UMMA TOKEN INVESTOR

About me

Shaxsiy blog / Private blog / Личный блог

ترجمہ ممکن نہیں

❗Tarqating❗

#bokiralik_eshshaklar_uchun_yuk!

Kecha anchadan buyon kirmayotganim, X (Twitter) profilimga kirdim. O‘zbek kontentining eng dolzarb mavzusi "bokiralik yuki".

Aslida, it ko‘rsa, stolbaning ostiga qiladigan ishini bajaradigan "teshikparastlar"ni birov na kuzatar, na tanir edi. Millatni ogohlantiraman degan maqsadda bir qancha faollar bularni elga tanitib qo‘yishdi. Endi go‘yoki, barcha ularning "og‘ziga qarab turgandek" barcha jabxada so‘lagini oqizishmoqda.

Mayli, nima bo‘lsa bo‘ldi. O‘zimiz ochgan teshikni o‘zimiz yamashimiz zarur. Bundaylarga biror so‘z ayttirmasligimiz, keyingi qadamlariga chuqur qazishimiz lozim.

Shuning uchun, barchadan iltimos qilardimki, boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham "Bokiralik - eshshaklar uchun yuk" deb post joylaylikki, jamiyatimizda bu kabi liberallarga o‘rin yo‘qligini bilishsin.

Eng asosiysi, bularning keyingi "chiqishlarini" kuzatmaylik va muhokama ham qilmaylik. Stolbaning tagida qolib ketishsin.

Send as a message
Share on my page
Share in the group
ترجمہ ممکن نہیں

Mehmonxonasi bor,

Mehmoni yo‘q.

#ummat_bo‘laylik

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
ترجمہ ممکن نہیں

Islom mag‘lubiyat dini emas!

Bilishmaydiki, musulmonlar faqatgina Alloh uchun kurashishini. O‘lganlari aslida tirikdir, faqat biz ularni ko‘rmaymiz. Va sezishmayapti, shahid bo‘layotganlar o‘z o‘rinlarini hidoyat topayotganlarga bo‘shatib berayotganligini. Islom mag‘lubiyat dini emas, Islom barcha narsadan G‘olib ning dini. لا غالبا الّ الله

Send as a message
Share on my page
Share in the group
2 months Translate
ترجمہ ممکن نہیں

اللهم صل على سيدنا ونبينا محمد

#iqtibos_fursati

“Men dunyo tarixini o‘qib shunday xulosaga keldim: dunyo podshohlari to‘plagan jami saltanatu boylik, qasrlaru saroylar Muhammad alayhissalomning yamoq yaktaklariga ham arzimas ekan... Biz Ovrupa millatlari madaniy imkonimiz yuqori bo‘lishiga qaramay, Hazrati Muhammad so‘nggi pog‘onasiga qadar chiqa olgan zinaning birinchi pillapoyasidamiz, xolos. Hech shubha yo‘qki, biron kimsa u zotdan yuqoriroqqa o‘ta olmaydi”.

Nemis shoiri Yohan Volfgang fon Gyote

@FURSAT.UZ - Haqiqat fursati

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
2 months Translate
ترجمہ ممکن نہیں

Eslating! Zero, eslatma mo‘minlarga manfaat keltirur.

🌙 RO‘ZANI BUZUVCHI AMALLAR

🔹Ro‘zador qasddan ovqat yesa, suv ichsa, dori ichsa yoki jinsiy aloqa qilsa ro‘za buziladi. Bu holatlarda ham qazo, ham kafforat vojib bo‘ladi.

🔹Ramazon ro‘zasidan boshqa ro‘zalarda kafforat yo‘q.

🔹Quyidagi hollarda ro‘zador odamning ro‘zasi buziladi va qazosini tutib berishi vojib bo‘ladi, kafforat vojib bo‘lmaydi:

- Tong otmagan deb o‘ylab, saharlik qilsa yoki kun botdi deb o‘ylab og‘zini ochib yuborsa-yu so‘ng tong otib qolgani yoki kun botmagani bilinsa;

- ayolini o‘pishi, ushlashi orqali junub bo‘lib qolsa;

- ho‘qna (klizma) qildirsa;

- burniga dori tomizsa.

🔹Beixtiyor qayt qilsa ro‘za buzilmaydi. Lekin qasddan, zo‘rlab, og‘zi to‘lib qayt qilsa, ro‘zasi buziladi, keyin qazosini tutishi vojib bo‘ladi.

🔹Quyidagi holatlarda ro‘za buzilmaydi:

- Ro‘zador esida yo‘q holatda yesa, ichsa, jinsiy aloqa qilsa;

- Uyqusida yoki ayoliga qarab junub bo‘lib qolsa;

- Qon oldirsa;

- Surma qo‘ysa;

- Ayolini o‘psa-yu, junub bo‘lmasa.

Lekin ro‘zador odam iloji boricha o‘zini bunday holatdan uzoq qilmog‘i lozimdir.

🔹Ro‘zador uchun quyidagi ishlar makruhdir:

- O‘z nafsiga ishonmagan kishining o‘z ayolini o‘pishi. Agar nafsini jilovlay olsa zarari yo‘q;

- Biror narsani tatib ko‘rish va misvoqdan boshqa narsa bilan tishni tozalash;

- Emizikli ro‘zador ayol o‘z bolasiga zaruratsiz taom chaynab berishi. Bunda agar chaynamaslikni imkoni bo‘lsa, chaynamaslik ma’qul. Ammo imkoni bo‘lmasa chaynab berishning zarari yo‘q. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Fatvo hay’ati.

@FURSAT.UZ - Haqiqat fursati

Send as a message
Share on my page
Share in the group