini,

Boshim ochiq, yalang oyoq,

Chaqiray Mavlom Seni.

Yunus o‘qir tillar ila,

Ul kaptar bulbullar ila,

Haqni sevgan qullar ila,

Chaqiray Mavlom Seni.

© Yunus Emro

68 views
Send as a message
Share on my page
Share in the group