Translation is not possible.
Bilaman siz juda mehribon
Mayli meni erkalang suying
Ammo iltimosim dadajon
Roʻza tutsam indamay qoʻying...
Bilaman bu aldamchi qahr
Ishoning zoʻr tanamda kuchim
Jannatlarga kirgaysiz axir
Tutgan roʻzam savobi uchun...
Alloh berdi mukammal sogʻlik
Roʻzadorlar safida qildi
Qizingizga tilang omonlik
Shu sheʼrimni sizga ilindim...
Jonim dadam shukur borizga
Hurmatingiz men uchun oliy
Iftor mahal borsam hovlizga
Mamnuniyatda qarshi oling...
#sogʻligimni oʻylab har safar roʻza olishimga qarshi chiqadigan mehribon dadajonimga🕊❤️
Send as a message
Share on my page
Share in the group