UMMA TOKEN INVESTOR

Hakkımda

Человеком был я в мире. Это значит — был борцом!

Çeviri imkansız.
Shunday yozuv chiqdimi sizlarga ham?
 
Don't be sad.
Pain in this dunya is temporary, handle it with Sabr and inshaAllah a greater reward awaits you.
Mesaj olarak gönder
Sayfamda paylaş
Grupta paylaş
Çeviri imkansız.
Ibn Javziyning Laftatul Kabid kitoblari ajoyib ekan. Xuddi boshqa kitoblari kabi.
 
#hikmat #eslatma
Mesaj olarak gönder
Sayfamda paylaş
Grupta paylaş
Çeviri imkansız.
Hayit ayyomingiz muborak bo‘lsin!
image
Mesaj olarak gönder
Sayfamda paylaş
Grupta paylaş
Odilxon Orifjonov Profil resmini değiştirdi
2 yaşında
Çeviri imkansız.
image
Mesaj olarak gönder
Sayfamda paylaş
Grupta paylaş
Çeviri imkansız.
Shayx Alouddin Mansurning Qur’on ma’nolari tarjimasi haqida.
 
Avvalo, muallif haqida:
Alouddin Mansur 1952-yilda O`sh viloyati, Qorasuv shahrida tavallud topgan. Hozirda Qirg`izistongi Qur’oni Karimni o`rganish markazi rahbari. Qur’oni Karim ma’nolarini o`zbek, qirg`iz, turkman, qozoq tillariga o`girgan. 1992-yilda birinchilardan bo`lib Qur’oni Karimning o`zbekcha ma’nolar tarjimasini taqdim qildi.
 
Ushbu tarjima 1990 yil mart oyidan 1992 yil fevral oyigacha “Sharq yulduzi” oynomasida berib borildi.
Tahrir hay’ati a’zolari: Abdulhakim qori, Muhammadsodiq Muhammadyusuf, O`tkir Hoshimov, Nurali Qobul, Alibek Rustamov, Erkin Vohidov, Zohidjon Qodir, Abdulaziz Mansur, Ozod Sharafiddinov, Boboxon Sharipov, Islom Shog`ulomov, Ne’matilla Ibrohimov, Umarali Normatov, Muhammad Ali, Nosir Fozilov, Ortiqboy Abdullayev.
Muharrirlar: Omon Muxtor, Anvar qori Tursunov, Xayriddin Sultonov, A’zam O’ktam.
 
Kitob juz’larga ajratilgan. Yo`g`on qora harflarda oyatlar, kichik kursiv harflarda izohlar berilgan. Tarjimaning yaxshi jihati – izohlarga keragidan ortiq o`rin berilmagani – bu kitobning o`qib tugatilishini tezlashtiradi.
Ushbu tarjimani boshqalaridan soddaroq bo`lganligi sabab Qur’on ilmiga endi qiziqa boshlayotganlarga tavsiya qilaman.
 
“Ey mo`minlar, to`la holdagi islomga kiringiz (ya’ni, islomning ba’zi hukmlariga itoat qilib, ba’zilarga itoat qilmaydiganlardan bo`lmangiz!). Va shaytonning izidan ergashmangiz. Shubhasiz, u sizlarning ochiq dushmaningizdir”. (Baqara, 208)
 
“Yaxshi gap va kechirish – ketidan ozor keladigan sadaqadan yaxshiroq. Olloh behojat va haliymdir.” (Baqara, 263)
 
“Kufr yo`lini tutgan kimsalar ularga bergan muhlatimizni zinhor o`zlari uchun yaxshilik deb hisoblamasinlar! Balki, biz ularga faqat gunohlarini ziyoda qilishlari uchun muhlat berarmiz. Ular uchun xor qiluvchi azob bordir.” (Oli Imron, 178)
 
“Albatta, Ollohning tavbalarni qabul qilishi faqat biron gunohni nodonlik bilan qilib qo`yib, so`ngra darhol tavba qilgan kishilar uchundir. Olloh ana shunday kishilarning tavbasini qabul qilur. Olloh bilimli va hikmat egasi bo`lgan zotdir. Na gunoh ishlarni mudom qilib yurib, qachonki, birovlariga o`lim kelganda “endi tavba qildim” deydigan va na kofir holda o`lib ketadiganlarning tavbasi qabul qilinmas. Ular uchun alamli azobni tayyorlab qo`yganmiz” (Niso, 17-180)
 
“Qayerda bo`lmangiz, hatto mustahkam qal’alar ichida bo`lsangiz ham o`lim sizlarni topib olur. Agar ularga (munofiqlarga) biron yaxshilik yetsa “Bu Ollohning huzuridan”, deydilar. Bordi-yu, biron yomonlik yetib qolsa, “Bunga sen sababsan”, deydilar. Ayting: “Hamma narsa Ollohdandir”. Nega bu qavm kishilari hech gap anglamaydilar-a?!” (Niso, 78)
 
24.05.2020
“Albatta, munofiqlar Ollohni aldamoqchi bo`ladilar. –Holbuki, Olloh ularni “aldab” qo`yuvchidir. Va qachon namozga tursalar, dangasalik bilan xo`jako`rsinga turadilar va Ollohni kamdan kam yodga oladilar” (Niso, 142)
Mesaj olarak gönder
Sayfamda paylaş
Grupta paylaş