#hikmat
Magistr talabalariga bir savol berildi. “Ota kim?” Javoblarning esa chiroylisi ham, oddiysi ham boʻldi.
Lekin eng afzali bir talabaning quyida keltirgan javobi edi.
Ota...
Sen uni katta oyoq kiymini kiyarding, oyoqlaring jajjiligidan, qoqilib ketarding..
Koʻz oynagini taqib, oʻzingni kattalardek his qilarding..
Kiyimini kiyib viqor sezarding..
Mashinasini kalitini berishini soʻrarding. Oʻzingni uni oʻrniga qoʻyib oʻzing haydayotgandek xayol qilarding. Arzimas narsa uchun ish vaqtida unga qoʻngʻiroq qilarding. Senga qalb toʻla quvonch bilan javob berardi. Sen bilan ish vaqtida gaplashgani uchun rahbaridan gap eshitishini yoki hamkasbi ishini tezroq bajarib berishini kutib turganini yo telefon orqali gaplashish unga ortiqcha xarajat boʻlib, yana qiyinchilik keltirishi bilmasding.
Yana xotirjamgina:
- Dada, kelishingizga menga qulpnay sharbatini olib keling, - derding.
- Jonim bilan bolam, onangni qiynamagin -a? - deb javob berardi. Uyga ish, havoning issigʻ-u sovugʻi, zahmat bilan charchab sening buyurtmang esidan chiqib qolsa, kelishi bilan:
- Dada sharbat qani? - derding. Tabassum qilib, charchogʻini ham unutib, sening “bemaʼni” talabingni joyiga keltirish uchun chiqib ketardi.
Bugun esa....
Bugun sen ulgʻayding. Uning oyoq kiyimini kiymaysan. Zamondan ortda qolgan boʻlgani uchun.. Liboslari, narsalari, oʻrtogʻlaringga bir paytlar maqtanganing moshinasidan jirkanasan, mensimaysan. Chunki endi seni u narsalar qiziqtirmaydi. Otangni qarashlari esa, senikiga mos kelmay qoldi. Ogʻaynilaringdan oʻzingcha xijolat qilib, ularning oldida otangni qilgan harakatlari seni achchigʻingni keltiradi, asablaringni buzadi.
Kechiksang sendan xavotir olib qoʻngʻiroq qilsa, sening yuraging siqiladi, oʻz holingga qoʻymaganidan nafratlanib ketasan. Agar koʻngli xavotirdan joyiga tushmay takror va takror qoʻngʻiroq qilsa, unga javob qilmay qoʻyaqolasan. Uyga kech qaytsang, masʼuliyatsizliging uchun koyiydi. Sen esa gʻazabdan yonasan. U esa buni bilsa ham, oilaning boshi, har bir boshliq oʻz qoʻl ostidagilarga masʼul ekanligi uchun tarbiyalashdan toʻxtamaydi.
Unga ovozingni koʻtarasan, soʻzlaring bilan qalbini ezasan, unga bergan javoblaring, baqirishlaringdan jim boʻlib qoladi. Qoʻrqqanligi uchun emas, balki seni yaxshi koʻrgani, senga muruvvat qilganidan.
Kechagina, yoshlik chogʻida seni yelkasiga koʻtarib, opichlab yurardi.
Bugun esa, seni boʻying unikidan baland, uni qoʻlidan ham ushlashni xohlamaysan.
Kechagina gapirishni bilmasding, chuchuk tiling bilan gapirishga qinalib xatolar qilarding..
Bugun esa, hech kim senga “jim” deya olmaydi.
Qanchalik malol keltirmasin, u sening otang, unutdingmi yoki?
Bolaligingda seni tentakliklaring, erkaliging, jinniliklaringni koʻtarganidek, sen ham uni qarigan chogʻida, bemorligida keltiradigan mashaqqatlariga mamnuniyat ila bardosh ber. Unga marhamatli boʻl.
Sendan boshqalar, otasi yoʻqlar otasini yana bir bor koʻrishni orzu qiladilar.
Mendan: “Kimni yaxshi koʻrasiz?” deb soʻrashdi. Aytdim: “Menga 9 oy intizor boʻlgan, shodon kutib olgan, moli va joni (sogʻligi) evaziga meni tarbiyalagan, ODAM boʻlishim uchun kechani kunduzga ulagan insonni» dedim.
Otam men uchun toabad qalbimda eng yaxshi koʻrganim boʻlib qoladilar.
Hammadan uzr surayman-u lekin, shuni bilaman, hech kim OTAga oʻxshamaydi.
Ey Robbim, vafot etgan otalarni kechir. Rahmating va jannating bilan siyla.
Kimning otasi hayot boʻlsa, umrini toatingda uzaytir, gʻamlarini ketkaz, oʻzi kutmagan tarafidan rizqlantir, unga Oʻz rahmatingni yogʻdir, gunohlarini kechir, jannatingga kiradiganlardan qil!
Omin!
©Shayx Xazratlari kanalidan olindi.