Translation is not possible.

"Alloh doʻstlarining vaqtlari barakali boʻladi", degan gap juda mashhur boʻlib, mushohada, ya'ni koʻz bilan ham ko'rilgandir. Ular qisqagina vaqtda juda katta-katta ishlarni qilib yuboradilar. Imom Gʻazzoliy rahmatullohi alayhning mukammal umrlari u kishi yozgan asarlarning hisobi bilan taqsimlansa, bir kunga o'n olti juz kitob toʻgʻri kelgan. Buni hech qanaqasiga tushunib boʻlmaydi.

Imom Abdulvahhob Sha'roniy "Al-yavoqiyt val javohir" kitobida: "Bu kitobning uch yuzta bobi boʻlib, uning har bir bobini yozishda Shayx Muhiddin Ibn Arobiyning "Al-futuhot" kitobini mukammal oʻqib chiqdim", deb deb yozadilar. "Al-futuhot" esa bir necha ming sahifalik kitobdir. Demak, u kishi "Al-yavoqiyt val javohir" kitobini yozishda "Al-futuhot" kitobini uch yuz marta oʻqib chiqqan bo'lyaptilar. Shu bilan birga u kishi: "Al-yavoqiyt val javohir" kitobini o'ttiz kunda yozdim", deydilar. Binobarin, Imom Sha'roniy ikki ming sahifadan kam boʻlmagan"Al-futuhot" kitobini bir kunda o'n martadan oʻqigan ekanlar. Solih olimlar hamda ulugʻlarning bunday voqealarijuda ham ma'ruf va mashhurdir".

Shu o'rinda "Vaqtda bu qadar kenglik qanday hosil boʻlishi mumkin?" degan savol paydo boʻladi. Holbuki, biror kishining soati oltmish daqiqadan, bir kecha kunduzi esa yigirma toʻrt soatdan oshmaydi.

Hujjatul Islom, hazrat mavlono Muhammad Qosim Nonutviy rohimahullohning bu tog'ridagi tadqiqlari shuki, vaqtning bir "tuvl"i, ya'ni boʻyi, uzunligi boʻladi. Buni hamma biladi. Soat va daqiqalar mana shu tuvlning nomidir. Huddi shuningdek, vaqtning "arz", ya'ni eni va kengligi ham boʻladiki, bu ommaning nazariga ko'rinmaydi. Allohning do'stlari vaqtning mana shu eni va kengligida ulkan ishlarni amalga oshiradilar.

"Majolisi Hakimul umma" kitobidan

Send as a message
Share on my page
Share in the group