UMMA TOKEN INVESTOR

About me

Yo'nalishim - logistika. Loyiha va ta'minot zanjiri boshqaruvi sohasida faoliyat yuritmoqchiman.

Translation is not possible.

Bizda hayot bor.

Yevropada har 1000 kishi uchun tug'ilish ko'rsatkichi 9.805 kishi, Amerikada esa 11.1.

Amerikada har 2tadan 1ta oila ajralmoqda. Yevropada 3tadan 1tasi shunday. Vaholangki, Yevropada har 1000kishiga 4.2ta nikoh, Amerikada 5.1 ta.

Aniq esimda, kichkinaligimda Hayit namoziga ketayotib adamning ortlaridan yugurib yurardim. "Tezroq yur spartsmen" deb qo'yardilar. Ko'chalar hali qorong'u bo'lishiga qaramay, tozalangan, suv sepilgan, yerning hidi dimoqqa urib turardi.

Namozdan chiqib avvalo olma/xo'roz qandga navbatda turardik. Uyga kelishimizni 3ta opacham, onam intiqlik bilan kutayotgan, Piskentga ketishga hozirlik ham ko'rib qo'yilgan bo'lardi.

Hozir ham shunday. Endi esa 7ta jiyanli bo'ldim. Oilamiz kengaygan, yanada fayzli, barakali.

Nega chet elni yoqtirmayman? Borsa ham, ilmini olib qaytsin deyman? Chunki bizda hayot bor. Bizda islom bor - bizda ruh bor. Qadriyat bor - faxr bor. Bizda oila bor - bizda baxt bor.

Bizda bayramlar bor. Qaysiki, azon bilan, namoz bilan boshlanadi. Qaysiki oila bilan, qarindoshlar bilan boshlanadi. Qaysiki, ezgu amal va samimiy tilak bilan boshlanadi.

Yilning eng ulug' ikki bayramidan biri, Qurbon Hayiti ayyomingiz muborak!

https://t.me/SardorxonErkinov/32

Telegram: Contact @SardorxonErkinov

Bizda hayot bor. Yevropada har 1000 kishi uchun tugilish korsatkichi 9.805 kishi, Amerikada esa 11.1. Amerikada har 2tadan 1ta oila ajralmoqda. Yevropada 3tadan 1tasi shunday. Vaholangki, Yevropada har 1000kishiga 4.2ta nikoh, Amerikada 5
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

O'z vaqtida to'xtang.

2023-yil may oylari edi. 2 yil behuda yurib, har sohaga boshimni uraverib, behuda ishlar, sarson sargardonlikdan so'ng boshim devorga urildi. Xato yo'ldaligimni anglagandim, lekin to'g'ri yo'lni ham bilmasdim. Wikistipendiya loyihasida qatnashdim. SkillsCamp ga borib, 1hafta lagerda bo'lib keldim. Do'stlar orttirdim, gaplashdim, har xil va aksariyati mandan ildamlab ketganlar bilan bo'ldim. Kuz keldi. Bir nechta mahalliy va xalqaro loyihalarga arizalar topshirdim. Bir nechtasiga qabul qilinib, ishtirok ham etdim.

Dekabrlarga kelib, negadir yana o'sha maydagidek o'zimni his qildim. Sohang nima-yu, qatnashayotgan loyihang nima? Sanga zarur ilm qaysi-yu, hozir o'rganayotgan chalakam chatti "bilim" laring nima?

"Xat"larni qanday yozish-u suhbatdan qanday o'tish "sir"larini endi to'liq bilardim. Lekin o'sha ondan boshlab soham va qiziqishimga aloqador bo'lmagan istalgan loyihadan chetlanishni boshladim. Va hozir shu holatdaman.

Abdulloh Shamsutdinovning postini o'qib, esladim va yozdim. Ha, shunday. Majburiyatingizni qiling, yetarli hozir. Buni anglashga manga 1yil vaqt ketdi.

Va hozir sizda shu 1yil vaqtni tejab, tavsiyaga amal qilish imkoniyati bor. To'xtang, o'z vaqtida to'xtang.

Kimlargadir buni anglashga yillar, balki, butun umri ham yetmasligi mumkin.

Alhamdulillah.

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Igna jigarga sanchilsa, so'ngra chora ko'rilarkan.

Onam bilan suhbatdan.

Shifoxonaga bir ayol bir yarim yoshli bolasini olib kelibdi. "Igna yutvorgan bolami?!" deb bir-birlariga samimiy kulib, shifokorlar uni darrov tanishibdi. Onam tanimabdilar, o'sha vaqt dam olishda bo'lganlar ekan. Onasi aytib beribdi.

9 oylik chaqaloq igna yutvoribdi. Bu qanday bo'lganini hech kim bilmaydi. Avval shu yerdan, so'ng Toshkentdan yordam qidirishibdi. Afsuski, mutaxassis shifokor topilmabdi. Keyin chet ellik shifokorni olib kelib, qaratishibdi. Shifokor nazoratida kutishibdi. Nimani bilasizmi? O'sha ichiga ketgan igna jigariga borib sanchilishini! Boshqa yo'li yo'q ekan, jigarga sanchilsagina uni tutib bo'larkan. Oradan qanchadir vaqt o'tib, so'ng 1oy bolani isitmasi 39-40° dan tushmabdi. Shifokor tekshiruvlar o'tkazib, so'ng ishonch hosil qilibdi. Shundan keyin jarrohlik amaliyoti o'tkazib, jigarni sanchilgan joyidan bir parcha kesib olib tashlabdi.

