UMMA TOKEN INVESTOR

About me

Kitoblar va ozroq falsafa Sizdan iltimos koʻproq kitob oʻqing! Gerdayaman kitoblar yigʻib javonga dasta-dasta. Lek amal qilishga kelganda, hastaman-hasta…!

Followings
0
No followings
Translation is not possible.

Aslida kitoblarni chiroyli rasmga olishni yaxshi koʻraman. Lekin bunaqa kitoblarni emas. Kitobni qanaqa ahvoldaligini nashriyotdagilar muallifni ismini kichkina harflar bilan yozganidan bilsa boʻladi. Bunaqa oddiy xatolar qiladigan nashriyotdan tuzukroq kitob tarjimasini kutish ham xato aslida…

Toʻgʻrisi bunaqa yigʻloqi mualliflar tomonidan yozilgan kitoblar hozirgi kunda judayam avj olib ketdi. Ayniqsa Mirach Chagʻri Oqtoshni "Toʻsiqlarga qaramay sevdik" kitobidan soʻng yoppasiga shunaqa asarlar tarjimasi boshlanib ketdi. Lekin bularni haqiqiy asar deb boʻlmaydi.

Bunaqa krinj kitoblarni kanalimda yozishdan maqsadim inson oʻzi uchun vaqt sinovidan oʻtgan kitoblarni oʻqishi kerak degan fikrni shakllantirishdir. Bunaqa kitoblarni oʻqib vaqtni behuda sarflash, odamzodni oʻzini vaqtini hurmatsizlik qilishdek gap.

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Muhokamalar, mulohazalar, munozaralar

📚 Kitob klublari — biror kitobsevar boshchiligida tashkil etiladigan muhokamalar hisoblanadi. Odatda, o‘qiladigan kitob klub a’zolari tomonidan kelishuv asosida tanlanadi.

⚛️ Kitob klublarining yo‘nalishi va uslubi bir-biridan anchayin farq qiladi:

Netflix – kitob klubi. Bu kitob klubi boshlovchisi Uzo Aduba bo‘lib, u kitobxonlar bilan filmga aylantirilgan kitoblar haqida suhbatlashadi. Bu muhokamalarga nafaqat oddiy kitobxonlar, balki kitob muallifidan tortib, film aktyorlarigacha qatnashadi.

Tarjima-badiiy adabiyot klubida esa yangi tarjima asarning nima uchun tarjima qilingani va u kitob milliy adabiyotning o‘sishiga qanday xissa qo‘shgani haqida muhokama bo‘ladi.

NYPL/WNYC klubi fantastik, ilmiy-fantastik turdagi kitobxonlar uchun bo‘lsa, The Girlfriend klubi qiz va ayollar uchun tashkil etilgan.

🎤 Kitob klublari haqida gapirganda, Uinfri Orfaning kitob klubini ham aytib o‘tish shart. Chunki u eng eski klublardan bo‘lib, televedeniye orqali minglab kitobxonlarning mehrini qozongan; yil bestsellerlarini aniqlagan.

💸 Ayrim kitob klublarida oylik/yillik pulli obunalar mavjud bo‘lib, yig‘ilgan pullar kitob targ‘ibotiga sarflanadi.

💻 Ko‘plab kitobxonlik uchrashuvlari onlayn o‘tkazilib, bunda kitobxonlar facebook yoki tvitter ijtimoiy tarmoqlarini tanlashadi. (Bizning kitobxonlar esa bu ijtimoiy tarmoqlaridan bexabar, instagramda asarlardan iqtiboslar o‘qish va iqtibos qo‘yishni muhimroq deb bilishadi.)

❓ Xo‘sh, hurmatli kitobxon sizning kitob klublariga fikringiz qanday? Kitob klublari muhimmi? Siz qanday kitob klublarini bilasiz?

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

M. Dimovning "Bolalar Xudoga yozishdi" kitobidan📚

1. Shunday qilingki yer yuzidagi barcha sovuq qurollar sinsin.

(Kostya 4-sinf)

2. Aytingchi, Siz yana ikkinchi bor odam yaratasizmi?

(Oleg 3-sinf)

3. Onam qo‘limdan ushlab olamni tark etayotganda, menga qanday nigoh bilan qarab turgan dadamning ko‘zlarini hech qachon unutolmayman . Xudoyim ayt, yana qancha ko‘z yosh to‘kaman?

