UMMA TOKEN INVESTOR

About me

Talaba UzXIA

Translation is not possible.

Абу Айюб розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади: «Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам: «Тўрт нарса Расулларнинг суннатларидан: ҳаѐ, хушбўй сепмоқлик, мисвок ва никоҳ», дедилар».

✍ (Аҳмад ва Термизий яхши санад билан ривоят қилган.)

📝Шарҳ:

📌Аллоҳ таолонинг Расуллари У Зот яратган бандаларнинг энг сарасидирлар.

📌Улар турли замонларда турли халқлар ичидан танлаб олинган етук инсонлар ҳисобланади.

📌Пайғамбарлар Аллоҳнинг инояти ила илоҳий кўрсатмаларни бандаларга етказиб, уларни ҳаѐтга татбиқ қилишни кўрсатиб берган зотлардир.

📌Уларни турли хато ва

гуноҳлардан Аллоҳ таолонинг Ўзи сақлаб турган ва у зотларнинг ҳаѐтлари умматларига ўрнак бўлган.

📌Шунинг учун уларнинг суннатларига, хусусан, барчаларига хос бўлган суннатларга амал қилиш ҳар биримиз учун ўта муҳимдир.

✅Ушбу ҳадиси шарифда Одам алайҳиссаломдан тортиб,

Муҳаммад соллаллоҳу алайҳи васалламгача барча Пайғамбар алайҳиссаломларнинг суннатлари бўлган тўрт нарса ҳақида сўз кетмоқда.

@HADISLAR_TOPLAMIII📚

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Qur’ondan 48 o‘git

1. Qo‘pol, qalbi qattiq bo‘lmang. (3:159)

2. Gʻazabni yuting. (3:134)

3. Boshqalarga yaxshilik qiling. (4:36)

4. Mutakkabir bo‘lmang. (7:13)

5. Kechirimli bo‘ling. (7:199)

6. Odamlarga yumshoq so‘z ayting. (20:44)

7. Ovozingizni pasaytiring. (31:19)

8. Boshqalarni masxara qilmang. (49:11)

9. Ota-onaga itoat qiling. (17:23)

10. Ularga “uff” demang. (17:23)

11. Ularning xonalariga ruxsat so‘ramasdan kirmang. (24:58)

12. Qarz oldi-berdi qilganda yozib qo‘ying. (2:282)

13. Hech kimga ko‘r-ko‘rona ergashib ketmang. (2:170)

14. Agar qarzdor tang ahvolda bo‘lsa, unga qo‘shimcha muddat bering. (2:280)

15. Ribo (sudxo‘rlik) qilmang! (2:275)

16. Pora bermang! (2:188)

17. Ahdingizni buzmang! (2:177)

18. Omonatni ado qiling! (2:283)

19. Haqni botilga aralashtirmang! (2:42)

20. Odamlar orasida adolat ila hukm qiling. (4:58)

21. Adolat uchun sobit turing. (4:135)

22. Vafot etgan insonning merosini haq ila taqsim qiling. (4:7)

23. Ayollarning ham merosdan haqqi bor. (4:7)

24. Yetimlarning molini yemang! (4:10)

25. Yetimlarni himoya qiling. (2:220)

26. Birovning mol-mulkini botil yo‘l bilan yemang. (4:29)

27. Odamlar orasini isloh qiling. (49:9)

28. Gumondan chetda bo‘ling. (49:12)

29. Josuslik va g‘iybat qilmang. (49:12)

30. Kim Alloh nozil qilgan narsa ila hukm yuritmasa, o‘shalar zolimlardir. (5:45)

31. Molingizdan sadaqa qiling. (57:7)

32. Miskinlarga taom berishga boshqalarni qiziqtiring. (107:3)

33. Haqiqiy faqirlarni izlab topib, ularga yordam bering. (2:273)

34. Molingizni isrof qilmang. (17:29)

35. Sadaqani minnat va ozor bilan bekor ketkazmang. (2:264)

36. Mehmonni ikrom qiling. (51:26)

37. Odamlarni yaxshilikka buyurganda avval o‘zingiz amal qiling! (2:44)

38. Yer yuzida buzg‘unchilik qilmang. (2:60)

39. Odamlarni masjidga borishdan to‘smang. (2:114)

40. Sizga qarshi urush qilganlargagina siz ham urush qiling. (2:190)

41. Urush axloqlariga ham rioya qiling. (2:191)

42. Jangda ortga qarab qochmang! (8:15)

43. Dinga majbur qilish yo‘q. (2:256)

44. Barcha payg‘ambarlarga iymon keltiring. (2:285)

45. Zinoga yaqinlashmang! (17:32)

46. Hukmdorlarni fazilatiga qarab tanlang. (2:247)

47. Hech kimdan toqatidan tashqari narsani talab qilmang. (2:286)

48. Bo‘linib ketmang. (3:103)

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Hadis

"Sizlarning yaxshilaringiz Qur'oni karimni ta'lim olib, ta'lim beruvchilaringizdur"

©Imom Buxoriy rivoyati

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group