Translation is not possible.
Doim o'zimga yoqqan juda kichik hajmdagi hikoyalarni (drabll) kundaligimga qayd qilib boraman. Ilindim
 
«Aloqa»
 
📜 Tanish ovoz “boshqa joyga tushdingiz” deb telefonidagi qizil tugmani bosdi...
 
«Janoza»
 
📜 Eng kichik tobutlar – eng og‘ir tobutlar...
 
«Inson»
 
📜 Dunyodagi birinchi aql va sezuvchanlikka ega robotning birinchi so'zlari: “Iltimos, meni o‘chirib qo‘ying.”
 
«O'kinch»
 
📜Jonimga qasd qilish uchun o‘zimni pastga tashladim. Keyin fikrimdan qaytdim...
 
«Xudojo'y»
 
📜Har ishimizda Xudo yor bo‘lsin. Qani oldik🥂
 
«Baxtli kun»
 
📜 Pachoq bo‘lib, oynasi mayda parchalangan mashina orqa oynasidagi yozuvni amallab o‘qidim: “Men endi otaman!”. Mashinani g‘ildiragi hali ham aylanib turibdi, uni bezagan sharlar osmonga uchib ketmoqda…
 
«Izohsiz»
 
📜 Bolalar oyoq kiyimi sotiladi. Kiyilmagan.
 
«Sinoat»
 
📜Yer yuzidagi eng oxirgi odam xonada yolg'iz o'tirardi. Shu payt eshik taqilladi...
 
Bir olam taassurotlar, shunday emasmi ?
 
LochinAsror
Send as a message
Share on my page
Share in the group