UMMA TOKEN INVESTOR

Followings
1
Followers
0
There are no followers
Translation is not possible.

O'qituvchi nima uchun kridit oladi?

Shifokor nima uchun kridit oladi?😁

Juda ham kulguli savol bo'ldi a?🤣

Lekin aslida,

bu savolni eshitib,

yig'lashimiz kerak.😔

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Auditoriyadagi suxbat.

Fan nomzodi;

Bizning jamiyat kapitalizmni tanladi.

Yani har kim ixtiyoriy va bilganicha rivojlanishni tanladi.

Bu esa o'z navbatida shaxsiy manfaatni eng yuqori cho'qqiga olib chiqdi.

2020-yilni eslang!

Karantin. Axvolimiz qiyin edi. Vaziyat chigal. Barcha narsalar va harakatlar cheklangan.

Xa barchasi.

Lekin o'sha vaqtda bir narsa chegarasiz edi;

Shaxsiy manfaat.

Jamiyatimiz, moddiy narsalar ortidan yani kapitalni ortidan yurgani sayin rivojlanish yaxshi bo'ladi lekin o'zaro hurmat tamom bo'ladi.

Oddiy misol; Siz yaqin do'stingiz yoki qarindoshingiz bilan manfaatli ishni boshladingiz.

Ishning oxirida xisoblashishga to'g'ri keladi.

Siz hisob kitobni o'shalarga yani yaqinlaringizga ishonasizmi?

Yani, sizning oldingizga ular kelib, seni ulushing shu ekan deb, hech qanday hisob hujjatlarini ko'rsatishmasdan, qo'lingizga pulni tutishsa, siz ularga ishonasizmi?

Men;

Bilmadim.

Fan nomzodi;

Bilmadim emas, siz va boshqasi ham ishonmaydi!

Sababi, bu yerda shaxsiy manfaat bor.

Yana bir misol; hukumat oxirgi yillarda, energiya muammosini yechish uchun barcha choralarni qo'llab ko'rmoqda lekin kimnidur, shaxsiy manfaati sabab muammo shunchaki yuzaki hal bo'lib qolmoqda.

Meni tushungandursiz?

Men;

Xa

Fan nomzodi;

Mana bizning jamiyat.

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Atrofindagi Insonlarning bazilari;

1-toifa

Sen bilan istalgan vaqtda suxbatlashish uchun vaqtini ajratuvchi insonlar bor va senga sarflagan vaqtiga achinmaydi.

2-toifa

Sen bilan bekorchilikdan shunchaki vaqt o'tkazish uchun suxbatlashadigan insonlar bor va ular seni emas o'zlarini eshitishlarini istashadi.

Tanlov har kimning shaxsiy ishi.

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Bir nech kun oldin, bir inson (fan nomzodi) bilan auditoriya (men o'qiydigon oliygoh) da jamiyat va insonlar haqida suhbatlashib qoldik.

Men;

Jamiyatimiz shu ketishda qayerga boradi?

Fan nomzodi;

Jamiyat? qaysi biri? O'zimizning jamiyatmi yoki yer kurrasidagilarmi?

Men;

Barchasi. Umuman nima farqi bor?

Fan nomzodi;

Farqi bor, siz oldin ham shunday savollar ustida o'ylarmidingiz yoki yaqindan beri o'ylay boshladingizmi?

Men;

Bir yildan buyon.

Fan nomzodi;

Demak o'tgan, yaqin bir yil ichida hayotingizda jiddiy o'zgarish bo'lgan.

Men;

Ha.

Fan nomzodi (o'ylab ham o'tirmadi);

Farzandli bo'ldingizmi?

Men;

Ha, olti oylik.

Fan nomzodi;

Odatda insonlarning 70% qismi farzandli bo'lganda yoki yaqinlarini yo'qotgach ertangi kunni o'ylay boshlaydi.

Bu insonning oddiy ruhiy holati.

Siz ertangi jamiyatni yaxshi bo'lishini istayotgan insonlardan birisiz.

Sababi sizning farzandingiz bor va shu farzandingiz ertaga ulg'aygach siz tanigan, bilgan va yashayotgan jamiyatning qaysidur qatlamiga kirib boradi.

Siz o'ylaysizki; jamiyatning tasiri juda kuchli.

Eng yomoni, yillar mobaynida farzandingizni yaxshi bo'lsin deb butun umringizning yarmini sarflaysiz lekin u katta bo'lib, ulg'aygach atrofdagi bo'layotgan ishlarni ko'rib, bilib, idrok etib so'ng shunchaki, hayot shu ekanda deb odamlar orasida yo'q bo'lib ketishini o'ylamoqdasiz.

Ming afsuski bugungi kunda oddiy jamiyatning axloqsizliklari u yoqda tursin hatto taxminan 50% fan nomzodligi, olmlik, doktorlik, ... kabi ilmiy ish qilayotgan, jamiyatning ziyolilari ham ilmiy ishlarni shunchaki obro'-etibor uchun qilishmoqda.

Nimanidir yaratish emas, shunchaki nazariy tomondan nimanidir yozib qo'ysang bas.

Bugungi kunda jamiyat beqiliq xatti-xarakatlarni amalga oshirayotganlarga LAYK (LIKE) bosyapti.

Mashxur bo'lmoqchimisan?

Marxamad_ shunchaki axmoqona qiliq qil yoki axmoqona gapni gapir ...

Qarapsizki o'sha inson (....) mashhur va jamiyat uni taniydi.

Bugungi jamiyat o'tkinchi narsalarning ortidan quvimoqda.

Aksariyat, bizning jamiyat uchun sanoqli yoshlargina (36 000 000 kishi nazarda tutilgan) jiddiy narsalar ustida bosh qotirmoqda va izlanishda.

10 000 000 qayoqday-u, 1 000 ta qayoqda?

Misol uchun; YaIM yiliga, kishi boshiga $1 000 dollardan tushsa va o'sha $1 000 dollarni 12 oyga bo'ling.

Oyiga arzimagan summa bo'ladi.

Agar YaIM kishi boshiga $12 000 dollardan tushsa, bu katta natija.

Yani oyiga $1 000 dollar degani.

Men demoqchimanki; jamiyatimiz teskorlik bilan rivojlanishi uchun ilmiy salohiyatni rivojlantirish kerak va har bir maktab o'quvchisiga, har bir talabaga har chorakda keng miqyosli mustaqil ishlarni topshorish kerak va ularni nazorat qiluvchi hamda maslahatlar berib turuvchi o'qituvchilar tizimini yaratishimiz zarur.

...

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Menimcha, u kimni tinglamasin, hujjat bilan birga nimani tinglayotganini bilishi kerak.

Tushunsangiz matematika va tarix o'qituvchisi bo'lgani ma'qul.

Taxminan o'n yil oldin bir o'qituvchi siz rasmda ko'rgan odamni qonli imperator deb atagan.

Hozir o‘sha o‘tkinchini eslay olmayman.

Bugun bu odam haqida o‘qiganlarim shuni ko‘rsatadiki;

bunday haqiqatparvar inson qayta tug'ilmasligi aniq.

---------------------------------------------------------------

I think that no matter who he listens to, he should know what he is listening to along with the document.

If you understand, it is better to have a math teacher and a history teacher.

About ten years ago, a teacher called the man you see in the picture a bloody emperor.

I can't remember that passerby now.

What I read about this man today shows that;

it is certain that such a truthful person will not be reborn.

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group