📌Faxrlansa arziydigan vatandoshimizni bilasizmi?
Ka’ba musulmonlarning Haj va Umra qiladigan joyiga aylangan o‘sha davrdan hozirgacha Ka’ba 14 marta ta’mirlangan. Ka’baning Payg‘ambarimiz davridagi eshigi Turkiyaning Istambul shahridagi
muzeyida saqlanadi. Turklar hukmronlik qilgan yillari olib ketgan ekan. 1943 yili Abdulaziz ibn Saud qimmatbaho yog‘ochdan eshik yasatgan (30000 riyolga). 1977 yili Podshoh Fahd ibn Saud 250 kg sof tilladan eshik yasatdi. Tilla eshikka o‘ymakorlik san’ati bilan oyatlar yozish tanlovini o‘tkazdi. Tanlovda Namanganning
To‘raqo‘rg‘on tumanidan 1927 yili borib qolgan Abdurahmon qori
g‘olib bo‘lib topiladi. Podsho uni tilla eshikka xat bitish uchun taklif qiladi. Qori xatni hech qanday haq olmay yozishni, faqat eshikning bir chetiga «Abdurahmon Namangoniy» deb yozib qo‘yishlarini iltimos qiladi. Podsho oldin ko‘nmasdan, keyin rozilik bergan ekan. Borsangiz, ko‘rasiz.
Kisva - Ka’baning ustiga yopilgan yopg‘ich - Ka’bapo‘sh. Payg‘ambarimiz Muhammad (с.а.в.) 630 yilda Makkaga kelganlarida Ka’ba ustidagi kisvani ko‘rib, Yamandan keltirilgan matodan yangi kisva qildirgan ekanlar. Kisvalar doim chet eldan keltirilar, har yili Qurbon hayiti, Haj mavsumi oldidan yangisiga almashtirilar ekan. 1938 yili Saudiya podshosi Abdulaziz mutaxassislarni to‘plab, kisvani endi xorijdan olib kelmay, shu yerda tayyorlashni maslahat beradi. U shu yildan boshlab Makka shahrida tayyorlana boshlangan. Eng qizig‘i 1938 yilda podsho Abdulazizxonning yig‘ilishida namanganlik yurtdoshimiz Abbosxon qori Abdulhamid qori o‘g‘li ham bo‘lgan ekan. U kishi «Masjidul haram»da chiroqbon (elektrik, montyor) bo‘lib ishlar ekan. Abbosxon podshoning taklifini eshitib, ruxsat so‘rab: «Men muhojirman, Vatanimda bo‘z, alak, reza to‘qiganman, agar ruxsat etsangiz, shu yerda sex qurib, kisva to‘qishga harakat
qilsam» debdi. Podsho rozi bo‘lgan. Abbosxon Qurbon hayitigacha yangi kisva tayyorlab, Ka’baga borgan hojilar oldida kiydiradi. Podsho xursand bo‘lib Abbosxonga «Kisvatul Ka’ba» degan fabrika qurdirib beradi. 1977 yili fabrika kengaytirilib, Germaniyadan yangi dastgohlar keltiriladi. Bitta kisva bir yil davomida tayyorlanadi va unda 250 nafar ishchi ishlaydi, 700 kilo tabiiy ipak qora rangga bo‘yaladi. Mustahkam paxtalik astarni biriktirish uchun esa 120 kilo oltin va kumush simlar ishlatilib oltin va kumush shakllar bilan bezatiladi. Unga kamida 17 000 riyol yoki 5 yarim million dollar sarflanadi. Hozirda yurtdoshimiz Abbosxonning fabrikasida bir yilda 3 ta kisva tayyorlanadi. Ikkitasi Madinadagi Rasululloh qabrlari ustiga, bittasi Ka’baga yopiladi. Yopish marosimida podsho qatnashadi.
Abbosxon qori 1907 yilda tug‘ilganligi 10 yoshida «Qur’on»ni to‘liq yod olganligi va 1928 yili Makka shahriga kelib qolganligi aytiladi. 2002 yilida Makkaga borgan yurtdoshlarimiz Abbosxon qorini 98 yoshda xali ham fabrika raisi ekanligini aytishgan. Uning katta o‘g‘li - harbiy qo‘mondon, yana ikki o‘g‘li - do‘kondor ekanligini. Podsho bu ulug‘ zotni Saudiya fuqaroligiga qabul qilganligini aytishgan. Juda kam odam bu nomga ega bo‘ladi.
O‘zbekning nomi o‘sha sof oltindan yasalgan Ka’baning eshigida ham yonib turipti. Ka’baning ustiga yopilgan yopg‘ich - Ka’bapo‘shni o‘zbegimning ustalari asos solgan fabrikada ishlab chiqariladi. Dunyoda shuncha millat turganida nega aynan shu zamidan chiqqan insonlarga bunday sharaflar nasib etgan?
O‘zbekligingdan fahrlan ey o‘zbek bolasi!
Tafakkur saytidan olindi
Manba: https://t.me/zarvaraqq