UMMA TOKEN INVESTOR

Translation is not possible.

Hazrat Ashraf Ali Tahonaviy rahmatullohi alayh aytadilar: "Jome-us sag'ir" kitobida bir marfu' hadis koʻrdim: "Atrofiga odamlar kelib, toʻplanib o'tirishlarini xohlash olim uchun juda katta fitnadir".

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

SOLIKLAR TARBIYASINING AJIB TARIQASI

Hazrat Ashraf Ali Tahonaviy aytadilar: "Men ba'zi odamlardan norozi edim, shuning uchun ularga: "Boshqa odamga bay'at qilsalaring, rozi boʻlaman " deb maslahat berganman. Ba'zilar shunday qildi. Men haqiqatda ham ulardan rozi boʻlganman".

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

"Alloh doʻstlarining vaqtlari barakali boʻladi", degan gap juda mashhur boʻlib, mushohada, ya'ni koʻz bilan ham ko'rilgandir. Ular qisqagina vaqtda juda katta-katta ishlarni qilib yuboradilar. Imom Gʻazzoliy rahmatullohi alayhning mukammal umrlari u kishi yozgan asarlarning hisobi bilan taqsimlansa, bir kunga o'n olti juz kitob toʻgʻri kelgan. Buni hech qanaqasiga tushunib boʻlmaydi.

Imom Abdulvahhob Sha'roniy "Al-yavoqiyt val javohir" kitobida: "Bu kitobning uch yuzta bobi boʻlib, uning har bir bobini yozishda Shayx Muhiddin Ibn Arobiyning "Al-futuhot" kitobini mukammal oʻqib chiqdim", deb deb yozadilar. "Al-futuhot" esa bir necha ming sahifalik kitobdir. Demak, u kishi "Al-yavoqiyt val javohir" kitobini yozishda "Al-futuhot" kitobini uch yuz marta oʻqib chiqqan bo'lyaptilar. Shu bilan birga u kishi: "Al-yavoqiyt val javohir" kitobini o'ttiz kunda yozdim", deydilar. Binobarin, Imom Sha'roniy ikki ming sahifadan kam boʻlmagan"Al-futuhot" kitobini bir kunda o'n martadan oʻqigan ekanlar. Solih olimlar hamda ulugʻlarning bunday voqealarijuda ham ma'ruf va mashhurdir".

Shu o'rinda "Vaqtda bu qadar kenglik qanday hosil boʻlishi mumkin?" degan savol paydo boʻladi. Holbuki, biror kishining soati oltmish daqiqadan, bir kecha kunduzi esa yigirma toʻrt soatdan oshmaydi.

Hujjatul Islom, hazrat mavlono Muhammad Qosim Nonutviy rohimahullohning bu tog'ridagi tadqiqlari shuki, vaqtning bir "tuvl"i, ya'ni boʻyi, uzunligi boʻladi. Buni hamma biladi. Soat va daqiqalar mana shu tuvlning nomidir. Huddi shuningdek, vaqtning "arz", ya'ni eni va kengligi ham boʻladiki, bu ommaning nazariga ko'rinmaydi. Allohning do'stlari vaqtning mana shu eni va kengligida ulkan ishlarni amalga oshiradilar.

"Majolisi Hakimul umma" kitobidan

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Дил саросар, термулар маҳзун

У азондан бу азонгача.

Умр - йўғон ичакдек узун,

Рамазондан рамазонгача.

Умуммиз ва сафда ялпимиз

Айлангунча барг хазонгача.

Шайтонларга ўлжа қалбимиз

Рамазондан рамазонгача!

Оҳ, чап елка фариштамизга

Иш топилар тун - азонгача.

Ишонч ҳам йўқ сариштамизга

Рамазондан рамазонгача!

Лаин, даф бўл, йўлингдан қолма,

Қувма Шошдан Хуросонгача.

Аллоҳ, Аллоҳ, жонимиз олма

Рамазондан рамазонгача!

Бўм-бўш турар шайтоний қафас,

Ел кўпирар сел, тўзонгача.

Бир амаллаб яшаб ўтсак, бас,

Рамазондан рамазонгача!

©Xayrulloh_Hamidov

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

21 view
Send as a message
Share on my page
Share in the group