Yashayapman yashashim gʻalat
Nafas olib chiqarsam boʻldi.
Dilsiz hissiz odamlar aro
Hissiyotlar abadiy oʻldi...
Oʻylaymanu oʻylarim chirkin
Oʻtgan yillar oʻtmishda qoldi.
Bu xayolot ichida balkim
Kelajakka xoxishim oʻldi...
Kun oʻtyapti,oʻtyapti hayot
Yigirma bir yoshim ham toʻldi
Mendan qolarmikin yaxshi ot
Savobga intilishim oʻldi...
Ehh,
Xatlar yozgim kelar kimgadir
Uzur soʻrab Ramazon oldi.
Borligʻim bir boʻshliq negadir
Yozishmaga toqatim oʻldi...
Sheʼrmi bu ne yozdim bilolmam
Ilhom bogʻim gullari soʻldi.
Loylari sachragan kulolman
Sheʼr yozishga ishtiyoq oʻldi...
Choliqushi 24.02.2025 23:32
Yashayapman yashashim gʻalat
Nafas olib chiqarsam boʻldi.
Dilsiz hissiz odamlar aro
Hissiyotlar abadiy oʻldi...
Oʻylaymanu oʻylarim chirkin
Oʻtgan yillar oʻtmishda qoldi.
Bu xayolot ichida balkim
Kelajakka xoxishim oʻldi...
Kun oʻtyapti,oʻtyapti hayot
Yigirma bir yoshim ham toʻldi
Mendan qolarmikin yaxshi ot
Savobga intilishim oʻldi...
Ehh,
Xatlar yozgim kelar kimgadir
Uzur soʻrab Ramazon oldi.
Borligʻim bir boʻshliq negadir
Yozishmaga toqatim oʻldi...
Sheʼrmi bu ne yozdim bilolmam
Ilhom bogʻim gullari soʻldi.
Loylari sachragan kulolman
Sheʼr yozishga ishtiyoq oʻldi...
Choliqushi 24.02.2025 23:32