Ali karramallohu vajhahudan rivoyat qilinadi: “Payg‘ambar (s.a.v.) o‘lim farishtasini
ansorlardan bir kishining boshi tarafida ko‘rdilar. Unga: “Mening do‘stim bilan
do‘stlashgin, u mo‘mindir”, dedilar. Shunda o‘lim farishtasi: “Ey Muhammad! Xushxabar
beramanki, men mo‘minlarning hammasi bilan do‘stdirman. Allohga qasamki, ey
Muhammad, agar nido qilguvchi nido qilsa, men Odam bolalarining ruhini batahqiq
olaman, deb”. “Bu nido nedir?” dedilar. Aytdi: “Allohga qasamki, unga zulm qilmaymiz,
ajalidan o‘tkazib yubormaymiz, qadarini tezlashtirmaymiz. Uning jonini olishlikda bizga
gunoh yo‘q. Agar Alloh sizlar uchun qismat qilib qo‘ygan narsaga rozi bo‘lsangizlar,
mukofotlanasizlar va agar g‘azab qilsangizlar, besabrlik qilsangizlar, gunohkor bo‘lib, shu
narsalar bilan o‘ralashib qolaverasizlar. Bizning huzurimizda sizlar uchun hech narsani
peshlamoqlik yo‘q. Bizda sizlarga berilgan va’dalarni o‘tashlik bordir, ehtiyot bo‘lmoq
lozim. Har bir tirik jon xoh quruqlikda va xoh dengizda yashovchi bo‘lsin, men har
kecha-kunduz besh marotaba uning yuzlariga diqqat bilan nazar solaman va ularning
har birlarini alohida, xoh katta, xoh kichik bo‘lsin, tanib-bilib olaman. Allohga qasamki,
ey Muhammad, agar men biror chivinning jonini olishni xohlasam ham, jonlarni
olishlikka buyuruvchi zot Alloh taoloning buyrug‘i bo‘lmaguncha, men ana shunga ham
qodir bo‘lmayman”.