Translation is not possible.

Muhokamalar, mulohazalar, munozaralar

📚 Kitob klublari — biror kitobsevar boshchiligida tashkil etiladigan muhokamalar hisoblanadi. Odatda, o‘qiladigan kitob klub a’zolari tomonidan kelishuv asosida tanlanadi.

⚛️ Kitob klublarining yo‘nalishi va uslubi bir-biridan anchayin farq qiladi:

Netflix – kitob klubi. Bu kitob klubi boshlovchisi Uzo Aduba bo‘lib, u kitobxonlar bilan filmga aylantirilgan kitoblar haqida suhbatlashadi. Bu muhokamalarga nafaqat oddiy kitobxonlar, balki kitob muallifidan tortib, film aktyorlarigacha qatnashadi.

Tarjima-badiiy adabiyot klubida esa yangi tarjima asarning nima uchun tarjima qilingani va u kitob milliy adabiyotning o‘sishiga qanday xissa qo‘shgani haqida muhokama bo‘ladi.

NYPL/WNYC klubi fantastik, ilmiy-fantastik turdagi kitobxonlar uchun bo‘lsa, The Girlfriend klubi qiz va ayollar uchun tashkil etilgan.

🎤 Kitob klublari haqida gapirganda, Uinfri Orfaning kitob klubini ham aytib o‘tish shart. Chunki u eng eski klublardan bo‘lib, televedeniye orqali minglab kitobxonlarning mehrini qozongan; yil bestsellerlarini aniqlagan.

💸 Ayrim kitob klublarida oylik/yillik pulli obunalar mavjud bo‘lib, yig‘ilgan pullar kitob targ‘ibotiga sarflanadi.

💻 Ko‘plab kitobxonlik uchrashuvlari onlayn o‘tkazilib, bunda kitobxonlar facebook yoki tvitter ijtimoiy tarmoqlarini tanlashadi. (Bizning kitobxonlar esa bu ijtimoiy tarmoqlaridan bexabar, instagramda asarlardan iqtiboslar o‘qish va iqtibos qo‘yishni muhimroq deb bilishadi.)

❓ Xo‘sh, hurmatli kitobxon sizning kitob klublariga fikringiz qanday? Kitob klublari muhimmi? Siz qanday kitob klublarini bilasiz?

Send as a message
Share on my page
Share in the group