1. 9 oylik chaqaloq igna yutvorib tirik qolibdi. Bu gapga ishonish qiyin a? Ha, lekin bizni yo'qdan bor qilgan, o'ldiradigan ham qayta tiriltiradigan ham Alloh uchun bu osonligiga yana birbor iymonimiz komil bo'ladi.

2. Igna tomirdan ketsa yurakka borib o'limga sabab bo'lishi ehtimoli yuqori ekan. Tomoqdan ketsa jigarga borarkan. Alloh bizni qanchalar mukammal yaratgan qarang.

3. Demak ba'zida kutishimiz kerak. "Jigarimizga borib sanchilishini" kutishimiz kerak. Buni bilish uchun esa ilm kerak. Ilmdan o'zga najot yo'q.

4. Ajalimiz qachon kelishi noma'lum. Kelganida esa soniya ham ko'proq nafas ololmaymiz, juda aniq vaqtda keladi.

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Aslida boshqachadir.

Bugun boshqacharoq shaklda yozmoqchiman. Mulohaza va xulosani o'zlarizga qoldiraman.

Taroveh namozida, har kuni masjidga kirish va chiqishda turgan militsiya xodimlari "paradniy" formasini kiyvolishgan, namozdan chiqayotganlarga "charchamadilarizmi?)" deb xushmuomala kuzatib qo'yishmoqda.Odatda bu formani faqatgina Mustaqillik bayrami va 14-yanvarda kiyishganini ko'rardim.

Prorektor bilan o'z xonasida uchrashganimda, salom alikdan so'ng suhbatni Bismillah va duo bilan boshlagandilar. Yarim soatlardan ko'proq chamasi do'stona, ibratli, ochiq va maroqli suhbat qilgandik. Xasan Basriy r.a. dan rivoyat ham aytib bergan edilar. Ishonavering, TDIU prorektori deganda kichkina odammasligini bilish uchun asoslar yetarli.

Bir damasda taxminan qog'ozga shunday yozib qo'yishgandi: " Pulingiz bo'lmasa behijolat indamay tushib ketavering, birodar" Yo'l haqqi 2000 so'm.

O'sha prorektorning yordamchisi, IELTS dan 6 oldim, bilaman past, lekin shundayam iloji bormi yo'qmi deb huzuriga kirganimda taxminan shunday degandi " 6? 5-sinf qizim IELTS dan 5 olib chiqdiku!" Va kreslosiga kibr ila suyanib, istehzoli kulib qaragandi.

9-sinflar edim, maktabda bir janjalga aralashib qolib militsiyaga tushganimda, o'zimcha tan olgandim yig'ilishda, janjalda qatnashganimni. Lekin haqiqatni obdon bila turib o'zidan qo'shib, bo'rttirib va uyushtirilgan janjal deb boshimga balo bo'ldi o'sha "uchastkavoy". Kamiga, ota-onamni ma'muriy javobgarlikka ham tortgandi.

Olmaliq-Toshkent marshrutlarining aksariyati xalqning qiyin ahvolidan "foydalanib" kelmoqda. Sal sovuq tushsa yo'l haqqi 10mingdan 15mingga osongina ko'tariladi.

@SardorxonErkinov

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Grantlarga qiziqmang.

Bilmagan ekanman. Tushunmagan ekanman.

3yil matematika, 2yil ingliz tili(grammatika) o'qidim. Butun umr yoqtirmagan ishimni, oxirgi oy bor kuchim bilan qildim.(tarixni yodlash) Maqsad - davlat granti bilan o'qish edi. Alloh bunga erishtirganida o'zimda yo'q xursand edim. Aslida, xursandchilikka sabab emaskan.

Haqiqatan "tekin" ga o'qivotmanmi? Stipendiya shu o'qiganim uchun rag'batmi?

Yo'q. Mani xalq o'qitmoqda. Kontrakt pulimni xalq to'lamoqda. Stipendiyamni xalq berayapti.

Bu xalqning tarkibida bir kunini bazo'r o'tkazayotganlar, yetimlar, ojiz bevalar, nochor mo'min- musulmon birodarlarim ham bor.

Agar sohamda yetuk mutaxassis bo'lolmasam, jamiyatdagi sohamga aloqador muammolarga yechim bera olmasam, Vaqti kelib xalq o'z haqqini so'raganida qanday javob beraman? Shuncha insonning, shuncha mazlumning haqqini ado eta olmasam holim ne kechadi?

Aksar kontraktda o'qiyotgan talabalar ham xalqning puliga o'qiyapti, eng kamida ota-onasining peshona teriga. Aksariyat davlat OTMlarida,

kontraktdan kelib tushadigan mablag' hatto ishchi kuchining maoshini ham ta'minlayolmaydi.

Shuning uchun ham hisobotlarda " bir qator OTMlar yilni falon so'm zarar bilan yakunladi" degan yozuvlarga ko'zingiz tushib turadi.

Grantga qiziqmang, agar millionlab insonlarning haqqini ado etishga ko'zingiz yetmasa, grantda o'qimang.

Send as a message
Share on my page
Share in the group