UMMA TOKEN INVESTOR

About me

https://t.me/choliqushisarguzashlari

Followings
0
No followings
Translation is not possible.
Goʻzal opa singillar
Uygʻonishib tong sahar
Tabrik joʻnatar mahal
Meni chetlab oʻtinglar...
Siz kutasiz zoʻr sovgʻa
Hech boʻlmaganda bir gul
Ha men oʻsha oqqargʻa
Eslatavermang nuqul...
Qilmayapman targʻibot
Oʻtkazmang deb bayramni
Tafakkur kerak nahot
Roʻmolsiz kun bayrammi?!
Tabrik kerakmas bizga
Boshyalanglar kunida
Eslatib qoʻydim sizga
Yettinchi mart tunida.
8mart-muborak ramazonning 8-kuni sifatida keng iftorlik qilib nishonlaymiz inshaaAlloh...
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.
Bilaman siz juda mehribon
Mayli meni erkalang suying
Ammo iltimosim dadajon
Roʻza tutsam indamay qoʻying...
Bilaman bu aldamchi qahr
Ishoning zoʻr tanamda kuchim
Jannatlarga kirgaysiz axir
Tutgan roʻzam savobi uchun...
Alloh berdi mukammal sogʻlik
Roʻzadorlar safida qildi
Qizingizga tilang omonlik
Shu sheʼrimni sizga ilindim...
Jonim dadam shukur borizga
Hurmatingiz men uchun oliy
Iftor mahal borsam hovlizga
Mamnuniyatda qarshi oling...
#sogʻligimni oʻylab har safar roʻza olishimga qarshi chiqadigan mehribon dadajonimga🕊❤️
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.
Yashayapman yashashim gʻalat
Nafas olib chiqarsam boʻldi.
Dilsiz hissiz odamlar aro
Hissiyotlar abadiy oʻldi...
Oʻylaymanu oʻylarim chirkin
Oʻtgan yillar oʻtmishda qoldi.
Bu xayolot ichida balkim
Kelajakka xoxishim oʻldi...
Kun oʻtyapti,oʻtyapti hayot
Yigirma bir yoshim ham toʻldi
Mendan qolarmikin yaxshi ot
Savobga intilishim oʻldi...
Ehh,
Xatlar yozgim kelar kimgadir
Uzur soʻrab Ramazon oldi.
Borligʻim bir boʻshliq negadir
Yozishmaga toqatim oʻldi...
Sheʼrmi bu ne yozdim bilolmam
Ilhom bogʻim gullari soʻldi.
Loylari sachragan kulolman
Sheʼr yozishga ishtiyoq oʻldi...
Choliqushi 24.02.2025 23:32
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.
ALHAMDULILLAH
Yangi yil quvonchi endi boshlandi
Endi salyut oting qilingiz bayram
Rasman tasdiqdan soʻng koʻzim yoshlandi
Endi havo kirar FALASTINga ham...
Bu tinchlik yoʻlida boʻlmadi nelar
Muhimi ertadan tutunsiz fazo
Bu bitim nomini GʻALABA derlar
Endi erkin nafas oladi GʻAZO...
Shahidlarga toʻla bosilgan har yoʻl
Murgʻak lolachalar ochilmay soʻldi
Chor atrof sukutda uzatmasdan qoʻl
Bu xalqqa chin yordam Allohdan boʻldi..
Bizlar unutmaymiz unutolmaymiz
Ozod Falastinning vatanparvarin
Taʼrifini yozib tugatolmaymiz
Ismoil Haniya,Yahyo Sinvarin...
Iflos sionlarni olmadim tilga
Baytlarim qatorin rasvo qilgim yoʻq
Ammo tugib qoʻydim bir gapni dilga:
Malʼunlik-magʻlublik,shundan koʻnglim toʻq...
Nusrat berilgani baxt bu chinakam
Xamas-janglardan soʻng olar biroz tin
Baycott va duoda qodir qil Egam
GʻALABA MUBORAK OZOD FALASTIN!!!
Choliqushi 18.01.2025 20:20
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.
Mana Yangi yil ham yaqinlashibdi
Havo issiq ko'ngil salqinlashibdi
So'ramayman qorbobo sendan tilak
Tilaklarning armoniga to'lgan yurak...
Qorboboyam qizil kiyim bir odamda
Farosat ham kerak ekan har qadamda
Bandadan ham so'raysanmi nodonginam
Senga yasab berarmidi uchar gilam.
Maslahatim xato yo'ldan qaytmoq kerak
Gunohlar chun istig'forni aytmoq kerak
Iymon bilan bölsak bayramdir har on
Yangi yildan ro'yob kutish shar'an harom.
Ya Rohman,Ya Rohiym,Ya Alloh Karim
O'zing qalbga joyla iymon navkarin
Zurriyod berganing buyuk bir tortiq
Men uchun baxt yo'qdir farzanddan ortiq.
Endi bolalikni erka yoshlikni
Ham xandon ham jiddiy g'irt beboshlikni
Mendan uzoqlatgin ancha yiroqqa
Xotiralar qatin kömgin tuproqqa...
Choliqushi
29.12.21yil
Send as a message
Share on my page
Share in the group