Universitetda professor talabalarga shunday savol berdi: - Barcha mavjudotlar Xudo tomonidan yaratilganmi?
Bir talaba dadil turib javob berdi: - Xa, Xudo tomonidan yaratilgan.
- Xudo xamma narsani yaratganmi? – soʻradi professor.
- Xa, ser, - javob berdi talaba.
Professor soʻradi: - Agar Xudo xamma narsani yaratgan boʻlsa, demak Xudo yomonlikni xam yaratgan ekan-da, agar u mavjud boʻlsa. Va, biz qanday boʻlsak, qilmishlarimiz xam shunga yarasha boʻladi, tamoyiliga koʻra, Xudo yomonlik ekan.
Talaba bunday javobni eshitib jim boʻlib qolibdi. Professor oʻzi bilan juda faxrlanibdi. U talabalarga, Xudoga ishonish - bu afsona ekanligini yana bir bor isbotlaganini maqtanibdi.
Yana bir talaba qoʻlini koʻtarib, soʻrabdi: - Sizga savol bersam maylimi, professor?
- Albatta, - javob beribdi professor.
Talaba turib soʻrabdi: - Professor, sovuqlik mavjudmi?
- Nima deganing bu? Albatta mavjud. Sen xech qachon sovuq yemaganmisan?
Talabalar uning savoliga kulishibdi.
Yigit javob qilibdi: - Aslida, ser, sovuqlik mavjud emas. Fizika qonunlariga muvofiq, biz sovuqlik deb ataydigan narsa, aslida issiqlikning yoʻqligidir. Insonni yoki predmetni, ular energiyani yutadimi yoki ajratadimi, bilish uchun oʻrganish mumkin. Mutloq nol – bu issiqlikning umuman yoʻqligidir. Bunday temperaturada butun modda inert boʻlib qoladi. Sovuqlik mavjud emas. Biz bu soʻzni, issiqlik yoʻq xolatini taʼriflash uchun oʻylab topganmiz.
Talaba davom etdi: - Professor, qorongʻulik mavjudmi?
- Albatta mavjud.
- Siz yana noxaqsiz, ser. Qorongʻulik xam mavjud emas. Qorongʻulik aslida yorugʻlikning yoʻqligidir. Biz yorugʻlikni oʻrganishimiz mumkin, ammo qorongʻulikni oʻrganolmaymiz. Biz oq nurni turli ranglarga ajratib, xar bir rang toʻlqinining turli uzunliklarini oʻrganish uchun Nyuton prizmasidan foydalanishimiz mumkin. Biroq siz qorongʻulikni oʻlchay olmaysiz. Oddiy yorugʻlik nuri qorongʻulikka teshib kirib, uni yoritishi mumkin. Biror bir makon qanchalik qorongʻu ekanligini siz qanaqa qilib bilasiz? Siz yorugʻlikning qancha miqdori borligini oʻlchaysiz. Shunday emasmi? Qorongʻulik – bu yorugʻlik yoʻqligida nima sodir boʻlishini taʼriflash uchun inson ishlatadigan tushunchadir.
Oxir oqibat, talaba professordan soʻradi: - Ser, yomonlik mavjudmi?
Bu safar, professor ishonchsizlik bilan javob berdi: - Albatta, xali aytganimdek, biz uni xar kuni koʻramiz. Insonlar oʻrtasidagi shafqatsizlik, butun dunyo boʻylab sodir etilayotgan koʻplab jinoyatlar. Bu misollar yomonlikning namoyon boʻlishidir.
Bunga talaba quyidagicha javob qildi: - Yomonlik mavjud emas, ser, yoki, xar xolda, u uning oʻzi uchun mavjud emas. U xam qorongʻulikka va sovuqqa oʻxshaydi. Yomonlik – bu Xudoning yoʻqligini taʼriflash uchun inson oʻylab topgan soʻzdir. Xudo yomonlikni yaratmagan. Yomonlik, yorugʻlik va issiqlik kabi mavjud boʻlgan ishonch yoki muxabbat emas. Yomonlik inson yuragida Xudoga boʻlgan Muxabbatning yoʻqligi natijasidir. Bu xuddi sovuqlikka oʻxshaydi, qaysiki issiqlik boʻlmaganda keladi, yoki qorongʻulikka oʻxshaydi, qaysiki yorugʻlik boʻlmaganda keladi.
Professor oʻtirdi. Yosh talabaning ismi –Albert Eynshteyn edi.
©️Abdulloh Abdulhamid