Mana Yangi yil ham yaqinlashibdi
Havo issiq ko\'ngil salqinlashibdi
So\'ramayman qorbobo sendan tilak
Tilaklarning armoniga to\'lgan yurak...
Qorboboyam qizil kiyim bir odamda
Farosat ham kerak ekan har qadamda
Bandadan ham so\'raysanmi nodonginam
Senga yasab berarmidi uchar gilam.
Maslahatim xato yo\'ldan qaytmoq kerak
Gunohlar chun istig\'forni aytmoq kerak
Iymon bilan bölsak bayramdir har on
Yangi yildan ro\'yob kutish shar\'an harom.
Ya Rohman,Ya Rohiym,Ya Alloh Karim
O\'zing qalbga joyla iymon navkarin
Zurriyod berganing buyuk bir tortiq
Men uchun baxt yo\'qdir farzanddan ortiq.
Endi bolalikni erka yoshlikni
Ham xandon ham jiddiy g\'irt beboshlikni
Mendan uzoqlatgin ancha yiroqqa
Xotiralar qatin kömgin tuproqqa...
Choliqushi
29.12.21yil
Mana Yangi yil ham yaqinlashibdi
Havo issiq ko'ngil salqinlashibdi
So'ramayman qorbobo sendan tilak
Tilaklarning armoniga to'lgan yurak...
Qorboboyam qizil kiyim bir odamda
Farosat ham kerak ekan har qadamda
Bandadan ham so'raysanmi nodonginam
Senga yasab berarmidi uchar gilam.
Maslahatim xato yo'ldan qaytmoq kerak
Gunohlar chun istig'forni aytmoq kerak
Iymon bilan bölsak bayramdir har on
Yangi yildan ro'yob kutish shar'an harom.
Ya Rohman,Ya Rohiym,Ya Alloh Karim
O'zing qalbga joyla iymon navkarin
Zurriyod berganing buyuk bir tortiq
Men uchun baxt yo'qdir farzanddan ortiq.
Endi bolalikni erka yoshlikni
Ham xandon ham jiddiy g'irt beboshlikni
Mendan uzoqlatgin ancha yiroqqa
Xotiralar qatin kömgin tuproqqa...
Choliqushi
29.12.21yil