3 months Translate
Translation is not possible.

Eslating! Zero, eslatma mo‘minlarga manfaat keltirur.

🌙 RO‘ZANI BUZUVCHI AMALLAR

🔹Ro‘zador qasddan ovqat yesa, suv ichsa, dori ichsa yoki jinsiy aloqa qilsa ro‘za buziladi. Bu holatlarda ham qazo, ham kafforat vojib bo‘ladi.

🔹Ramazon ro‘zasidan boshqa ro‘zalarda kafforat yo‘q.

🔹Quyidagi hollarda ro‘zador odamning ro‘zasi buziladi va qazosini tutib berishi vojib bo‘ladi, kafforat vojib bo‘lmaydi:

- Tong otmagan deb o‘ylab, saharlik qilsa yoki kun botdi deb o‘ylab og‘zini ochib yuborsa-yu so‘ng tong otib qolgani yoki kun botmagani bilinsa;

- ayolini o‘pishi, ushlashi orqali junub bo‘lib qolsa;

- ho‘qna (klizma) qildirsa;

- burniga dori tomizsa.

🔹Beixtiyor qayt qilsa ro‘za buzilmaydi. Lekin qasddan, zo‘rlab, og‘zi to‘lib qayt qilsa, ro‘zasi buziladi, keyin qazosini tutishi vojib bo‘ladi.

🔹Quyidagi holatlarda ro‘za buzilmaydi:

- Ro‘zador esida yo‘q holatda yesa, ichsa, jinsiy aloqa qilsa;

- Uyqusida yoki ayoliga qarab junub bo‘lib qolsa;

- Qon oldirsa;

- Surma qo‘ysa;

- Ayolini o‘psa-yu, junub bo‘lmasa.

Lekin ro‘zador odam iloji boricha o‘zini bunday holatdan uzoq qilmog‘i lozimdir.

🔹Ro‘zador uchun quyidagi ishlar makruhdir:

- O‘z nafsiga ishonmagan kishining o‘z ayolini o‘pishi. Agar nafsini jilovlay olsa zarari yo‘q;

- Biror narsani tatib ko‘rish va misvoqdan boshqa narsa bilan tishni tozalash;

- Emizikli ro‘zador ayol o‘z bolasiga zaruratsiz taom chaynab berishi. Bunda agar chaynamaslikni imkoni bo‘lsa, chaynamaslik ma’qul. Ammo imkoni bo‘lmasa chaynab berishning zarari yo‘q. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Fatvo hay’ati.

@FURSAT.UZ - Haqiqat fursati

Send as a message
Share on my page
Share in the group