(Andrey 4-Sinf )

4. Nega yer yuzida hamma narsaga ruhsat beryapsiz?

(Adik 4- sinf)

5. Iltimos Yangi yilda buvim meni oldimga kelishiga ijozat bering !!!

(Raya 4-sinf)

6. Dunyoda bo‘layotgan ishlar sizga yoqayaptimi?

(Andrey 2-sinf)

7. Odamlar sizni sevmasa-yu lekin qo‘rqsa ?

(Ruslan 2-sinf)

8. Nega bunaqa san bir kun yomon, boshqa kun esa ajoyib ?

( Olya 2-sinf)

9. Yer yuzida odamlar juda azob chekayapti, naxotki do‘zah bundanda yomon bo‘lsa ?

(Radik 4- sinf)

10. Men ham seni ko‘p kechiraman.

(Natan 4-sinf)

11. Ajralish bu oilaviy dafn ma'rosimimi ?

(Olya 4- sinf)

12. Qari odamlar- bu charchagan bolalar.

(Andrey 4-sinf)

13. Nega dunyoni yaratding bilmasmiding bunday tartibsizliklar bo‘lishini ?

(Sasha 4- sinf)

14. Katolikda bir xudo , Musulmonda boshqa, Yahudiylar- uchunchi , lyuterantlar-to‘rtinchi , beshinchi-Provoslav . Sizni qancha odamlaringiz bor ?

(Igor 4- sinf)

15. Biz seni o‘yinchoqlaringmi?

(Sasha 2- sinf)

16. Sen mahzun va zaiflarga yordam beraman deb so‘z berganding . Negadir men buni his qilmayapman.

( Roma 3- sinf)

17. Meni hayratda qoldir . Xudoyim

( Artur 3- sinf)

18. Men tug‘uldim , qaradim. Dunyo allaqachon yovuz, shafqatsiz !

(Andrey 4- sinf)

19. Nega yaxshi kishilarni azoblaysan ?

(Felya 3- sinf)

20. Yerda otishmalar bo‘layotganda eshitmaysanmi, Xudo...?

(Valera 2 -sinf)

21. Shunday qilaolasizmi ,odamlar baxtsiz hodisallarga uchramasin ?

(Lada 2 -sinf)

22. Nega hayot kerak va kerak bo‘lsa nega odamlar o‘lishadi

(Kostya 2 -sinf)

23. Baxtsizlikda qanday qichqirsam sengacha yetib boradi ?

( Natasha 2- sinf)

24. Nega yer yuziga ofatlar yuboryapsiz?

(Ivan 2 -sinf)

25. Shon shuhrat senga halaqt bermaydimi?

(Vasya 3- sinf)

26. Nega atirgullarni tikanli yaratding, hamma go‘zal narsalar tikanlimi ?

(Zina 3-sinf)

27. Mo‘minlar orasida qancha mo‘minlar bor?

(Zoya 4- sinf)

28. Vaqt qayerga ketadi ?

(Julia 4-sinf)

29. O'lmaymanmi, a ?

(Yulia 1-sinf)

30. Nega dunyo bunchalar befarq ?

(Lena 1-sinf)

31. Nma uchun meni xunuk qilib yaratding ?

(Katya 4-sinf)

Manba: Google🌐

LochinAsror

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Doim o'zimga yoqqan juda kichik hajmdagi hikoyalarni (drabll) kundaligimga qayd qilib boraman. Ilindim

«Aloqa»

📜 Tanish ovoz “boshqa joyga tushdingiz” deb telefonidagi qizil tugmani bosdi...

«Janoza»

📜 Eng kichik tobutlar – eng og‘ir tobutlar...

«Inson»

📜 Dunyodagi birinchi aql va sezuvchanlikka ega robotning birinchi so'zlari: “Iltimos, meni o‘chirib qo‘ying.”

«O'kinch»

📜Jonimga qasd qilish uchun o‘zimni pastga tashladim. Keyin fikrimdan qaytdim...

«Xudojo'y»

📜Har ishimizda Xudo yor bo‘lsin. Qani oldik🥂

«Baxtli kun»

📜 Pachoq bo‘lib, oynasi mayda parchalangan mashina orqa oynasidagi yozuvni amallab o‘qidim: “Men endi otaman!”. Mashinani g‘ildiragi hali ham aylanib turibdi, uni bezagan sharlar osmonga uchib ketmoqda…

«Izohsiz»

📜 Bolalar oyoq kiyimi sotiladi. Kiyilmagan.

«Sinoat»

📜Yer yuzidagi eng oxirgi odam xonada yolg'iz o'tirardi. Shu payt eshik taqilladi...

Bir olam taassurotlar, shunday emasmi ?

LochinAsror

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Jorj Oruellning «Molxona»

Yetti arkon

1. Ikki oyoqda yuradigan har kim – dushman.

2. To’rt oyoqda yuradigan yoki qanoti bor har kim – birodar.

3. Hayvonlar kiyim kiymaydilar.

4. Hayvonlar sharob ichmaydilar.

5. Hayvonlar to’shakda yotmaydilar.

6. Hech bir hayvon boshqa bir hayvonni o’dirishi mumkin emas.

7. Barcha hayvonlar teng huquqlidir.

Asarning taqrizi kanalga oldinroq joylagandim

Send as a message
Share on my page
Share in the group