Bir nech kun oldin, bir inson (fan nomzodi) bilan auditoriya (men o'qiydigon oliygoh) da jamiyat va insonlar haqida suhbatlashib qoldik.
Men;
Jamiyatimiz shu ketishda qayerga boradi?
Fan nomzodi;
Jamiyat? qaysi biri? O'zimizning jamiyatmi yoki yer kurrasidagilarmi?
Men;
Barchasi. Umuman nima farqi bor?
Fan nomzodi;
Farqi bor, siz oldin ham shunday savollar ustida o'ylarmidingiz yoki yaqindan beri o'ylay boshladingizmi?
Men;
Bir yildan buyon.
Fan nomzodi;
Demak o'tgan, yaqin bir yil ichida hayotingizda jiddiy o'zgarish bo'lgan.
Men;
Ha.
Fan nomzodi (o'ylab ham o'tirmadi);
Farzandli bo'ldingizmi?
Men;
Ha, olti oylik.
Fan nomzodi;
Odatda insonlarning 70% qismi farzandli bo'lganda yoki yaqinlarini yo'qotgach ertangi kunni o'ylay boshlaydi.
Bu insonning oddiy ruhiy holati.
Siz ertangi jamiyatni yaxshi bo'lishini istayotgan insonlardan birisiz.
Sababi sizning farzandingiz bor va shu farzandingiz ertaga ulg'aygach siz tanigan, bilgan va yashayotgan jamiyatning qaysidur qatlamiga kirib boradi.
Siz o'ylaysizki; jamiyatning tasiri juda kuchli.
Eng yomoni, yillar mobaynida farzandingizni yaxshi bo'lsin deb butun umringizning yarmini sarflaysiz lekin u katta bo'lib, ulg'aygach atrofdagi bo'layotgan ishlarni ko'rib, bilib, idrok etib so'ng shunchaki, hayot shu ekanda deb odamlar orasida yo'q bo'lib ketishini o'ylamoqdasiz.
Ming afsuski bugungi kunda oddiy jamiyatning axloqsizliklari u yoqda tursin hatto taxminan 50% fan nomzodligi, olmlik, doktorlik, ... kabi ilmiy ish qilayotgan, jamiyatning ziyolilari ham ilmiy ishlarni shunchaki obro'-etibor uchun qilishmoqda.
Nimanidir yaratish emas, shunchaki nazariy tomondan nimanidir yozib qo'ysang bas.
Bugungi kunda jamiyat beqiliq xatti-xarakatlarni amalga oshirayotganlarga LAYK (LIKE) bosyapti.
Mashxur bo'lmoqchimisan?
Marxamad_ shunchaki axmoqona qiliq qil yoki axmoqona gapni gapir ...
Qarapsizki o'sha inson (....) mashhur va jamiyat uni taniydi.
Bugungi jamiyat o'tkinchi narsalarning ortidan quvimoqda.
Aksariyat, bizning jamiyat uchun sanoqli yoshlargina (36 000 000 kishi nazarda tutilgan) jiddiy narsalar ustida bosh qotirmoqda va izlanishda.
10 000 000 qayoqday-u, 1 000 ta qayoqda?
Misol uchun; YaIM yiliga, kishi boshiga $1 000 dollardan tushsa va o'sha $1 000 dollarni 12 oyga bo'ling.
Oyiga arzimagan summa bo'ladi.
Agar YaIM kishi boshiga $12 000 dollardan tushsa, bu katta natija.
Yani oyiga $1 000 dollar degani.
Men demoqchimanki; jamiyatimiz teskorlik bilan rivojlanishi uchun ilmiy salohiyatni rivojlantirish kerak va har bir maktab o'quvchisiga, har bir talabaga har chorakda keng miqyosli mustaqil ishlarni topshorish kerak va ularni nazorat qiluvchi hamda maslahatlar berib turuvchi o'qituvchilar tizimini yaratishimiz zarur.
...